258
Har bir odamning xarakter xislatlari
konkret tarixiy sharoitida
ijtimoiy munosabatlarning taraqqiyoti bilan bog’liq xolda yuzaga kelgan.
Ana shu jixatidan olganda, Har bir tarixiy davirda yashagan odamlarning
ana shu davridagi ijtimoiy tuzum mafaatlari biln bog`liq bo`lgan xarakter
hislatlari bordir. Masalan, sinfiy jamiyatda xarakterning sinfiy hislatlari
tarkib topgan. Ijtimoiy tuzum, ijtimoiy munosabatlarning o`zgarishi bilan u
yoki bu sinfga xos xarakter xislatlari ham o`zgargan. Masalan, xarakter
hislatlarining tubdan o’zgariyatganlini mustaqil O’zbekiston
misolida
yaqqol kurish mumkin.
Kishilarimizdan yangichan xarakter xislatlari tarkib topa boshladi.
Chun
onchi, mehnatga ijobiy munosabatda bo’lish, vatan parvarlik,
gumanizm, jamoatchilik, fidokorlik kabi sifatlari yuzaga kelmoqda. Ayrim
xarakter xislatlari,
yani prinsipsizlik, laganbardorlik, xushomadgo`ylik,
takabburlik, shaxsiyatparastlik kabi hislatlar kun sayn yo`qolib bormoqda.
Odatda har bir shaxsning xarakteriga xos bo`lgan xislatlar juda ko`p
bo`lib, ulardan Xarakterning irodaviy sifatlari (xislatlari) va Xarakterning
axloqiy xislatlarini ko`rsatish mumkin. Xarakterning irodaviy xislatlariga-
iroda kuchi, mustaqillik, prinspiallik, qat`iylik, chidamlilik, matonat, o`zina
tuta bilish kabi xislatlar kiradi.
Xarakter va uning ana shu yuqorida ko`rsatib o`tilgan xislatlari
odamga tug`ma ravishda berilmaydi. Masalan, yangi tug`ilgan
chaqaloq
bolada qanday Xarakter xislatlari tarkib topishini oldindan aytib berib
bo`lmaydi. Biroq ayrim olimlar xarakter va uning xislatlarini odamga
tug`ma ravishda, ya`ni nasliy yo`l bilan tayyor xolda beriladigan narsa deb
tushuntiradilar.
Ularning fikricha, odam qanday xarakter bilan tug`ilgan
bo`lsa, xuddi shunday Xarakter bilan qolaveradi. Ular xarakter xislatlarini
o`zgartirish mumkin emas
–
“
sut bilan kirgan fe`l jon bilan chiqib ketadi
”
deb ta`lim beradilar. Bu batomam xato fikr. Hech qachon xarakter va uning
xislatlari nasliy yo`l bilan tug`ma ravishda berilmaydi, ya`ni
“
sut bilan
kirgan fe`l jon bilan chiqib ketmaydi
”
. Buni yosh bolalar taraqqiyotida juda
ravshan ko`rish mumkin. Masalan, hech vaqt bola tug`ilishdanoq o`g`ri,
yolg`onchi, raxmsiz, shavqatsiz, diyonatsiz beburd bo`lib tug`ilmaydi. Bola
xarakteriga hos bo`lgan barcha ijobiy va yuqoridagi
kabi salbiy xislatlar
keyinchalik, ya`ni yashash sharoiti ta`lim-tarbiyaning aktiv tasiri natijasida
tarkib topadi.
Ana shuning uchun bolalarning ilk yoshlik davrlaridan boshlab,
ularning xarakter hislatlarini jiddiy etibor bilan tarkib toptirib borish lozim.
Xarakter xislatlarini tarkib toptirishda ibratning ro`li g`oyat kattadir.
Bolalar o`z tabiatlari jixatidan g`oyat taqlidchan bo`ladilar.
Ularning shu
hususiyatlaridan foydalanish lozim. Tarbiyachi va ota- onalarning o`zlari
har jixatdan namuna bo`lishlaridan tashqari, bolalarga turli ibratli
259
kitobchalar o`qib berish, ajoyib, oliyjanob
odamlar haqida suxbatlar
o`tkazish katta axamiyatga egadir.
Shunday qilib hozirgi kunda o`sib kelayotgan yosh avlodda xarakter
xislatlarini tarkib toptirish naqadar masuliyatli ish ekanini har bir
tarbiyachi va har bir ota- ona doim sezib turishi kerak. Jamiyatimizning
kelajagi yoshlarga bog`liq ekan, ana shu yoshlarda
Xarakterning ijobiy
xislatlarini, ya`ni axloq kodeksiga to`la mos keladigan xislatlarni
tarbiyalash zamonimizning birinchi darajali vazifasidir.
Dostları ilə paylaş: