Birinchidan
, mazkur yosh davrida bola bilan uni parvarish qilayotgan
kattalar o’rtasida yaqin va nisbatan barqaror aloqa o’rnatiladi.
Ikkinchidan
,
go’dak qatnashadigan har
qanday favquloddagi holat va muammoli
vaziyatda kattalar markaziy siymoga aylanadilar.
Uchinchidan,
go’daklik davrining oxirida hamkorlikdagi o’yin faoliyati
individual o’yin faoliyatiga aylanadi. Shunday qilib, go’daklik davrida
kattalar bilan faol aloqa
ga kirishish ehtiyoji tug’iladi va bu aloqa nutq
davrigacha muloqotning o’ziga xos yangi shakli sifatida bolaning o’sishida
muhim rol’ o’ynaydi. Bir yoshgacha davrda paydo bo’lgan ehtiyojning
tobora chuqurlashuvi bilan nutq davrigacha muloqot cheklanganligining
nomutanosibligi bir yoshdaga inqirozni keltirib chiqaradi. Vujudga kelgan
qarama-
qarshilik o’z
е
chimini nutq orqali muloqot davrida topadi va bola
o’sishning bir bosqichidan ikkinchi bosqichiga o’tayotganini ifodalaydi.
Go’dakning nutq faoliyati tako
millashgan sayin muloqotning mazmuni
boyib, ko’lami kengayib boradi. Natijada haqiqiy ma’nodagi shaxslararo
munosabat vujudga keladi, go’dakning shaxsga aylanishi va
ijtimoiylashuviga keng imkoniyatlar yaratadi. Mazkur davrda go’dakning
o’sishini ta’minlovchi ob’ektiv va sub’ektiv sharoitlar yaratilishi —
bolaning
faolligi ortishi uchun psixologik negiz bo’ladi.
L.I.Bojovich olib borgan tadqiqotning natijasi tug’ilish davriga
kelganda bolaning miya po’stlog’i faoliyat ko’rsata boshlasa
-da, aslida u na
anat
omik va na funksional jihatdan rivojlangan bo’lishini ko’rsatdi.
Vaholanki, uning psixik dunyosida vujudga keladigan ehtiyojlarning kuchi,
davomiyligi, barqarorligi ana shu rivojlanishga bog’liqdir. Shunday ekan,
organlarning rivojlanishi go’dakning funksi
onal holatiga aloqadorligi
sababli bosh miyaning rivojlanishi ham unga yangi qo’zg’atuvchilarning
ta’sir qilishiga va bu ta’sirning bosh miya katta yarim sharlari po’stlog’ida
faoliyat uyg’otishiga bog’liqdir. Bosh miya markazlari esa jadallashgan
orientirovka faoliyatining kuchliligi tufayli funktsional jihatdan rivojlanadi.
Mohir tadqiqotchi
N.M.Askarinning fikricha, katta yoshdagi odamning tabassumi yoki
yoqimli ovozidan boshqa hech qanday qo’zg’atuvchi go’dakda shunchalik
quvonch va shodlik his-
tuyg’us
ini vujudga keltira olmaydi. Shu sababli
quvonch tuyg’usini uyg’otish va mustahkamlash uchun tarbiyachilar go’dak
bilan tez-
tez muloqotda bo’lishi, yoqimli ohangda, samimiy suhbatlashib
turishi lozim.
Harakatning psixologik xususiyatlari va mexanizmlarini qator
tajribalar asosida o’rgangan olimlardan D.B.El’koninning ishonch bilan
ta’kidlashicha, 2
-
3 haftalik go’dakda ko’z konvergensiyasi vujudga kelsa
ham, o’z nigohini turli jismlarga qaratib turish jarayoni juda qiyin kechadi,
hayotining 3-5 haftalarida
esa uning nigohi oz fursat bo’lsada, muayyan
93
ob’ektga to’plana boshlaydi. 4
-
5 haftalik go’dakda 1
-1,5 metr naridagi
jismlarni kuzatish ko’nikmasi hosil bo’ladi. Ikki oylik bola 2
-4 metr
uzoqliqdagi narsani kuzatishni o’rganadi, u uch oyligida 4
-7 metr oraliqdagi
jismlarni ham payqay oladi, nihoyat, 6-
10 haftalik go’dak hatto,
aylanayotgan narsalarning harakatini idrok qilish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Keyinchalik hissiy organlarining ko’z bilan turli funksional aloqalar
o’rnatishi qaror topadi. Go’dak to’rt
oyligida uning jismga tikilishi va
tomosha qilishi nisbatan barqaror bo’ladi.
Yuqoridagi fikrlarga qaramay, mazkur yoshdagi bolalarda qo’l
harakati hali beixtiyor xususiyatga ega bo’lib, jismlarni maqsadga muvofiq
harakatlantirishdan ancha uzoqdir. Go’dak
4 oyligidan boshlab narsaga
qo’lini yo’naltiradi, asta
-
sekin unda paypaslash uquvi namoyon bo’la
boshlaydi, 5-
6 oyligida narsani ushlash va uni o’ziga tortib olish (qo’ldan
yulib olish) ko’nikmalari shakllanadi. Harakat va teri
-tuyush organlari
sifatida q
o’sh vazifani o’tovchi ko’rish qobiliyati bir maromda
rivojlanishdan birmuncha kechikadi. Bola 6 oyligida unda o’tirish, turish,
emaklash, yurish, gapirish ko’nikmalari shakllanadi. Yuqoridagi hollarning
moddiy asosini o’rgangan N.M.Shchelovanov 2 oylik bo
lada bosh miya
yarim sharlari po’stlog’i o’z funksiyasini boshlashini, bu hol barcha idrok
qilish organlarida, jumladan, eshituv, ko’ruv apparatlarida shartli reflekslar
paydo bo’lganidan dalolat berishini uqtiradi. Olimning fikricha, eshitish,
ko’rishning
yuksak analizatorlari, hattoki, ularning kortikal bo’limlari
rivojlanganidan keyin bolada harakat va harakat hodisasi rivojlanadi.
D.B.El’konin o’z tadqiqotlaridan ko’zning rivojlanishi 4 oylik go’dakda
ayrim harakatlarni va harakatlanuvchi ob’ektlarni k
uzatish imkonini
yaratadi, degan xulosa chiqaradi. Mazkur yosh davrida predmetning
harakati ko’z harakatini vujudga keltiradi. Uning rivojlanishi qo’l bilan
paypaslash harakati paydo bo’lishi bilan boshlanadi. Go’dakning harakati
o’z qo’lini silash va ushlab ko’rishdan boshlanib, choyshab va
ko’rpachalarni paypaslashga borib
еtadi. Odatda, bola qo’lini uzoq vaqt
ko’rpacha va choyshab ustida harakatlantiradi. Tashqi ta’sirga javob
sifatida paydo bo’lgan psixik jarayonning mazmuni qo’lning jism ketidan
emas,
balki jism bo’ylab harakat qilishidan iboratdir. D.B.El’konin va
V.S.Muxinaning fikricha, bolada 5 oyligidan jismlarni ushlash harakati
boshlanadi: unda predmetni paypaslash uchun qo’lini uzatish va uzatilgan
qo’llarini ko’zdan kechirish yoki tekshirish v
ujudga keladi. Bunda ushlab
olish sodir bo’lmasada, ushlashga intilish bo’ladi; vaholanki, go’dakning qo’l
barmoqlari narsani ushlab turish imkoniga ega bo’lmaydi. Go’dak bir necha
marta natijasiz harakat oqibatida kaft va barmoqlarini yaqinlashtirib,
shun
day qulay holat yaratadiki, qo’lining uchi jismga tegishi bilanoq uni
ushlab oladi. Qo’l bilan ushlashning vujudga kelishi ham go’daklik davrining
94
muhim rivojlanish pallasi hisoblanadi. Chunki qo’l bilan ushlash harakati,
birinchidan, ko’rish harakatini mu
vofiqlashtirsa, ikkinchidan, mazkur
psixologik holat birinchi yo’naltirilgan harakatni ifodalaydi, uchinchidan,
jismlarni ushlashga intilishning o’zi narsa bilan turli harakatlarni bajarish
(manipulyatsiya)ning eng qulay shartidir. Ko’pgina psixologlarning
fikricha, olti oylik go’dak yotgan joyidan turib o’girishga harakat qiladi.
Chunki bunda jismni tutib turgan qo’lning harakatini kuzatish imkoni
tug’iladi, o’tirganda qo’l harakatlari bilan ko’ruv idrok maydoni o’zaro
mutanosiblashadi. 7 oylikdan bolada narsani idrok qilish va ushlab olish
harakati o’rtasida uzviy aloqa vujudga keladi. Masalan, bola o’yinchoqni
ko’rishi bilanoq uni olish uchun qo’lini cho’zadi.
N.L.Figurin va M.P.Denisovaning fikricha, yarim yoshgacha davrida
go’dakda jismlarga takroriy intilishning paydo bo’lishi harakatning rivojini
yangi bosqichga ko’taradi. Mualliflar mazkur holatni chuqurroq o’rganish
maqsadida sinaluvchilarga har xil rangli va hajmli kub, silindr, prizma kabi
geometrik jismlarni ko’rsatishgan. Har qaysi jism bolada f
aol orientir
(chamalash, mo’ljal) refleksini vujudga keltirgan: bola avval jismni ko’zdan
kechirgan, keyin uni qo’liga olgan, u bilan mashg’ul bo’lgan, so’ngra unga
uzoq termulgan qaytadan ushlab ko’rgan, bir qo’lidan boshqa qo’liga bir
necha marta olib o’
ynagan. Jism 15-
25 daqiqa go’dakning qo’lida turgan,
olingan va undan farqli yana bitta jism bilan qo’shib, go’dakning oldiga
qo’yilgan. Tajribada bola tanish jismga mutlaqo e’tibor qilmay, faqat
"yangi"siga talpinavergan.
Tadqiqotchilarning ta’kidlashlaricha, "yangilik" alomati bola uchun
muhim ahamiyat kasb etgani sababli unda orientir refleksi borgan sari
faollashib borgan. Shuning uchun "yangi"lik alomatining qo’zg’atuvchilik
xususiyati bolaning faoliyatida uchraydigan takroriy va uzluksiz harakat
mexanizmlarini tushunishga, idrok qilinayotgan narsalarga faol ko’z
yugurtirish va jism bilan turli harakatlarni bajarishning psixologik
mohiyatini ochishga xizmat qiladi. Keyinchalik, ya’ni go’dak ikkita jismdan
foydalanishi, u
lar bilan mashg’ul bo’lishi natijasida unda mazkur
predmetlar bilan funksional harakatlarni amalga oshirish sodir bo’ladi.
Narsa bilan funksional harakatni amalga oshirishda, birinchidan, shu
harakatlar predmet bilan munosabat o’rnatishni talab qiladi, ikk
inchidan,
mazkur harakatdan foydalanish jarayonida go’dakning qo’l ishlari ko’lami
kengayadi.
R.Ya. Abramovich-
Lextman go’dakning bir yoshgacha davrida
predmetlar bilan harakat qilishini o’rganib, ularning oltita rivojlanish
bosqichidan iborat ekanligini aytadi.
Bular:
a) faol sergaklik (tetiklik) - 2 haftalikdan 4-5 haftalikkacha;
b) sensor faollik - 1,5 oylikdan 2,5-3 oylikkacha;
95
v) harakatoldi - 2,5-3 oylikdan 4-4,5 oylikkacha;
g) sodda "sermahsul" harakat - 4 oylikdan 7 oylikkacha;
d) o’zaro bog’langan (uyg’un) harakat
- 7 oylikdan 10 oylikkacha;
ye) funksional harakat - 10-11 oylikdan 12-13 oylikkacha davom
etadi.
Muallif har bir bosqichning o’ziga xos xususiyatlarini ham sxematik,
ham tekstual tarzda ifodalagan. Bir yoshgacha bolalarda ta’sirla
nishning
eng muhim jihatlari paydo bo’lishi va shakllanishi jarayonining rivojlanishi
sxemasini N.L.Figurin va M.P.Denisova tuzdilar. Buning uchun ular
ta’sirlanishning 34 ta ko’rinishini tanlab: ta’sirlanish mavjud emasligi,
ta’sirlanish namoyon bo’lishi,
uzil-
kesil ta’sirlanish shakllanish
bosqichlariga psixologik tavsif berganlar. Jismning xususiyatiga qarab bola
harakatidagi o’zgarishlarni M.Yu.Kistyakovskaya, D.B.El’konin, Ye.A.Arkin,
V.S.Muxina, N.A.Menchinskaya va boshqalar, retseptor faoliyat
mexanizmlarini I.P.Pavlov va uning shogirdlari F.R.Dunaevskiy kabilar
o’rganishgan. Ularning talqinicha, emaklash
-
go’dakning fazoda mustaqil
holda o’rin almashtirishi, harakat qilishning dastlabki ko’rinishidir.
Mustaqil yurish -
go’dakning insonlarga xos yo’
sinda fazoda siljish,
joyidan qo’zg’alishni amalga oshirish uchun muayyan darajada
tayyorgarlikni taqozo qiluvchi harakatlarning yanga ko’rinishidir. Shunday
qilib, go’dakning jismlar bilan bevosita amaliy aloqaga kirishuvi va ular
yordamida harakatlanishi narsalarning yangi xossa va xususiyatlarini bilib
borishi, ular bilan munosabatini yanada kengaytirishi uchun imkon
yaratadi. Hayotining ikkinchi yarim yilida bolaning predmetlar bilan har xil
harakatlarni amalga oshirishdagi ildamligi, orientirlash faoliyatining
murakkablashuvi, fazoda o’rin almashtirishining yangi shakllari vujudga
kelishi uni katta yoshdagi odamlarga bevosita bog’lab qo’yadi.
Go’dak o’sishining murakkabligi uning xilma
-
xil faoliyati bilan o’zaro
bog’langandir. Shuning uchun katta yoshd
agi odamlar bu davrda
go’dakning ehtiyojlarini to’la qondirishga harakat qilishlari kerak.
Shundagina ularning bola psixik dunyosiga muntazam va maqsadga
muvofiq ta’sir etishi uning bosh miya katta yarim sharlari po’stining
faoliyatini takomillashtiradi.
Go’dak hayotining dastlabki oylaridan boshlaboq,
Dostları ilə paylaş: |