82
qo‘l cho‘zadigan bo‘ladi, ammo u hali o‘zining qo‘l
harakatlarini idora qila
olmaydi. Bola besh oylik bo‘lgach, narsalarni ushlab,
uni paypaslab,
timirskilab ko‘radigan bo‘ladi. Bolaning qo‘l harakatlari atrofidagi narsalarni
bilish quroliga aylanadi, chunki u narsalarni paypaslab, timirskilab ko‘rish
orqali ularning ayrim xususiyatlarini bilib oladi.
Bolaning psixik taraqqiyotida murakkab harakatlarni egallab borishi
juda katta rol o‘ynaydi. Bola olti oylik bo‘lgach, mustaqil o‘tira
oladigan
bo‘ladi. Bola o‘tira boshlagandan so‘ng uning nazar doirasi kengayib, unda
yangidan yangi taassurotlar paydo bo‘ladi. Bola ko‘z o‘ngida yangi
taassurotlarning paydo bo‘lishi idrok
, diqqat,
xotira kabi psixik
jarayonlarning rivojlanishiga katta yordam beradi. Bola sakkiz oylik bo‘lgach,
yana bir murakkab harakatni, ya’ni emaklashni boshlaydi.
Bola psixikasining rivojlanishida bu yangi harakatning ahamiyati juda
kattadir. Emaklay boshlagach bolaning atrofdagi narsalar bilan munosabatda
bo‘lish imkoniyati kengayadi. Natijada mustaqil harakat qilib, yangidan yangi
narsalarni taniy boshlaydi. Bolani hamma narsa qiziqtiradi. U bir narsani olib
ikkinchi narsaga urib taqillatadi va chiqayotgan ovozga quloq soladi. Odatda,
bu yoshdagi bolalar biron narsaning qopqog‘ini ochib yopishni yoqtiradilar.
Bunday harakatlar bolaning qo‘l muskullarini mustahkamlaydi va
narsalarning turli xossalarini bilib olishlariga yordam beradi. Og‘ir kas
allikka
uchramay, jis
moniy jihatdan sog‘lom o‘sgan bola 9
-
10 oylik bo‘lganida yura
boshlaydi. Bolaning mustaqil tarzda yura boshlashi uning hayotida g‘oyat
katta hodisadir. Bola yura boshlagandan so‘ng uning psixik taraqqiyoti uchun
juda katta imkoniyatlar yuzaga keladi. Yura boshlagan bolaning aktivligi kun
sayin ortib, erkin harakat qilish doirasi kengayadi.
Bemalol yura oladigan
bola tor uy doirasidan tashqariga chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu esa
idrok doirasini kengaytirib, mazmundor bo‘lishiga y
ordam beradi.
Dostları ilə paylaş: