53
Uning
tushuntirishiga ko‘ra psixik taraqqiyotning
yaqin sohasida
bolaning psixik taraqqiyoti katta odamlarning (ota-onalar, tarbiyachilar va
o‘qituvchilarning) bevosita yordami, rahbarligi asosida amalga
oshiriladi.Bolaning go‘daklik,
ilk yosh, maktabgacha ta’li
m tashkiloti va
kichik maktab yoshidagi davrlari psixik taraqqiyotning yaqin bosqichiga
to‘g‘ri keladi.
Psixik taraqqiyotning aktual bosqichiga kelsak, bu bosqich muayyan
davrda bolaning katta yoshdagi kishilar yordamisiz
mustaqil harakat qila
olishi bilan ifodalanadi. Psixik taraqqi
yotning aktual bosqichi o‘zlashtirilgan
bilimlar, ko‘nikma va malakalardan mustaqil foydalanish bosqichidir. Psixik
taraq
qiyotning aktual bosqichiga bolaning o‘smirlik va o‘spirinlik davrlari
to‘g‘ri keladi. Bu davrda bolalarning ta’lim jarayoniga bo‘lgan munosabatlari
tubdan o‘zgarib, ular turli narsalarga nisbatan tanlab munosabatda bo‘la
boshlaydilar. O‘smir bola
larda qiziqish va dunyoqarash kabi shaxsning
murakkab sifatlari tarkib topa boshlashi tufayli turli sohalarga doir
bilimlarni mustaqil o‘zlashtirishga urinish yuzaga keladi. Vaholanki, ta’lim
-
tarbiya psixik taraqqiyotdan bir qadam oldinda borib, psixik taraqqiyotga
zamin hozirlar ekan, to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan ta’lim
-tarbiya jarayoni hamma
vaqt o‘quvchilarni
mustaqil
tafakkur qilishga, tabiat hamda jamiyatdagi
narsa va hodisalarga doir qonuniyatlarni bilib olishga yordam beradi.
Ana shu bosqich nuqtayi nazaridan ta’lim
-tarbiya
ishlari davomida
bolaning hozirgi vaqtda qanday bilim, ko‘nikma, malakalar va
Xarakter
sifatlariga ega ekanligini va
yaqin kelajakda qanday bilim, ko‘nikma,
malakalar va shaxsiy sifatlarga ega bo‘la olishini
hisobga olish juda
muhimdir. Ta’lim
-tarbiya jarayonida taraqqiyotning
shu ikki bosqichini
taqqoslab, bolaning shu paytdagi rivojlanish darajasi va kelajakdagi rivoj-
lanish imkoniyatlari haqida fikr yuritish mumkin bo‘ladi. Tarbiyachi ta’lim
-
tarbiya jarayonida bolaning hozirgi taraqqiyot bosqichini hisobga olib,
kelajakda qanday taraqqiyot darajasiga erishishini tasavvur eta olishi hamda
bolani ana shu mo‘ljallangan taraqqiyot darajasiga erishtirish uchun aniq
Dostları ilə paylaş: