278
XVIII-BOB. BOLANING MAKTABGA TAYYORGARLIGINI PSIXOLOGIK
XUSUSIYATLARI VA UNING DIAGNOSTIKASI
Bobning qisqacha mazmuni:
1. Bolaning maktabga tayyorligining psixologik xususiyatlari
2. Maktabga intellektual tayyorgarlik
3. Maktabga ijtimoiy tayyorgarlik
18.1.BOLANING MAKTABGA TAYYORGARLIGINI PSIXOLOGIK
XUSUSIYATLARI
18.1. 1. Bolaning maktabga tayyorligining psixologik xususiyatlari
Maktabga borish bolalarning hayotida juda katta voqeadir. Maktab
hayoti bolalarga yangi bir dunyoni ochib beradi, maktab davrida bolalarning
asosiy faoliyatlari o‘zgaradi. Maktab yoshidan boshlab bolalarning asosiy
faoliyatlari va vazifalari o‘qish, fan asoslarini puxta o‘zlashtirish bo‘lib
qoladi.
Yetti yoshli bolalar uchun yangi faoliyat bo‘lgan o‘qis
h ulardan yangi
sifat, yangi xususiyatlarga ega bo‘lishlarini talab qiladi. O‘qish faoliyati uchun
bolalarda barqaror diqqat, o‘tkir zehn, mustahkam xotira, tafakkur, yaxshi
nutq, iroda va shuning bilan birga mustaqillik, ishchanlik, tartiblilik hislari
b
o‘lishi kerak.
Bolalarning maktabga o‘tishlari ularning ilk yoshdan bog‘chaga
o‘tishlariga qaraganda murakkab bosqichdir.
Bola
lar maktabga o‘tishlari
natijasida ularning ijtimoiy holatlarida ham o‘zgarish yuz beradi. Masalan,
е
tti yoshga yaqinlashgan bola
lar bog‘chada «katta», ya’ni
katta guruh
bolalari deb hisoblanar edi. Maktabga o‘tishlari bilan yana «eng kichkinalar»
qatoriga tushib qoladilar. Yetti yoshdagi bolalarning maktabga o‘tishlari
bilan yuzaga keladigan ana shunday jiddiy o‘zgarishlarni nazard
a tutib,
ularni maktabdagi yangi hayotga har tomonlama tayyorlash kerak.
Ma’lumki, bolalar bog‘chasining asosiy vazifalaridan biri bolalarga har
tomonlama tarbiya berib, ularning taraqqiyot darajalarini maktabda o‘qiy
oladigan qilishdan iboratdir. Bu esa,
o‘z navbatida maktabdagi o‘qish bilan
bog‘chadagi ta’lim
-
tarbiya o‘rtasida ma’lum izchillik bo‘lishini talab qiladi.
Bog‘chada bolalarning jismoniy o‘sishlariga qanchalik e’tibor berilsa,
ularning aqliy va axloqiy o‘sishlariga ham shunchalik e’tibor beriladi.
Bolalarning maktabga chiqishlari doimo nazarda tutilib ular bilan
o‘tkaziladigan ta’limiy mashg‘ulotlarda bolalarning idroki, diqqati, tasavvur
279
va xotiralari,
xayol hamda tafakkurlari, irodaviy sifatlari izchil ravishda
taraqqiy ettirib
boriladi. Bolalarni maktabdagi o‘qish jarayoniga
tayyorlashda ularning nutqini o‘stirish juda zaruriy shartlardandir. K.D.
Ushinikiyning ko‘rsatishicha, bolalarning nutqni egallashlari ularning
maktabdagi o‘qishga tayyor ekanliklarini ko‘rsatuvchi eng isho
nchli dalildir.
Shuning uchun tayyorlov guruhi bolalarini maktabdagi o‘qishga
tayyorlashda ular
ning o‘z ona tillarini yaxshi, puxta o‘rganishlariga, ya’ni so‘z
boyligini orttirishga, to‘g‘ri talaffuz qilishlariga va to‘la hamda to‘g‘ri jumla
tuza olishlariga ahamiyat berish kerak.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabga
tayyorlashda ularning
qiziqishlaridan foydalanish lozim. Katta gu ruh bolalari maktab hayoti bilan
juda qiziqa boshlaydilar. Bolalardagi bunday qiziqishni tarbiyachi qo‘llab
-
quvvatlashi va yanada orttirib borishi kerak. Buning uchun maktab va unda
o‘qish haqida qiziqarli suhbatlar o‘tkazish ham
da yaqin atrofdagi maktabga
ekskursiya uyushtirish yaxshi natija beradi. Bog‘chalardagi
е
tti yoshga
to‘lgan bolalarning hammasi ham maktabdagi o‘qish mashg‘ulotlariga bab
-
baravar tayyor bo‘lavermaydi. Ayrim bolalar maktab
dagi yangi sharoitga tez
kirishib keta olmaydi. Ularda o‘qish mashg‘ulotlari (dars) uchun qandaydir
bir xususiyat
еtishmayotgandek ko‘rinadi. Bu o‘rinda shunday bir savol
tug‘iladi.
Bolalarni qay paytda psixologik jihatdan maktabdagi o‘qish
jarayoniga tayyor deb hisoblash mumkin? Ayrim psixologlarning fikricha,
bola maktabda o‘qish uchun atrofdagi narsa va hodisalarga doir anchagina
tasavvur va tushunchalarga ega bo‘lishi hamda ma’l
um
darajada aqliy
jihatdan o‘sgan bo‘lishi lozim. Lekin bu bolaning o‘qishga tayyor ekanligini
aniqlashda hal qiluvchi omil emas, chunki bu
е
rda yosh masalasi ham bor.
Yetti yoshga to‘lish davri bog‘cha yoshi davrining tugallanishi va
o‘smirlikning boshlanishi davriga to‘g‘ri keladi. Xuddi ana shu davrdan
boshlab bolalarda o‘z
-
o‘zini anglash tarkib topa boshlaydi. Shuning uchun
ham shu davrdan bosh
lab bolalarni izchil o‘qitishga o‘tish maqsadga
muvofiqdir. K.D.
Ushinskiyning fikricha, bolaning maktabdagi
o‘qish
faoliyatiga tayyorligi ayrim psixik jarayonlarning taraqqiyot darajasi
bilangina emas, balki bola shaxsining umumiy taraqqiyot darajasi bilan
aniqlanadi.
Shunday qilib, bolaning maktabdagi o‘qishga tayyor
ligi
shaxsning
ijtimoiy
е
tuklik bosqichlaridan biridir. Lekin ijtimoiy tarqqiyotning bunday
еtuklik bosqichiga bola o‘z
-
o‘zidan ko‘tarilmaydi. Uni bu bosqichga
bog‘chadagi va oiladagi butun ta’lim
-
tarbiya ishi ko‘taradi. Bola
е
tti yoshga
to‘lganda u jismoniy jihatdan ancha o‘sadi, o‘zini idora qi
l
ishga, nojo‘ya
xattiharakatlardan o‘zini tiyishga, xulq
-
atvor qoidalarini o‘zlashtirishga
harakat qiladi. U o‘zini bemalol eplaydigan bo‘ladi, o‘z kuchiga yarasha
mehnat qila oladi, ja
moada yashashga ko‘nika boshlaydi. Bu davrda bolaning
280
turmush tajribas
i
anchagina ortadi, ko‘p narsalarning nomini va ulardan
qanday foydalanishni biladi. Xotirasi va tasavvurlari o‘sib, ko‘pgina she’r va
hikoyalarni yoddan bilib oladi. Yetti yoshli bolaning nutqi ma’lum darajada
rivojlanib, so‘z zaxirasi ko‘payadi.
Yetti y
oshga to‘lgan bolalarda turli harakatlar ham mustahkamlanadi.
U qaychi, igna, qalam, ruchka kabi ish qurollaridan foydalanish malakasini
egallay boshlaydi. Biroq bu davrda ham bolada beixtiyor aktivlik hali
ustunlik qiladi. Shu sababli bolani qiziqtiradiga
n yoki unga kuchli ta’sir
qiladigan narsalar uning diqqatini o‘ziga jalb qiladi. Bola maktabga
chiqqanidan keyin ham uning hayotida o‘yin juda katta o‘rin egallaydi. Bola
o‘qish mashg‘ulotlaridan bo‘sh paytida har xil o‘yinlarni o‘ynashda davom
etaveradi.
O‘yin jarayonida bola o‘z
-
o‘zini
idora qilishga, o‘z harakatlarini
o‘yin qoidalariga bo‘ysundirishga, javobgarlikni sezishga, jamoa manfaatini
ustun qo‘yishga odatlanadi. O‘yin va bog‘chadagi didaktik mashg‘ulotlar
jarayonida bolalarning aql-idroki, xotir
a va tafakkuri o‘sadi. Bular, o‘z
navbatida, bolaning maktabda o‘qiy olishi uchun psixologik zamin
tayyorlaydi. Bunday zaminni tayyorlash va mustahkamlashda, albatta,
oilada hamda bolalar bog‘chasida olib boriladigan ta’lim
-tarbiya ishlari hal
qiluvchi ahamiyatga egadir.
46
Dostları ilə paylaş: