189
Dominanta
–
bu ayni chog’da markazda sodir bo’ladigan
reaksiyalar
Xarakter
inni bir qadar belgilab beruvchi hukmron qo’zg’alish o’chog’idir.
Dominantalar mavjud bo’lgan paytda boshqa qo’zg’alish o’choklari
(«subdominantalar»
-
nisbatan kuchsiz qo’zg’alish o’choqlari) ko’pincha
yo’qolib ketmaydilar. Ular dominantaga qo’
shilib, uni kuchaytiradilar yoki
dominanta bilan kurasha boshlaydilar. Bu kurash jarayonida
subdominanta dominant
a bo’lib olishi mumkin, ilgarigi dominanta esa –
subdominanta bo’lib qolishi mumkin. Hukmron qo’zg’alish o’chog’i bo’lgan
dominanta diqqatimizning ma’lum narsaga yo’naltirilishi va tuplanishining
fiziologik asosidir.
Maktabgacha yoshidan boshlab bolalarda
ixtiyoriy diqqat rivojlana
boshlaydi. Biroq maktabgacha kichik yoshdagi bolalarda ixtiyorsiz diqqat
ustunlik qiladi. Maktabgacha kichik yoshdagi bolalarda kun sayin paydo
bo‘ladigan yangi
-
yangi qiziqishlar, o‘yin faoliyatlarining xilma
-
xil bo‘la
borishi ularda ixtiyorsiz diqqatni asta-sekin takomillashtirib boradi.
Maktabgacha ta’lim muassasasi tomonidan talab etiladigan tartiblarga
bo‘ysunish, qoidali o‘yin shartlarini so‘zsiz
bajarish, kattalarning
topshiriqlarini chidam va qunt bilan ado etish kabi hollar maktabgacha
yoshdagi bolalarda diqqatning ixtiyoriy turini rivojlantiradi. Bolalarda
ixtiyoriy diqqatni rivojlantirishda o‘yinning roli juda kattadir. Chunki, turli
o‘yinlar paytida bolalar diqqatlarini bir joyga to‘plab, o‘z tashabbuslari bi
lan
ma’lu
m maqsadlarni ilgari suradilar.
O‘yinlarning qanday qoidalar asolida
o‘ynalishini o‘zlari mustaqil ravishda tanlab oladilar. O‘yin
qoidasidan
chetga chiqib ketmaslik uchun o‘z harakatlarini o‘yin qoidalariga
moslashtirishga va o‘yinda qatnashuvchi o‘rtoqla
rining harakatlarini ham
kuzatib borishga tirishadilar. Ana shunday o‘yinlarda ixtiyorsiz diqqat bilan
birga ixtiyoriy diqqat ham aktiv ishtirok etadi.
Bolalarning o‘yin faoliyatlari ularda ixtiyoriy diqqatning rivojlana
boshlashi uchun sharoit yaratib beradi. Shuni ham nazarda tutish kerak-ki,
ixtiyoriy diqqat iroda bilan bog‘liq, shuning uchun ham bolalar diqqatning
bu turini o‘zlaricha mustaqil tashkil eta olmaydilar. Dastlabki paytlarda
diqqatning ixtiyoriy turini har xil savollar va topshiri
qlar berish yo‘li bilan
rivojlantirib borish kerak.
Dostları ilə paylaş: