27
O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida tutgan o‘z
yo‘li, tamoyillari tarbiya jarayonida hali avvalgi keksa avlod oldida turmagan yangi
masala va muammolarni yechish uchun zarur bo‘ladigan xislat va sifatlar
shakllantirilishini taqozo etadi.
O‘zbekistonda pedagogika ilmidagi tushunchalar, ta'riflar milliy istiqlol
mafkurasiga mos umuminsoniylik ruhida tushuntirilmog‘i zarur. Albatta ta'lim va
tarbiyada umuminsoniy qadriyatlar bilan birga milliy o‘ziga xoslik nisbati,
muvozanati alohida ahamiyatga ega.
Zamonaviy pedagogika ijtimoiy hayot jabhalarida faoliyat ko‘rsatayotgan
shaxslarni bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobatga bardosh bera oladigan, yuksak
ongli, mustaqil fikrlay oladigan, xulq- atvori bilan o‘zgalarga ibrat bo‘ladigan
bilimli, komil inson etib tarbiyalashdek muhim masalalarni hal qilmoqda
Dostları ilə paylaş: