IV Bosqich. Yangi mavzuni mustahkamlash. Test topshiriqlari yordamida oʻquvchilar bilimi mustahkamlanadi va ularning javobi tinglanib izohlanadi ham baholanadi. Har bir guruhga 3 tadan test topshiriqlari beriladi.
1 guruhga.
2 guruhga.
3 guruhga.
V Bosqich. Baholash. Har bir guruh oʻz ballarini jamlaydi. Golib guruh aniqlanadi. Oʻquvchilarni darsga yaxshi qatnashishiga, bir-biriga bergan yordamiga qarab ham baholanadilar. Me’yoriy hujjatlarga qoʻyiladi.
VI Bosqich. Uy ishi. Uy ishi 8-misolni bajarib kelish. Boʻsh kataklarga son qoʻyib tenglik toʻgʻri boʻlishini tushuntirish.
48 + 5 = 53 85 - □ = 80 59 - □ = 50 39 + □ = 46 63 - □ = 60 23 - □ = 20 53 + □ = 62 79 - □ = 70 98 - □ = 90
Xulosa Matematika oʻqitish metodikasi eng avvalo kichik yoshdagi oʻquvchilarni umumiy tizimda oʻqitish va tarbiyalash vazifasini qoʻyadi.
Umumiy metodika boshlangʻich sinf matematikasining mazmunini va tizimliligini aks ettiradi, har bir boʻlimni oʻqitishning oʻziga xos xususiy metodlarini oʻrgatadi.
Xususiy metodika matematika oʻqitishning asoslangan metodlarini va oʻqitish formalarini, shuningdek oʻquv faoliyatini tashkil qilish yoʻllarini koʻrsatadi. Ma’lumki oʻqitish tarbiyalash bilan oʻzaro mustahkam bogʻliqdir. Ushbu metodika oʻqitishni tarbiyalash bilan qoʻshib olib borish yoʻllarini oʻrgatadi.
Xulosa qilib aytganda boshlangʻich sinf oʻquvchilarini mantiqiy fikrlashga oʻrgatish uchun biz ilk mashgʻulotlarni boshlaganimizdan ularni fikrlashga, muammoli vaziyatlardan chiqib ketishga yoʻnaltira borishimiz kerak. Bunda oddiydan murakkabga ya’ni oʻquvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda didaktik oʻyinlardan foydalana borishimiz kerak.
Boshlangʻich sinf oʻquvchilarini matematika darslarida oʻquvchilarni DTS va oʻquv dasturida berilgan talablarni bajarish uchun koʻproq ogʻzaki masalalar yechish, fikrlash qobiliyatini oʻstirish, mavzuni yoritish uchun ularni mantiqiy fikrlash koʻnikmalarini vujudga keltirish lozim.