z) umrbod ozodlikdan mahrum qilish.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
51-moddasi
.
(43-moddaning birinchi qismining “z” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 11-iyuldagi
O‘RQ-99-sonli
Qonuni
tahririda — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 6-son, 248-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
Mahkumlarga asosiy jazolardan tashqari harbiy yoki maxsus unvondan mahrum qilish
tarzidagi qo‘shimcha jazo ham qo‘llanilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
52-moddasi
.
(43-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son
Qonuni
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Xizmat bo‘yicha cheklash yoki intizomiy qismga jo‘natish tariqasidagi jazolar faqat harbiy
xizmatchilarga nisbatan qo‘llaniladi.
Muayyan huquqdan mahrum qilish faqat asosiy jazo sifatidagina emas, balki qo‘shimcha
jazo tariqasida ham qo‘llanilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: