33-modda. Jinoyatlar majmui
Ushbu Kodeks
Maxsus qismining
turli moddalarida yoki bitta moddasining turli
qismlarida nazarda tutilgan, javobgarlikka tortiladigan ikki yoki bir necha jinoiy qilmishni
sodir etish, agarda ulardan birortasi uchun ham shaxs sudlangan bo‘lmasa, jinoyatlar
majmui deb topiladi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-
yil 5-maydagi 13-sonli “Bir necha jinoyat sodir etilganda qilmishni kvalifikatsiya qilishga doir
masalalar to‘g‘risida”gi qarori 2-bandining
ikkinchi xatboshisi
,
3
,
5
,
6-bandlari
, 7-bandining
birinchi
xatboshisi
,
8
,
11
,
12
,
13
,
15-bandlari
.
Agar shaxs sodir etgan qilmishda ushbu Kodeks
Maxsus qismi
ayni bir moddasining
turli qismlarida nazarda tutilgan jinoyatlarning alomatlari mavjud bo‘lsa, u moddaning
og‘irroq jazo belgilangan qismi bo‘yicha javobgarlikka tortiladi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-
yil 5-maydagi 13-sonli “Bir necha jinoyat sodir etilganda qilmishni kvalifikatsiya qilishga doir
masalalar to‘g‘risida”gi qarori 7-bandining
ikkinchi xatboshisi
va O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi
Plenumining 2014-yil 23-maydagi 07-sonli “Sud hukmi to‘g‘risida”gi qarorining
27-bandi
.
34-modda. Retsidiv jinoyat
Shaxsning ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun sudlanganidan keyin qasddan
yangi jinoyat sodir etishi retsidiv jinoyat deb topiladi.
3/12/23, 09:13
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
Page 12 of 243
https://lex.uz/docs/-111453
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-
yil 5-maydagi 13-sonli “Bir necha jinoyat sodir etilganda qilmishni kvalifikatsiya qilishga doir
masalalar to‘g‘risida”gi qarorining
16
,
17
,
18
,
19-bandlari
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi
Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti
to‘g‘risida”gi qarori 9-bandining
ikkinchi xatboshisi
.
Ilgari hukm qilingan jinoyatiga o‘xshash jinoyat sodir etgan, ushbu Kodeksda alohida
ko‘rsatilgan hollarda esa,
Maxsus qismning
boshqa moddalari bilan ham hukm qilingan
shaxsning qasddan yangi jinoyat sodir etishi xavfli retsidiv jinoyat deb topiladi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-
yil 5-maydagi 13-sonli “Bir necha jinoyat sodir etilganda qilmishni kvalifikatsiya qilishga doir
masalalar to‘g‘risida”gi qarorining
20-bandi
.
Besh yildan kam bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi
mumkin bo‘lgan qasddan yangi jinoyat sodir etish, ya’ni:
a) ilgari o‘ta og‘ir jinoyati uchun yoki ikki marta og‘ir jinoyati uchun hukm qilinib,
ularning har biri uchun besh yildan kam bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish
jazosi tayinlangan shaxs tomonidan o‘ta og‘ir jinoyat sodir etilishi;
b) ilgari og‘ir jinoyati uchun ikki marta hukm qilingan yoki oldin-keyinligidan qat’i
nazar, og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyatlar uchun ularning har biriga besh yildan kam bo‘lmagan
muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan shaxsning og‘ir jinoyat sodir etishi
o‘ta xavfli retsidiv jinoyat deb topiladi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-
yil 5-maydagi 13-sonli “Bir necha jinoyat sodir etilganda qilmishni kvalifikatsiya qilishga doir
masalalar to‘g‘risida”gi qarorining
21
,
22
,
26
va
27-bandlari
.
Sudning hukmi bilan shaxs o‘ta xavfli retsidivist deb topilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 457-moddasi birinchi qismining
8-bandi
, 468-moddasi birinchi qismining
3-bandi
.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-
yil 5-maydagi 13-sonli “Bir necha jinoyat sodir etilganda qilmishni kvalifikatsiya qilishga doir
masalalar to‘g‘risida”gi qarorining
22
,
25-bandlari
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
2004-yil 24-sentabrdagi 13-sonli “Qasddan odam o‘ldirishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti
to‘g‘risida”gi qarorining
22-bandi
.
Shaxsni o‘ta xavfli retsidivist deb topish to‘g‘risidagi masala hal qilinayotgan vaqtda
uning boshqa davlatlar sudlarining hukmlari bo‘yicha sudlanganligi ham hisobga olinishi
mumkin.
Shaxsni o‘ta xavfli retsidivist deb topish to‘g‘risidagi masala hal qilinayotgan vaqtda
uning o‘n sakkiz yoshga to‘lgunga qadar sodir etgan jinoyati uchun sudlanganligi,
shuningdek qonunda belgilangan tartibda sudlanganlik muhlatlarining o‘tib ketganligi
yoki olib tashlangan sudlanganligi inobatga olinmaydi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-
yil 5-maydagi 13-sonli “Bir necha jinoyat sodir etilganda qilmishni kvalifikatsiya qilishga doir
masalalar to‘g‘risida”gi qarorining
22
,
24-bandlari
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
2006-yil 3-fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi
qarori 9-bandining
uchinchi xatboshisi
.
Ushbu Kodeks
Maxsus qismining
o‘ta xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan
3/12/23, 09:13
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
Page 13 of 243
https://lex.uz/docs/-111453
jinoyatlar uchun javobgarlikni belgilovchi moddalari shaxs ushbu jinoyatni sodir etgunga
qadar qonunda belgilangan tartibda o‘ta xavfli retsidivist deb topilgan bo‘lsagina
qo‘llaniladi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-
yil 5-maydagi 13-sonli “Bir necha jinoyat sodir etilganda qilmishni kvalifikatsiya qilishga doir
masalalar to‘g‘risida”gi qarorining
28-bandi
.
Yüklə Dostları ilə paylaş: |