Umumiy qoidalar


-modda. Kasallik yoki mehnat qobiliyatini yo‘qotish oqibatida jazodan ozod


səhifə45/220
tarix04.04.2023
ölçüsü
#93011
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   220
 22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

75-modda. Kasallik yoki mehnat qobiliyatini yo‘qotish oqibatida jazodan ozod
qilish
Oldingi
 tahrirga qarang.
Hukm chiqarilganidan keyin o‘z harakatlarining ahamiyatini anglay olmaydigan yoki
ularni boshqara olmaydigan tarzda ruhiy holatining buzilishi yuzaga kelgan shaxs,
shuningdek jazoni o‘tashga to‘sqinlik qiladigan boshqa og‘ir kasallikka chalingan shaxs
jazoni o‘tashdan ozod qilinishi lozim.
(75-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi O‘RQ-567-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-
son)
Ushbu moddaning 
birinchi qismida 
ko‘rsatilgan shaxslarga nisbatan sud tibbiy
yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llashi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-
yil 12-dekabrdagi 23-sonli “Ruhiy kasallikka chalingan shaxslarga nisbatan tibbiy yo‘sindagi
majburlov choralarini qo‘llash bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 
4-bandi
.
Bunday shaxslar tuzalganidan keyin, ushbu Kodeksning 
69-moddasida 
nazarda
tutilgan va sud tomonidan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llanilgan kundan
boshlab hisoblanadigan muddatlar o‘tib ketmagan bo‘lsa, jazo ijro etiladi.
Intizomiy qismga jo‘natish yoxud xizmat bo‘yicha cheklash jazosiga hukm qilingan
harbiy xizmatchilar, ularning sog‘lig‘i harbiy xizmat uchun yaroqsiz deb topilgan bo‘lsa,
jazoni o‘tashdan ozod qilinadilar. Xizmat bo‘yicha cheklash jazosiga hukm qilingan harbiy
xizmatchi ayollar ularga homiladorlik va tug‘ish ta’tili berilishi munosabati bilan ham jazoni
o‘tashdan ozod qilinadilar.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Majburiy jamoat ishlariga yoki axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxslar jazoni
o‘tash vaqtida mehnatga yaroqsiz bo‘lib qolsalar yoxud pensiya yoshiga yetgan bo‘lsalar,
shuningdek ayollar bu turdagi jazoni o‘tayotgan vaqtda homiladorlik va tug‘ish ta’tiliga
chiqsalar, jazoni o‘tashdan ozod qilinadilar.
(75-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-421-
sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 
534-moddasi
, 542-moddasining
beshinchi qismi
, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 
165-moddasi
, “O‘zbekiston
Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish
muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning (ro‘yxat raqami: 2495, 29.07.2013-y.)
 482 — 484-bandlari
va “Og‘ir kasallikka chalingan mahkumlarni tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish va ularni kasalligi tufayli
jazoni o‘tashdan ozod qilishga taqdim etish” 
qoidalari 
(ro‘yxat raqami: 1854, 09.09.2008-y.).

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin