(Djeyms U, Kalat. Psychology 7 bet)
Psixolog bugungi kuni inson faoliyatining barcha yo‘nalishlarida zarur psixologik
xizmatini yuritish lozim. Har bir shaxsning o‘z muammolarini hal etishida, ta’lim
sifatini oshirishda, inson salomatligini yaxshilashda va hukumat ishlarini
boshqarishda ham zarur psixologik bilimlarga ega psixologini talab qiladi.
Demak, mutaxassislar chet tilini o‘rgatish darslarida xorijiy tillarni o‘qitishga
bo‘lgan zamonaviy psixologik yondashuvlarni to‘g‘ri tashkil etishlari lozim. Ular
chet tilini o‘rgatish bo‘yicha pedagogik mahorati va kasbiy kompetentlik darajasini
oshirish yuzasidan o‘z pedagogik faoliyatlari innovatsiyalarni tatbiq etishning
samarali shakllarini, didaktik vositalar va elektron o‘quv materiallarini yaratish
texnologiyalarini bilishlari hamda ulardan ta’lim jarayonida foydalanishlari
o‘quvchilarning xorijiy til o‘rganishi sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Dastlab talabalarda ham tilni o‘zlashtirishdagi hadiksirashi, chalg‘ish va
charchashini yo‘qotishga, hamda salbiy o‘zgarishlarning oldini olishga qaratilgan
psixogimnastika mashg‘ulotlarini ham o‘z vaqtida qo‘llay olish o‘qituvchining
pedagogik mahoratiga bog‘liq.
Dars jarayonida bolaning bilish psixik jarayonlari – diqqati, fikrlashi, idroki,
tasavvuri, xotirasi va ta’lim olishga qiziqishlarini o‘yinlar yordamida rivojlantiriladi.
Talaba xorijiy tillarni o‘rganish bilan birga boshqa davlatlar haqidagi dastlabki
fikrlari, tasavvurlari rivojlanib boradi. Guruhli o‘yinlardan foydalanish, muloqot
Dostları ilə paylaş: