34
T a r i x i y m a ’ l u m o t l a r
Yurtdoshimiz buyuk matematik va astronom olim Abu Ab-
dulloh Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (783—850) ning
arifmetik („Algorizmi hind hisobi haqida“) va algebraik („Al-
jabr val-muqobala“) asarlari matematikaning rivojiga niho-
yatda kuchli ta’sir ko‘rsatdi. Bu asarlar ko‘p tillarga tarjima
qilindi, asrlar davomida matematikadan asosiy qo‘llanma bo‘-
lib xizmat qildi.
„Algorizmi hind hisobi haqida“ risolasining XII asr boshi-
dagi lotincha tarjimasi Angliyaning Kembrij universitetida saq-
lanadi. Al-Xorazmiyning bu asari tufayli Yevropaga o‘nli sanoq
sistemasi kirib borgan.
„Muhammad Muso Xorazmiyning o‘nlik sanoq sistemasi-
ni, algoritm va algebra tushunchalarini dunyoda birinchi bo‘lib
ilm-fan sohasiga joriy etgani va shu asosda aniq fanlar rivoji
uchun o‘z vaqtida mustahkam asos yaratgani umuminsoniy ta-
raqqiyot rivojida qanday katta ahamiyatga ega bo‘lganini bar-
chamiz yaxshi bilamiz“, – deb yozgan edi O‘zbekiston Res-
publikasining birinchi Prezidenti I. A. Karimov o‘zining
„Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch“ asarida.
Xorazmiy algebrasi — „Al-jabr val-muqobala hisobi haqida
qisqacha kitob“ asarining arabcha nusxasi Oksford universi-
tetining Bodleyan kutubxonasida saqlanadi. Risola uch qismdan
iborat:
1) algebraik qism; 2) geometrik qism; 3) vasiyatlar haqi-
dagi qism (Xorazmiy uni „Vasiyatlar kitobi“ deb atagan). Al-
Xorazmiy risolasida barcha masalalarning bayoni va yechimlari
so‘zlar bilan beriladi, hech qanday belgilashlar, harfiy ifoda-
lar ishlatilmaydi. Al-Xorazmiy yozadi: „... Men arifmetikaning
oddiy va murakkab masalalarini o‘z ichiga oluvchi „Al-jabr
val-muqobala hisobi haqida qisqacha kitob“ni ta’lif qildim,
chunki meros taqsim qilishda, vasiyatnoma tuzishda, mol taq-
simlashda va adliya ishlarida, savdoda va har qanday bitimlarda
va shuningdek, yer o‘lchashda, ariqlar o‘tkazishda, muhan-
dislikda va boshqa shunga o‘xshash turlicha ishlarda kishilar
uchun bu zarurdir“. Binobarin, olim o‘zining bu asarini kun-
dalik hayot talabi va ehtiyojlarini hisobga olgan holda yozgan.
Dostları ilə paylaş: