chaqiriluvchilarni muqobil xizmatga chaqirish, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga olish,
harbiy xizmatga chaqirishni kechiktirish va Qurolli Kuchlar zaxirasiga o‘tkazish;
chaqiriluvchilarni yig‘ish, muqobil xizmatga yuborish, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi
xizmatga olish, shuningdek Qurolli Kuchlar rezerviga bo‘shatilgan harbiy xizmatchilarni doimiy
yashash joylariga qaytarilishiga oid tadbirlarni tantanali ravishda o‘tkazishda mahalliy ijro etuvchi
hokimiyat organlari va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikni tashkil etish;
chaqiriluvchilarni muddatli harbiy xizmatga va muqobil xizmatga chaqirish, safarbarlik
chaqiruvi rezervidagi xizmatga olish, shuningdek Qurolli Kuchlar rezerviga bo‘shatilgan harbiy
xizmatchilarni doimiy yashash joylariga qaytarilishi bo‘yicha tadbirlarni tashkil etish;
chaqiruvning va komissiya faoliyatining oshkoraligini ta’minlash.
Hududiy tibbiy komissiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
chaqiriluvchilarni birlamchi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish;
psixiatriya, narkologiya, teri-tanosil dispanserlarida, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va
jamoat salomatligi xizmatida, ftiziatriya va pulmonologiya markazida hisobda turadigan
chaqiriluvchilar to‘g‘risida axborot yig‘ish;
chaqiriluvchilarni qo‘shimcha tekshiruvga va davolanishga yuborish, shuningdek ularning
tibbiy ko‘rikdan o‘tishni davom ettirish uchun hududiy tibbiy komissiyaga qaytib kelishi ustidan
nazoratni o‘rnatish;
chaqiriluvchilar sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra harbiy xizmatga yaroqliligi to‘g‘risida xulosa berish;
hududiy tibbiy komissiya faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni tahlil qilish va bartaraf etish;
chaqiriluvchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish natijalari bo‘yicha hisobot tayyorlash va mazkur
hisobotni harbiy-tibbiy komissiyaga, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining
hududiy boshqarmasiga (organiga) hamda mudofaa ishlari boshqarmasiga taqdim etish.
Dostları ilə paylaş: