17
482-II-son Qonuni tahriridagi xatboshi) kabi muhim tushunchalar o‘rin olgan.
Qonunning “O‘lchovlarning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlashga oid normativ
hujjatlar” nomli 4-1-moddasida: O‘lchovlarning yagona birlikda bo‘lishini
ta’minlashga oid, metrologiya normalari va qoidalarini belgilovchi hamda
O‘zbekiston Respublikasi hududida majburiy kuchga ega bo‘lgan normativ
hujjatlarni tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni “O‘zstandart” agentligi
amalga oshirish ta’kidlangan.
Yuqoridagi Qonun hujjatlarida O‘zbekiston Respublikasining korxonalari,
tashkilotlari, davlat boshqaruv organlari, yuridik shaxslar birlashmalari
metrologiya sohasidagi davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati tatbiq etiladigan
doiradan tashqaridagi normalar va qoidalarni belgilaydigan, o‘lchovlarning yagona
birlikda bo‘lishini ta’minlashga oid, “O‘zstandart” agentligi tomonidan
tasdiqlangan normativ hujjatlarni aniqlashtiradigan va ularga zid bo‘lmagan
hujjatlarni o‘z vakolatlari doirasida ishlab chivishlari hamda tasdiqlashlari
mumkinligi (O‘zR 25.04.2003 y. 482-II-son Qonuni tahriridagi xatboshi)
ko‘rsatilgan.
Dostları ilə paylaş: