267
integratsion hamjamiyati (EI) doirasida tovarlar, xizmatlar
va ishchi kuchining
erkin harakati amalga oshiriladi. Shimoliy Amerika umumiy iqtisodiy hamkorligi
AQSH, Kanada va Meksika iqtisodiyotining integratsiyasini ko‘zda tutadi.
Davlatlararo integratsiyaning kuchayishi janubiy-sharqiy Osiyo, O‘rta Osiyo, arab
dunyosi, Afrika va Markaziy Amerika mamlakatlari
uchun ham xususiyatli
bo‘lmoqda.
2. Jahon xo‘jaligining globallashuvi yo‘nalishlari va ziddiyatlari
Iqtisodiy hayotning baynalminallashuvi bilan bir qatorda globallashuvi
jarayoni ham muhim o‘rin tutadi. Bu har ikkala tushuncha o‘zaro bog‘liq bo‘lib,
ular jahon xo‘jaligi sub’ektlarining umumiy maqsadlarga erishish yo‘lidagi
hatti-
harakatlarining birlashuvi jarayonini aks ettiradi.
Shuningdek, bu tushunchalar bir-biridan farqlanadi. Birinchidan, ular bir xilda
bo‘lmagan xo‘jalik birlashmalari miqyoslarini ifodalaydilar. Baynalminallashuv –
bu jahon xo‘jaligining bir necha sub’ektlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni
o‘rnatilishi va rivojlanishining dastlabki bosqichidir.
Globallashuv
(lotincha
globus – er kurrasi) jahon xo‘jaligining butun makonini qamrab oluvchi iqtisodiy
munosabatlar yagona tarmog‘ining tashkil topishi va rivojlanishini anglatadi.
Bugungi kunda globallashuv jarayoni ahamiyatining
tobora oshib borishi
iqtisodiy adabiyotlarda uning rivojlanish yo‘nalishlari va ziddiyatlari kabi
masalalarning ham ko‘rib chiqilishini taqozo etmoqda.
21
Globallashuv uzoq vaqt davomida tarkib topuvchi
hamda butun borliqni
qamrab oluvchi bashariyat miqyosidagi iqtisodiy tizimni namoyon etadi. Hozirda u
jahon xo‘jaligining umumjahon tavsifiga ega hamda yaxlit holda butun insoniyatga
taalluqli bo‘lgan ma’lum bir unsurlarini o‘z ichiga olishi mumkin. Shunga ko‘ra,
hozirgi vaqtda jahon xo‘jaligining globallashuv yo‘lidagi rivojlanishining dastlabki
qadamlari, yo‘nalishlari amalga oshmoqda.
21
Qaralsin: Borisov E.F. Экономическая теория: учеб. – 2-е изд., перераб. и доп. – М.: ТК Велби,
Изд-во
Проспект, 2005, с.514-524.
268
Globallashuvning yo‘nalishlari makroiqtisodiyotga nisbatan sifat jihatidan
yangi bo‘lgan iqtisodiy munosabatlar turining tarkib topishiga olib keladi.
Globallashuv jararyonining quyidagi yo‘nalishlarini ajratib ko‘rsatish mumkin.
Birinchi yo‘nalish
–
Dostları ilə paylaş: