Asosiy tayanch tushunchalar Iqtisodiy muvozanat - iqtisodiy jarayonlar, hodisalarning ikki yoki bir necha
tomonining bir-biriga mos kelish holati.
Xususiy muvozanatlik - bu ikkita o‘zaro bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy
ko‘rsatkichlar yoki iqtisodiyot tomonlarining miqdoran teng kelishi.
Umumiy muvozanatlik - iqtisodiy jarayonlar, hodisalarning ikki yoki bir necha
tomonining, eng avvalo yalpi talab va yalpi taklifning bir–biriga teng kelgan holati.
Retsession farq - yalpi sarflarning sof milliy mahsulot hajmidan kam bo‘lgan
miqdori.
Inflyasion farq - yalpi sarflarning sof milliy mahsulot hajmidan ortiqcha
bo‘lgan miqdori.
Multiplikator samarasi - bu sof milliy mahsulotdagi o‘zgarishning yalpi
sarflardagi o‘zgarishga nisbati.
Iqtisodiy mutanosiblik - iqtisodiyotning turli tomonlari va sohalari o‘rtasida
miqdor va sifat o‘lchamlarning mos kelishlik darajasi.
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar 1.
Iqtisodiy muvozanatlik, xususiy va umumiy muvozanatliklarga tavsif
bering. Ularga misollar keltiring.
2.
Quyidagi ikki usul, ya’ni: a) yalpi sarflar va ishlab chiqarish hajmini
taqqoslash usuli; b) jamg‘arma va investitsiyalarni taqqoslash usuli yordamida
muvozanatli SMM grafikda qanday aniqlanishini tushuntiring.
197
3.
Multiplikator samarasi nima? Investitsion sarflarning o‘zgarishi va
multiplikator miqdori o‘rtasidagi bog‘liqlik qanday? Agar jamg‘armaga o‘rtacha
moyillik 0; 0,4; 0,6 ga teng bo‘lsa, multiplikator qanday bo‘ladi? Agar tadbirkor
investitsiyalari darajasini 8 mln. so‘mga ko‘paytirsa, iste’molga o‘rtacha moyillik
esa 4/5 ga teng bo‘lsa, SMM qanday o‘zgaradi?
4.
Akselerator samarasi nima va u iqtisodiy muvozanatga qanday ta’sir
ko‘rsatadi?
5.
Avtonom va hosilaviy investitsiyalarning farqi nimada? Ularga ta’sir
etuvchi omillar ham farqlanadimi?
6.
Milliy iqtisodiyotning muvozanatlik darajasiga erishishda xususiy
mutanosibliklarning roli qanday? Mutanosiblikning qanday turlarini bilasiz?
Ularga qisqacha ta’rif bering.
7.
Makroiqtisodiy barqarorlik nima? Unga erishish yo‘llari qanday?
8.
Respublikada iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini qayta qurishlarni qaysi
yo‘llarda amalga oshirish ko‘zda tutilgan?