149
Sof milliy mahsulot (SMM) – amortizatsiya ajratmalari summasiga
kamaytirilgan YAIM sifatida chiqib, tarkiban milliy daromad va egri soliqlardan
iborat bo‘ladi.
Milliy daromad – yangidan vujudga keltirilgan qiymat bo‘lib, SMMdan egri
soliqlarni chiqarib tashlash yo‘li bilan aniqlanadi.
Shaxsiy daromad – milliy daromaddan ijtimoiy sug‘urta ajratmalari, korxona
foydasidan olinadigan soliqlar va korxonaning taqsimlanmaydigan foydasini
chiqarib tashlash hamda aholi qo‘liga kelib tushadigan ijtimoiy to‘lovlar
summasini qo‘shish yo‘li bilan aniqlanadi.
Nominal YAIM – joriy narxlarda hisoblangan YAIM.
Real YAIM – narxlarning o‘zgarishini hisobga olib, o‘zgarmas yoki qiyosiy
narxlarda hisoblangan YAIM.
Qo‘shilgan qiymat – ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatidan sotib olingan va
unumli iste’mol qilingan xom ashyo va materiallar qiymati chiqarib tashlangandan
keyin qolgan qismining bozor qiymati.
Oraliq mahsulot – ishlov berish, qayta ishlash va qayta sotish maqsadlarida
sotib olingan mahsulotlar.
Pirovard mahsulot – ishlab chiqarish jarayoni yakunlangan, shaxsiy va unumli
iste’mol qilishga tayyor bo‘lgan mahsulotlar.
Xufyona iqtisodiyot – YAIMni ishlab chiqarish, taqsimlash va undan
foydalanishning rasmiy iqtisodiyotdan yashirin qismi.
Dostları ilə paylaş: