195
daromadlarning pasayishi ro‘y beradi. Aholi tomonidan jamg‘armaning
haddan
ortiq ko‘paytirib yuborilishi oqibatida kelib chiquvchi salbiy jarayonlar, ya’ni -
«tejamkorlik paradoksi» shunday tarzda namoyon bo‘ladi. Mazkur jarayonni
quyidagi chizma orqali ham ko‘rib chiqish mumkin (4-chizma):
S,I F
S
1
S
E
1
E I
E
0
0
N
1
N
Milliy daromad
4-chizma. «Tejamkorlik paradoksi».
Chizmaning yotiq o‘qida
milliy daromad, tik o‘qida esa jamg‘arma va
investitsiyalar hajmi joylashtirilgan bo‘lib, F chizig‘i iqtisodiyotdagi to‘la bandlik
sharoitida milliy daromad hajmini ifodalaydi.
E’tibor berilsa, chizmadagi investitsiya sarflari chizig‘i yotiq o‘qqa parallel
emas, balki o‘sib boruvchi ko‘rinishda namoyon bo‘lmoqda. Bu esa, avtonom
investitsiyalardan farqli o‘laroq, hosilaviy investitsiyalarning
milliy daromad
hajmiga bog‘liqligini ko‘rsatadi.
CHizmadan ko‘rinadiki, iqtisodiyotdagi jamg‘arma hajmi S dan S
1
ga qadar
o‘smoqda. Natijada jamg‘armaning investitsiya bilan muvozanat nuqtasi E dan E
1
ga ko‘chdi. Biroq, bu o‘sish E nuqtadagi milliy daromad hajmi 0N
ning E
1
nuqtadagi 0N
1
hajmiga qadar qisqarishiga olib keldi. Tegishli ravishda investitsiya
hajmi ham EN darajadan E
1
N
1
darajaga qadar qisqardi. E
1
E
0
E nuqtalarini
tutashtirish natijasida hosil bo‘luvchi uchburchak yuzasi jamg‘arma
hajmining
o‘sishi natijasida investitsiya imkoniyatlarining qisqarishini, EE
0
kesma esa
investitsiyalarning
qisqarishini
ko‘rsatadi.
Aynan
shu
holat,
ya’ni
jamg‘armalarning o‘sishi natijasida investitsiyalarning qisqarishi «tejamkorlik
paradoksi» mohiyatini namoyon etadi.
196
Iqtisodiy muvozanatlik darajasini aniqlashda yuqoridagi usullardan tashqari
balans usulidan va xarajat va natijalarni taqqoslash usulidan ham foydalaniladi.
Balans
usulida tarmoqlararo balans, moddiy, moliyaviy va ishchi kuchi
balanslaridan foydalanilib iqtisodiyotdagi muvozanatlik darajasiga baho beriladi.
«Xarajat va natija»larni taqqoslash usulida ishlab chiqarishga qilingan
iqtisodiy resurs xarajatlari miqdori bilan olingan
mahsulot hajmini taqqoslash
orqali muvozanat darajasi tahlil qilinadi.
Dostları ilə paylaş: