389
NTFS da klaster tartib raqamlarini saqlash uchun 264 ta
klastergacha fayl o‘lchamini va diskni qo‘llab-quvvatlash
imkoniyatini beradigan 64 razryadli ko‘rsatkichdan foydalanadi.
Klasterning o‘lchami 4 Kbayt - 64 milliard kilobaytdan iborat fayl va
disklardan foydalanish imkonini beradi. NTFS ning tuzilishini 9.14-
rasmda ko‘rsatilgan. NTFS yuklovchi bloki bo‘limlar boshida
joylashgan, uni nusxasi esa – bo‘lim o‘rtasida joylashgan. Yuklovchi
blok BIOS parametrning standart bloklarini, bo‘limdagi bloklar
miqdorini, shuningdek MFT asosiy nusxa boshlang‘ich mantiqiy
klaster raqami va MFT ochiq nusxasini o‘z ichiga oladi.
So‘ng birinchi bo‘lakda MFT joylashadi u o‘z ichiga NTFS fayl
tizimi to‘g‘risida yozuvlarni shakllantirishga yordam beradigan 16 ta
standart tashkil qiluvchilarni oladi.
NTFS da fayl tuzilishi
NTFS dagi har bir fayl va katalog atributlar to‘plamidan iborat
bo‘ladi. Fayl nomi va uni ma’lumotlari fayl atributi sifatida ko‘riladi.
NTFS har bir atributi maydonlardan iborat bo‘ladi: atribut turi,
uzunligi, qiymati va imkoniyatlari. Atribut turi, uzunligi va nomi
atribut sarlovhasida ko‘rsatiladi. Tizimning mavjud atributlar to‘plami
NTFS tuzilishini ifodalaydi. Tizim atributlari belgilangan nomga va
uning turi kodiga, hamda aniq bir formaga (shaklga) ega bo‘ladi.
Foydalanuvchilarni aniqlashda atributlarni qo‘llash mumkin. Fayl
atributlarini saqlashning ikki xil yo‘li mavjud – MFT jadval yozuvida
rezidentli saqlash va uni tashqi qismlarda norezidentli saqlash.
Bunday ko‘rinishda fayl rezidentli qismi rezidentli atributlardan iborat
bo‘ladi, norezidentli qismi esa – norezident atributlardan iborat
bo‘ladi. Saralash faqat rezidentli atributlar bo‘yicha amalga oshirilishi
mumkin.
Tizim to‘plami quyidagi atributlarni o‘z ichiga oladi:
Atributlar ro‘yxati
(
Dostları ilə paylaş: