325
unga ishongan taraf tomonidan imzolangan bo‘lsa, A foydalanuvchi
raqamli guvohnomadagi ochiq kalit aslida B foydalanuvchidan
ekanligiga ishonishi mumkin. Raqamli sertifikatlar A foydalanuvchiga
B foydalanuvchining ushbu kalit unga tegishli ekanligi haqidagi
da’vosini tekshirishga va ochiq kalitning egasini ko‘rsatadigan o‘rtada
C foydalanuvchi hujumini oldini olishga imkon beradi.
8.8- rasm. O‘zgartirilgan ochiq kaliti
Raqamli sertifikat odatda quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga
oladi:
Egasining ismi yoki alias nomi;
Egasining ochiq kaliti;
Sertifikat beruvchining nomi;
Sertifikat beruvchining elektron raqamli imzosi;
Raqamli sertifikatning seriya raqami;
Ochiq kalitning amal qilish muddati.
Raqamli sertifikat asosan ochiq kalit uchun konteynerdir. Shu
bilan birga, sertifikatlarda foydalanuvchi tomonidan taqdim etilgan
boshqa ma’lumotlar, masalan, elektron pochta manzili, pochta manzili
va ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi asosiy ma’lumotlar, masalan,
mamlakat yoki mintaqa, pochta indeksi, foydalanuvchining yoshi va
jinsi bo‘lishi mumkin. Raqamli sertifikatlar foydalanuvchilardan
boshqa obyektlarni, masalan serverlar va ilovalarni aniqlash uchun
ishlatilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: