Fallohlar qishloqlari yirik b o iib , b a’zida 15-20 ming kishi yas
haydi. M arkazda machit, yonida bozor, qahva tayyorlaydigan kafelar
bor. Uylar somonli loydan bir xonali qilib quriladi. Tekis tomlarida
o‘tin, uyjihozlarini saqlashadi. Issiq paytlarda tomda oila a’zolari dam
oladilar. Uyning sahni bo‘yra, boyroq oilalarda gilam bilan yopilgan.
Hozirgi kunda dehqonlaming uylari maishiy texnika - sovutgich, tele-
vizorlar bilan ta ’minlanmoqda. 0 ‘ziga to ‘q xonadonlar zamonaviy
mebel olishmoqda. Taom hovlida o‘choqda tayyorlanadi. Ovqatni
xontaxtaga qo‘yib iste’mol qilishadi. Asosiy taomlari - sabzavot,
bo‘tqa, xurmo, non, baliq. Go‘shtni, odatda, haftada bir marta yoki
bayramlarda iste’mol qilishadi.
Erkaklar uzun ko‘ylak, keng ishton, galabi deb nomlangan to-
vongacha tushadigan oq yoki ko‘k rangli uzun ko ‘ylak kiyadilar.
Boshlariga yupqa qalpoqcha kiyadilar. M isrda qishloq ayollari yuzla-
rini yopmaydilar. Boy dehqonlar yevropacha, ulaming xizmatchilari
an’anaviy kiyimlarda yuradilar.
Qishloqlarda qarindosh va jam oa munosabatlari mustahkam
o ‘matilgan. Ushbu hayot tarzi o‘zaro e’tiborli b o iish , kelishuvchan-
lik, mehm ondo‘stlik, hurmat qilishni taqozo etadi. Axloq m e’yori asa-
biya - qonli xun olish, o ‘zidan kattalarga bo‘ysunish, yigitning oilasi
oldMa m as’uliyati singari qadriyatlami tarbiyalaydi. Bir qorin nari-
dagi amakivachchalar, xolavachchalar orasida nikohni yoqlaydilar.
Mahrga katta e ’tibor berilib, ajrashishlar qishloq joylarida juda kam
uchraydi. Monogam nikoh hukmron, ikki xotinli erkaklar ko‘p emas.
M isr qishloqlarida bozor munosabatlari tobora keng joriy etil-
moqda. Natijada mulkiy tabaqalanish kuchli b o iib , k o ‘plab fallohlar
shaharlarga ishlagani ketmoqdalar.
Dostları ilə paylaş: