qismi t,og‘oldi adirlari, Kaspiy bo‘yida joylashganlar. Ulaming tillari
turkiy bo‘lib, Dog‘iston va G'arbiy Kaspiybo‘yi aholisining turkiy-
lasldshiga turtki beradi.
Xunnlardan so‘ng G ‘arbiy Kavkazga kelgan bulg‘orlar ham Shi
moliy Kavkaz xalqlarining turkiylashuviga o‘ z hissalarini qo‘ shadilar.
Shimoliy Kavkazning tub etnoslari orasida bir xalq borki, uning
kelib chiqishi Kavkaz bilan bogiangan emas. Lekin uning tarixi
hudud bilan uzviy bog‘liq. Bu no‘g‘aylar (58 ming) bo‘lib, ular hozir-
da Kavkaz,oldi dashtlarining bir qismini egallaganlar. No‘g‘aylaming
ajdodlari o‘tmishda ko‘chmanchi hayot kechirganlar, keyinchalik
o‘ troqlashganlar. No‘g‘ ay xalqi tarixi Oltin 0 ‘rda xonligi doirasida XIV
asr oxirida boshlangan. Dastlab Edigey boshchiligida Mang'it o‘rdasi
tashkil topgan. Uning qachon N o‘g‘ay nomini olganligi noma’lum.
Asrlar davomida Shimoliy Kavkaz xalqlari ustidan o‘z hukm-
roniigini o‘rnatish uchun Turkiya, Eron, Rossiya va boshqa davlatlar
kurash olib borgan. Bu kurashlarda Rossiya g‘olib chiqib, XIX asr-
ning ikkinchi yarmida hududda o‘z hukmronligini to‘liq o‘rnatadi.
Inqilobda so‘ng (1917) Shimoliy Kavkazda sovet hokimiyati
boshchiligida avtonom respublikalar tizimi yaratilib, u hozirga qadar
davom etib kelmoqda. Ikkinchi jahon urushi yillari chechen, ingush,
kabardin, bolqor va boshqa xalqlar deportatsiya qilinib, o‘z vatanla-
riga XX asming 50-yillari oxirida qaytadilar, xolos. Bu xalqlar mu-
rakkab sharoitlarda ham o‘z tillari, dini, milliy madaniyatlarini asray
bildilar.
Dostları ilə paylaş: