mamlakatda industrializatsiya sodir etildi. Uning bosh maqsadi ishlab
chiqarishni yuksaltirish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini
oshirish, bozor iqtisodiyoti mexanizmlarini joriy etish, xorijiy kapi-
talni kirituvchilar bilan aloqalarni yuksaltirish, yangi texnologiyalar-
ni kiritish bo‘ldi. Hindistonning yirik savdo hamkorlari AQSH, Ya-
poniya, Yevropa hamjamiyati hisoblanadi. Xorijga eksportning asosiy
mahsulotlari to‘qimachilik, kompyuterlar uchun dasturiy ta’minot,
farmatsevtika mahsulotlari va hokazolardir.
Hindiston 1974-yili birinchi, 1998-yili ikkinchi yadro sinovini
o‘tkazdi. Yadro quwati mamlakatga elektr quvvatini bermoqda. Ushbu
hududda Pokiston ham yadro quroliga ega. Bu ikki mamlakat orasida
uzoq davrlardan buyon Kashmir masalasida mojaro davom etmoqda.
Industrlashtirish yirik millatlarning shakllanishi borasidagi jara-
yonlarni tezlashtirdi. Bunga javoban mamlakat ma’muriy bo’linishini
qaytadan ko‘rib chiqish talab etildi. Ilgarigi o‘ta mayda bo‘linish
(mustamlaka paytida Hindistonda 600 dan ortiq knyazliklar bo‘lgan),
may don, aholisi orasidagi keskin tafovutli ma’muriy birliklar, lingvis-
tik tizim asosidagi hind etnoslari joylashishiga nisbatan mos keladi -
gan shtatlarga almashtirildi. Ularni barpo etishda mahalliy yetakchi-
lar, yirik milliy partiyalar katta rol o‘ynadilar. Ular qatorida Assam
Xalq Kengashi, Kerala Kongressi, Jamnu va Kashmir milliy konfe
deratsiyasi va hokazolar bor. Hozirgi kunda shtat tili asosidagi: «ben-
gallik», «assamlik», «gujarotlik» tushunchalari tarqalib bormoqda.
Dostları ilə paylaş: