Turkiston maktablarining tashkil etilishida



Yüklə 261,88 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix09.06.2023
ölçüsü261,88 Kb.
#127340
1   2   3   4   5
TURKISTON MAKTABLARIda xotin qizlar

Таълим ва инновацион тадқиқотлар (2022 йил № 6)
ISSN 2181-1709 (P)
224
Education and innovative research 2022 y. №6
harakati, bir tomondan, ularning Chor Rossiyasi hukmronligiga qarshiligi, ikkinchi 
tomondan, Usmonlilar imperiyasidagi islohotchilik harakatlari bilan tanishish bilan 
bogʻliq edi. Lekin jadidchilik harakati dastlab Volgaboʻyi, O`ralboʻyi (Qozon, Ufa), 
Qrim va Ozarbayjonda boshlanib, keyinchalik dasht viloyatlari va Turkiston, Buxoro 
amirligi va Xiva xonligi hududlariga tarqaldi. Jadichilik harakati matbuot va maorif 
orqali rivojlandi. Matbuot ta’siri nuqtai nazaridan, 1883-1918 yillarda Qrim tatar va 
rus tillarida ikki tilda nashr etilgan “Tercüman/Perevodchik” (Tarjumon) gazetasi 
sovet davrigacha Turkistonda mahalliy matbuotning rivojlanishida eng muhim rol 
o’ynadi. Qrim tatar ma’rifatparvari Ismoil Gaspirinskiy ham 1906 yilda birinchi 
ayollar jurnali “Alem-i Nisvan” (Ayollar dunyosi)ni tashkil qiladi va qizi Shefika 
Xonimni unga muharrir etib belgilaydi.
Rus maktablari bilan allaqachon tanish boʻlgan tatar ma’rifatparvarlari 
taʼlim sohasida oʻz ona tillarida “Yangi usul” (Usul-i jadid) maktablarini tashkil 
qilmoqchi boʻldilar va shu asnoda ularni “Usul-i Kadim” maktablaridan farqli 
tomonlarini ko`rsatib berdilar. Ogʻir diniy taʼlim ostidagi anʼanaviy musulmon 
maktablari oʻrniga Bog’chasaroy, Qrim, Qozon, Boku, Toshkent, Xiva, Samarqand 
va Buxoroda zamonaviy taʼlimga ega “Yangi usul” jadid maktablarining tez 
tarqalishida Ismoil Gaspirinskiyning taʼsiri juda katta boʻldi. Rasmiy manbalarga 
ko`ra 1898-1908 yillarda Chor Rossiyasi Turkiston general-gubernatorligida 102 ta 
yangi usuldagi boshlangʻich maktab va ikkita yangi usuldagi oʻrta maktab, Buxoro 
amirligida oltita, Xiva xonligida oltita “yangi usul” boshlangʻich maktablari bor edi. 
Buxoro ma’rifatparvar ziyolilari va tadbirkorlari “Yangi usul” maktablarini qoʻllab-
quvvatlash maqsadida 1909 yil mart oyida “Shirkat-i Buxoro-i Sharif” (“Asl Buxoro 
shirkati”) shirkatiga asos solib, oʻzini savdo shirkati sifatida koʻrsatsa-da, aslida 
siyosiy tashkilot edi [2]. Bu shirkat “Yangi usul” jadid maktablarini yashirincha 
darsliklar va boshqa jihozlar bilan ta’minlab turdi [3].
Chor Rossiyasi hukumati jadid ma’rifatparvar va ziyolilarining “Yangi usul” 
maktablarida zamonaviy ta’limni kengaytirishga intilishlarida og‘ir qiyinchiliklar 
va shafqatsiz munosabatda bo‘lishdi. Buxoro amirligidagi feodal hukmdorlari ham 
bu harakatni qo’llab quvvatlamadilar. Aksincha Chor ma’murlari va Buxoro amirligi 
mulozimlari jadid ziyolilariga qarshi bo`lgan aksariyat konservativ musulmon 
ruhoniylarini qo‘llab-quvvatladilar [4].
Amerikalik tarixchi Edward Olsworsning bildirishicha, Buxoro va Turkistonda 
jadid ziyolilari tomonidan ochilgan “Yangi usul” (zamonaviy) maktablari Chor 
Rossiyasi hukumatining o`lkadagi vakillari va musulmon qadimchilarining hukmron 
doira egalarini qo’rqitadi. 1910/11 o‘quv yilida Turkistondagi chor hukumati 50 dan 
ortiq “Yangi usul” maktablarini asossiz yopishlaridan ham mustamlakachilarning 
tashvishini yaqqol ko‘rish mumkin.
Buxoro amiri 1913/14 oʻquv yilida amirlikda maʼlum boʻlgan barcha “Yangi 
usul” maktablarini yopdiradi [5]. Ushbu bosimlarga qaramay, amirlikda “Yangi usul” 
ta’limiga qiziqish kuchli bo’lib qoldi. Buxoro amirligidagi yetakchi jadidchilardan 
biri Usmon Xo‘ja Po’latxo’jayev (1878–1968) Istanbulga ketayotib, 1909 yilda 
Bog’chasaroyda bo‘lib, Ismoil Gaspirinskiy bilan uchrashadi. Usmon Xo‘ja 
Po’latxo’jayev u bilan birga jadid maktablarining muhim uslubiyatini o‘rgangach, 
Istanbulga boradi va u yerda zamonaviy turk maktabi tizimini o‘rganadi. Ayni 
paytda u Abdurrauf Fitrat (1886–1938) kabi buxorolik hamkasblari bilan 1909 yil 
26 oktabrda “Buxoro maorifini tarqatish” xayriya jamiyatini tuzdi. Tashkilotning 
maqsadi Turkistonning (Markaziy Osiyo) boshqa hududlari, Buxoro amirligidan 
talabalarni Istanbul maktablarida oʻqishni davom ettirish uchun olib kelish edi.
Ikki yildan so‘ng Buxoroga qaytib kelgan Usmon Xo‘ja darrov o‘z uyida 
jadid maktabi ochadi va avvalo qarindoshlarining farzandlariga, keyinroq boshqa 
odamlar farzandlariga xizmat qila boshlaydi. Usmon Xo‘ja va boshqa “Yosh 
buxorolik” inqilobiy guruh a’zolari amirlik tuzumini ag‘darib, Buxoro demokratik 



Yüklə 261,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin