143
Qurolning nomer va markirovka belgilari o‘yib yozilgani va ular
ma’lum bir chuqurlikka ega bo‘lgani uchun, biz quyidagi juda oson
usulni taklif qilmoqchimiz. Odatda, jinoyatchilar quroldagi nomerlar,
yozuvlar va markirovka belgilarini o‘chirganida, belgilarni ustidan urib,
egovlab, charxlab yuboradilar. Lekin belgilar va yozuvlarning butun
chuqurligi bo‘yicha urib yoki o‘chirib yuborishga muvaffaq bo‘la
olmaydilar. Shuning uchun ana shu urilgan, egovlangan va charxlab
o‘chirilgan harflarning ustidagi qatlam oddiy qum qog‘oz yordamida olib
tashlansa, yozuvlarning mexanik yoki kimyoviy ta’sirga uchramagan
qismi ko‘rinishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: