79
alohida tarkibiy qismlari (otilgan o‘q va gilza) jangovar o‘q-dori
hisoblanmaydi.
O‘qotar qurollarning patronlari turli asoslarga ko‘ra tasniflanadi:
1. Tuzilishiga ko‘ra: unitar (gilza yordamida o‘q, porox zaradi va
yondiruvchi–kapsyul birlashtirilgan patronlar); nounitar (snaryad
gilzadan alohida); gilzasiz.
2. Yondiruvchi tarkibining joylashishiga ko‘ra: markaziy
yondiruvchi; halqali yondiruvchi; yonbosh yondiruvchi.
3. Foydalaniladigan qurolning mo‘ljallangan maqsadiga ko‘ra:
jangovar qurollar uchun; jangovar; bo‘sh; o‘quv-mashq; sport-mashq;
namuna (yuqori bosimli); ov qurollari uchun; sport qurollari uchun.
4. Qurol turiga ko‘ra: to‘pponchalar uchun; revolverlar uchun; oraliq
(avtomatlar uchun); vintovkalar uchun; miltiqlar uchun.
5. Foydalaniladigan qurollarga nisbatan:
⎯
shtatli patronlar; o‘rinbosar patronlar.
6. Kalibriga ko‘ra: kichik kalibrli (6,5
mm
gacha); o‘rta kalibrli (6,5–
9
mmgacha
); yirik kalibrli (9–14,5
mmgacha
).
7. Foydalanilgan qurolning stvol kanalining turiga ko‘ra: narezli
qurollar uchun; silliq stvolli qurollar uchun.
8. Tayyorlanish usuliga ko‘ra: zavodda yasalgan; qo‘lbola usulda
yasalgan; o‘zgartirilgan.
Dostları ilə paylaş: