Turabbayev X. A., Xusanov A. D. Ballistik ekspertiza: Darslik



Yüklə 39,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/194
tarix16.12.2023
ölçüsü39,61 Mb.
#181176
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   194
Ballistik ekspertiza. Xasanov Sh.X., Turabbayev X.A., Xusanov A.D. ... (1)

 
 
 
I BO‘LIM
 
1-BOB.
 QUROLLAR EVOLUTSIYASI VA SUD-BALLISTIK 
EKSPERTIZASINING RIVOJLANISH TARIXI 
So‘nggi o‘n yil ichida jamiyat «qurollangan» jinoyatchilikning 
nihoyatda rivojlanganligi va o‘sib ketganligini his etmoqda. Dunyoning 
rivojlangan va endi taraqqiy etayotgan mamlakatlarida ushbu «qurolli 
jinoyatchilik»ning «portlashi» 1997-yillarga to‘g‘ri keladi. Misol 
tariqasida Rossiya Federatsiyasini oladigan bo‘lsak, bu yerda aynan 
1997-yilda 39 mingdan ko‘proq qurol ishlatish bilan sodir etilgan jinoyat 
ro‘yxatga olingan. AQSHda shu yil aynan noqonuniy qurol saqlash, olib 
yurish va o‘zlashtirish, olib-sotish uchun jazoga tortilganlar soni 23 
mingdan ortib ketgan. 
Yuqoridagi fikrlarning aksi o‘laroq O‘zbekistonda «qurollangan» 
jinoyatchilik dinamikasida pasayish kuzatiladi. Lekin ta’kidlash joizki, 
o‘qotar qurol ishlatib sodir etilgan jinoyatlar miqdori ancha kamaygan 
bo‘lsa ham, dunyoning barcha joylarida bo‘lganidek, bizning 
mamlakatimizda ham portlovchi modda va portlatish qurilmalari 
vositasida terrorchilik aktlari sodir etildi. 
Ayniqsa, so‘nggi yillarda nafaqat O‘zbekiston Respublikasi, balki, 
butun dunyo mamlakatlarida portlovchi moddalar va portlatish qurilmasi 
ishlatish bilan bog‘liq jinoyatlar soni tobora ortib bormoqda. Juda 
ko‘plab miqdordagi portlovchi materiallarning qonunga xilof ravishda 
o‘zlashtirish, saqlash, sotib olish, olish va tayyorlash oqibatida jamiyat 
muvozanatini buzadigan, odamlarga salbiy axloqiy – ruhiy ta’sir 
ko‘rsatadigan jinoiy portlash faktlari ortib bormoqda. Vujudga kelgan 
kriminogen vaziyat huquqni muhofaza qilish organlariga ushbu turdagi 
jinoyatlarning oldini olish va ochish uchun yanada ko‘proq kuch va 
vositalarni jalb etishni talab etmoqda. XX asr 90-yillarining boshlariga 
nisbatan, hozirgi kunda jinoiy maqsadlar uchun portlatish qurilmasi, 
ayniqsa jangovar o‘q-dorilarning xilma-xil turlari ishlatilmoqda.
Butun dunyoda yuz berayotgan «qurollangan» jinoyatchilik bo‘yicha 
ma’lumotlarga murojaat etilsa, jinoyatchilar tomonidan o‘qotar qurollar, 
jangovar o‘q-dorilar va turli otuvchi qurilmalarning kundan-kunga 
yangidan-yangi turlari ishlatilayotgani ma’lum bo‘ladi. Hozir 



qurollarning turlari shu qadar ko‘pki, ularning ma’lum asoslarga ko‘ra 
guruhlarga ajratish, bu qurollar haqidagi ma’lumotlarni tasniflanish 
tizimini yaratish juda katta muammolarni keltirib chiqaradi. 
Albatta, jinoyatchilikning bu qadar rivojlanib ketishi, qurollar va 
boshqa otuvchi qurilmalar turlarining ko‘pligi, uning yanada yangi 
turlarining ishlab chiqarilayotgani jahon kriminalistlarining e’tiboridan 
chetda qolayotgani yo‘q. Jinoyatchilik dinamikasiga nisbatan tegishli 
chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.
Ushbu sohada nazariy muammolarni hal etish bilan qurollangan 
jinoyatchilikka qarshi kurash borasida nazariyotchi olimlar ham o‘z 
hissalarini qo‘shmoqdalar. Hozirgi kunda zamonaviy kriminalistikaning 
rivojlanishida alohida turdagi qurollarning barcha turlariga (o‘qotar 
qurollar, sovuq qurollar, gaz qurollari, pnevmatik qurollar va shu kabilar) 
oid turli yo‘nalishlarni birlashtirish va yagona nazariya sifatida o‘rganish 
an’anaga aylanib bormoqda. Tabiiyki, bu kabi an’analar olimlarning 
e’tiboriga molik bo‘lgan yangilik hisoblanadi. Bu kabi o‘zgarishlarga 
bo‘lgan e’tiborni xususiy kriminalistik metodikalar ishlab chiqish emas, 
balki umumiy, integrativ xususiyatga ega bo‘lgan ilmiy izlanishlarga 
bo‘lgan e’tiborning kuchayganidan sezish mumkin. Ushbu o‘zgarishdan 
maqsad kriminalistikada qurollarni o‘rganishga bo‘lgan yondashuvning 
yagona, umumiy metodik jihatlarini ishlab chiqishdir.

Yüklə 39,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin