52
O‘qotar qurollarning barcha turlari uchun qurolning stvoli asosiy
mexanizm bo‘lib hisoblanadi. Stvolda qattiq yoqilg‘i (portlovchi modda,
masalan, porox) yonish natijasida gazga aylanadi, bu gazning ortib
boruvchi bosimi stvolda joylashgan patroning snaryadi (o‘qi)ga kiruvchi
harakat beradi. Jangovar zaradni tashkil etuvchi portlovchi moddaning
yonish usuliga qarab, qurol yondiruvchi moslama bilan ta’minlanadi va
bu moslama stvol bilan birgalikda umumiy ushlagichga — ramka yoki
lojaga mahkamlanadi. Stvolning xarakteristikalari, yondirish
moslamalari va asos yoki lojaning, shuningdek, boshqa moslama va
qurilmalarning tuzilishiga qarab, o‘qotar qurollar va ularning tarkibiy
qismlarining turlari guruhlarga ajratiladi. O‘qotar qurollarning turlari
uchun barcha qismlarning mavjud bo‘lishi shart emas va shu bilan birga,
bir necha xil o‘qotar qurollarda bir nom bilan ataluvchi tarkibiy qismlar
mavjud bo‘lishi mumkin.
Stvol
— o‘qotar qurolning o‘qqa kerakli boshlang‘ich tezlikdagi
harakatni beruvchi va bu harakatning yo‘nalishini aniqlaydigan hamda
jangovar zaradning yonishi uchun gaz kamerasi vazifasini o‘taydigan
asosiy qismidir. Stvol — mustahkam metalldan silindrsimon qilib
yasalgan to‘g‘ri, slindrsimon–pog‘onali silliq yoki narezli kanalli
quvurdir. Qurol stvoli devorlarida vintsimon shakldagi narezlari bo‘ lgan
— narezli, devorlari silliq bo‘ lgan — silliq stvolli hamda devorlari ham
narezli ham silliq bo‘ lgan murakkablashtirilgan («paradoks») stvolli
turlarga bo‘linadi. Silliq devorli stvolda patrondon va stvol kanali,
narezli stvolda esa (revolverlardan tashqari) patron kirish joyi,
patrondon, o‘q kirish joyi, narezli kanal hamda stvolni mahkamlovchi
qismlardan iborat bo‘ladi.
6–rasm.
Dostları ilə paylaş: