391
To‘siqdagi o‘q otilishi izlarini aniqlash usullari.
O‘q otilishidan
hosil bo‘lgan jarohatlarni tadqiq qilishda, birinchi navbatda, ushbu
jarohat haqiqatan ham o‘q otilishidan va o‘q tegishidan vujudga
kelganini aniqlab olish zarur bo‘ladi. Jarohatning o‘q tegishidan hosil
bo‘lganligi haqidagi savol yoki vazifalar o‘q otilishi turli omillarining
shikast yetkazuvchi ta’siriga xos bo‘lgan morfologik alomatlarning
yig‘indisiga ko‘ra hal etiladi, bu alomatlar sirasiga quyidagilar kiradi:
«mato minusi»ning mavjudligi, jarohat kanalda snaryadning mavjudligi,
ishqalanish halqasining mavjudligi va yaqindan o‘q otilishi izlarining
mavjudligi.
Yaqin masofadan o‘q otilishi izlarini va ishqalanish halqasini
aniqlash uchun ko‘plab metodlar mavjud. Shulardan ayrimlarini ko‘rib
chiqamiz.
Dostları ilə paylaş: