Tuproq sanitar gigenik ahamiyati


Chirindining ekologik roli



Yüklə 46,49 Kb.
səhifə6/8
tarix25.12.2023
ölçüsü46,49 Kb.
#193719
1   2   3   4   5   6   7   8
Tuproqning fizik mexanik xossalari

2.2. Chirindining ekologik roli.
Mineral ozuqa elementlarining asosiylari azot, fosfor, kaliydan bo’z voha tuproqlari xuddi boshqa tuproqlar singari eng ko’p azotga muhtojdir. Hozirgi vaqtda g’o’za ekilayotgan sug’oriladigan tuproqlarning 1 gektariga 200-250 kg, ba‘zi joylarda undan ham ortiqroq azot o’g’iti ishlatiladi. Tuproqshunoslik va agroximiya instituti xodimlari (Hojiev, Risqieva) ning ma‘lumotlariga ko’ra eng yaxshi sharoitda, yerga solingan o’g’itning 40 % ga yaqinigina o’simliklar tomonidan olinadi. qolgan qismi esa tuproqni yer osti suvlarini ifloslantiradi, o’simliklarning ba‘zi bir a‘zolarida to’planib, bu o’simliklar iste‘mol qilganda, odam va hayvonlarni zaharlaydi.
Fosfor va kaliyning umumiy miqdori bo’z voha tuproqlarida yetarli darajadan yuqori. Lekin fosfor birikmalarining kam eruvchanligi tufayli, fosforning tabiiy birikmalari hisobiga o’simliklar fosfor bilan ta‘minlana olmaydilar. Fosforli o’g’itlar o’ta taqchil bo’lgan paytda tuproqdagi fosfor zahiralarini mobilizatsiya qilish masalasi keskin tus oladi.
Hozirgi vaqtda belgilangan fosforli o’g’itlarni solish me‘yori, bizning fikrimizcha, o’simlik talabiga qarab emas, balki tuproqdagi harakatchan fosfor miqdorini o’rtachadan yuqori holatga yetkazish uchun belgilanganga o’xshaydi. Toshkent va Samarqand vohalarida olib borilgan tekshirishlar shuni ko’rsatdiki, harakatchan fosfor bilan o’rtacha, hatto kam ta‘minlangan tuproqlar gektariga 150 kg dan fosfor o’g’iti solinganda paxtadan 30 ts hosil olishni ta‘minlaydilar. Bu hol paxta o’simligi fosforli o’g’itning 15-20 % ni o’zlashtirishi bilan bog’liq. Kaliyning tabiiy zahiralari va birikmalarining suvda yetarli eruvchanligi Respublika tuproqlarini bu element bilan yetarli ta‘minlangan deyishga asos beradi. Lekin olib borilgan tadqiqot ishlari (Madraimov, Tolstova va boshqalar) shuni ko’rsatdiki, paxtachilik singari qishloq xo’jaligini intensiv tarmog’ida o’simliklar rivojlanishining bir vaqtda kaliy elementi bilan oziqlanishiga ehtiyoj sezar ekanlar. Bundan tashqari kaliy yetarli bo’lmaganda, g’o’zaning viltga va boshqa kasalliklarga chalinishi ko’chayadi, shuningdek, uning ba‘zi bir texnologik ko’rsatkichlari ham yomonlashadi. Shuning uchun hozirgi vaqtda, potentsial jihatdan kaliyga boy bo’lgan bo’z voha va o’tloqi voha tuproqlarida ham kaliyli o’g’itlarni qo’llash zarurligi aniqdir. Shuningdek kaliy ning azot va fosforni o’simliklar tomonidan yaxshi o’zlashtrishga qo’laylik yaratishini ham esdan chiqarmaslik kerak.
Sug’oriladigan tuproqlar unumdorligida tuproq fizikaviy xususiyatlarining ahamiyati kattadir. Tuproqning optimal zichligida o’simliklarning mineralizatsiyasi uchun qo’lay sharoit yaratiladi. Havo almashinib turadigan tuproqlarda foydali aerob mikroflora (azotbakter va ning rivojlanish sharoiti yaxshilanadi va viltni vujudga keltiruvchi zamburug’lar va boshqa kasalliklarni to’g’diruvchi mikroorganizmlarning potogen ta‘siri kamayadi.
Tuproq zichligi ko’rsatgichiga ma‘lum darajada ko’proq fizik holatini ko’rsatib beradi. Agar biz chirindini butun tuproq sistemasini “uyushtiruvchi” sifatida qabul qilsak, tuproq zichligi esa, butun tuproq massasining umumiy fizik holatini belgilab beradi.
Sug’orish jarayoni odatda, tuproq zichligining ayniqsa haydalma qatlam ostida, lyossivat, ya‘ni loy moddalarining tuproq profili past qismlariga aralashib o’tishi bilan bog’langan. Bundan tashqari, sug’orish ta‘sirida nam va ko’p qishloq xo’jaligi qurollarining mexanik bosimi kuchli iz qoldiradi. Tuproq ularning og’irligi ostida qattiq gipslashganday bo’ladi, shuningdek, sug’orish jarayonida tuproq massasining dezagregatsiya yuzaga keladi. Shu munosabat bilan tuproqlarning zichligi optimal darajada bir muncha yuqori bo’lib 1,2-1,3 g-sm3 o’rniga 1,4-1,5 g-sm3 atrofidadir.
Tuproqlarning fizik holati ularning zichligi, dehqonchilik tarmog’i, komponentlarini to’g’ri qo’llaganda, ma‘lum darajada boshqariladigan ko’rsatkichlarga kiradi. Bunday tuproqlarga ishlov berish vaqtini tanlash va muayyan namlikda ishlovni o’tkazish asosiy rol o’ynaydi. Hozirgacha butunlay hamma yerda kuzgi shudgor qilishning bahorgi haydashdan afzalroq ekanligini ilmiy jihatdan oxirigacha asoslanib berilmagan. Bizning fikrimizcha, bu umumiy shablon usulda emas, balki har bir joyning mahalliy sharoitini iqlim va tuproq xususiyatlarini hisobga olgan holda hal etilishi lozim.
Bo’z voha tuproqlarining zichligi Toshkent viloyati, Bo’ka tumani “Achamayli” jamoa xo’jaligida o’tkazilgan tekshirishlarimizni ko’rsatishicha, sug’orish va ishlov berish jarayonida kuchli o’zgarishga uchraydi. Paxta ekilgandan so’ng haydalma qatlamning yuqori (0-10 sm) qismidagina 1,20-1,25 g-sm3 ko’p bo’lib, shu qatlamning pastki qismida esa, 1,3 – 1,4 g-sm3 ga yetadi. Bu hol shuni ko’rsatadiki, ishlov berish o’z-o’zidan xususan u tuproqlarga ishlov berish vaqti yetilmagan bo’lsa tuproqlarning optimal zichligini ta‘minlay olmaydi. Shuni qayd etish kerakki, bo’z voha tuproqlarining zichligi, ishlov berilganda namlik ko’p bo’lgan yillarda, qo’riq yillardagiga nisbatan yuqori bo’ladi: M.U.Umarov va J.Ikromov (1984 y) tuproq zichligining 1,4g-sm3 miqdori paxta normal rivojlanishi uchun yuqori chegara deb hisoblaydilar. Tuproq namligi eng muhim fizik ko’rsatkichlardan biri bo’lib, lalmikor dehqonchilikda hosil bilan to’g’ridan-to’g’ri bog’liqdir. Sug’oriladigan dehqonchilik sharoitida esa, namlik hosil oshirishni ta‘minlaydigan muayyan darajada bo’ladi. Hozirgi vaqtda ko’pchilik namlik difitsiti emas, balki ko’p sug’orish natijasida namlikning ortiqchaligi bilan kurashishga to’g’ri keladi. Suvning jumhuriyatmizda umumiy yetishmasligi sharoitida ko’p joylarda sug’orish me‘yorlariga amal qilinmaydi. g’o’za maydonlariga ortiqcha suv qo’yiladi. Sug’orish o’rtasidagi davr uzaytirilib yuboriladi, hayratlanadigan vaziyat yuzaga keladi. Bir tomondan juda ko’p suv sarflansa, ikkinchi tomondan o’simlik ehtiyoj sezadi. Bundan tashqari ortiqcha suv chirindi va boshqa ozuqa elementlari bilan yanada kambag’allashtiradi. Jumhuriyatda umumiy ekologik holatni yomonlashuviga olib keladi.
Tuproq unumdorligini belgilovchi omillar orasida sezilarli darajadagi o’rinni bioekologik omillar egallaydi. Bu omillarga faqatgina o’tkazilayotgan keyingi ilmiy tadqiqot ishlarida diqqat qilina boshlandi. Chunki bo’z voha tuproqlarida yuqori texnika va kimyoviy bosimlar ta‘sirida, mineral o’g’itlar sug’orish suvlarining yetarligiga qaramasdan hosildorliknimng kamayishi sezilib qoldi. Tuproqlar mikrobiologik faoliyatining xarakterida ham kuchli o’zgarishlar yuzaga keldi. Azotni fiksatsiya qiladigan va boshqa foydali mikroorganizmlarning umumiy miqdori kamayib, aksincha, denitrifikator, oligonitrofil, aktinomitset va shuningdek kasallik to’g’diruvchi vilt zamburug’larining miqdori oshib ketdi. Hatto tuproqda ko’zga ko’rinadigan yomg’ir chuvalchanglari ham kamaydi. Bu esa tuproq faunasi yomon tomonga o’zgarganligidan dalolatdir. Yaxshi madaniylashgan tuproqlarda ham, ularning soni juda kam, ehtimol bu hol yuqori me‘yorda mineral o’g’itlar va zaharli moddalarni solish bilan bog’liq bo’lsa kerak. Xususan bu hol, Toshkent vohasi tuproqlarida qayd qilingan Samarqand viloyatining bo’z voha, ayniqsa, o’tloq voha tuproqlarida yomg’ir chuvalchanglari bir oz kamroq bo’lsa-da uchrab turadi.
Ekologik sharoitga salbiy ta‘sir ko’rsatuvchi omillardan biri, yuqorida qayd qilinganidek, tuproq zichligidir. Tuproqning ekologik muhit sharoitini pestitsid, gerbitsid kabi har xil moddalar qoldiqlari, sezilarli darajada yomonlashtiradi. Bu qoldiqlarning faqatgina, zaharligi emas, balki ularni qo’llash texnologiyasining buzilishi ham, atrof - muhitni yomonlashuviga, ko’p kishilarning zaharlanishiga olib keladi.
Meneevning fikricha (1988 yil), tuproq unga solingan o’g’itning kompleks ta‘siriga uchraydi. Bu o’g’itlar tuproqqa qo’yidagicha tia‘sir ko’rsatishi mumkin:
1. Muhitning kislotaligi yoki ishqoriyligini o’zgartiradi.
2. Tuproqning agrokimyoviy va fizikaviy xususiyatlarini yaxshilaydi yoki yomonlashtiradi.
3. Singdirilgan ionlarning almashtiruviga va ularning tuproq eritmasiga o’tishiga sabab bo’ladi.
4. Kationlar (biogen va zaharli element) larning kimyoviy singdirilishiga yordam berishi yoki to’sqinlik qilishi mumkin.
5. Chirindining mineralizatsiya yoki sintezini ta‘minlashi mumkin.
6. Boshqa o’g’itlar va ozuqa elementlarining tuproqqa ta‘sirini kamaytirishi yoki ko’chaytirishi mumkin.
7. Ozuqa elementlarining harakatchanligini oshirish yoki kamaytirishi mumkin.
8. Ozuqa elementlarining ontogizmi yoki sinergizmiga sabab bo’ladi va shu orqali ularning o’simliklar tomonidan singdirilishiga va metabolizmiga ta‘sir qiladi.
Bu yerda keltirilgan ta‘sirlardan tashqari hollar ham uchrashi mumkin. Sug’oriladigan tuproqlarda yuqori ko’pincha haddan tashqari mineral o’g’itlarning sezilarli qismi sug’orish suvlari bilan tuproqlarning past qismiga o’tadi va u yerda to’planib boradi. Shuningdek ular yer osti suvlariga ham o’tadi. Natijada ular azot, R va ularga yo’ldosh bo’lgan elementlar bilan ifloslanadi. Bu esa o’z navbatida biokompleksning umumiy ekologik holatini yomonlashtiradi.
Tuproq unumdorligi genetik-geografik sharoitlari ya‘ni tuproq tiplarini hosil qiluvchi omillar, ona jins xarakteri, tuproq paydo bo’lgan rayonning muhiti va undan qishloq xo’jaligidan foydalanish usullarini aniqlovchi belgilar bilan mustahkam bog’liq. Bo’z tuproqlar va ularning yo’ldoshlari o’tloqi-bo’z, o’tloqi va boshqa tuproqlar issiqlik manbalriga boy subtropik zonada tarqalgan. Bu hol ulardan qishloq xo’jaligida keng foydalanish imkonini beradi. Yuqorida eslatib o’tganimizdek, ulardan umumiy foydalanish faqatgina sun‘iy sug’orish natijasidagina mumkin. Sug’orishning roli bu yerda shu qadar kattaki, u tuproqlarni tubdan o’zgartirib, yangi antropogen landshaftlar hosil qiladi.
Bo’z voha tuproqlari ko’pincha, tog’ osti tekislikliklarida tarqalgan. Bu yerlar odatda, ularni kesib o’tgan daryolar va ko’p sonli soylar hisobiga yaxshi dreplashtirilshgan. Bizning tadqiqot ishlarimiz Tyanshan tog’ tizmalarining g’arbiy etaklaridagi tekisliklar Zarafshon va Turkiston tog’ tizmalari yon bag’irlarining past qismlarini kompleks tuproqlarida o’tkaziladi. Joylarning sezilarli qiyaligi va yaxshi dreplashtirilganligi tuproqlarning sho’rlanishidan musaffoligini ta‘minlaydi. Hatto katta me‘yorda sug’oriladigan paytda ham ortiqcha suv asosan, sun‘iy kollektorlarsiz chiqarib tashlanadi. Shunday qilib, bu yerda meliorativ sharoit jihatidan qo’lay tuproq foni vujudga keladi. Bu hol qadim vaqtlardan buyon sug’orish asosida bu yerlarda antropogen tuproqlarning paydo bo’lishiga olib keladi. Xulosa qilib aytganda o’rganilayotgan kelib chiqishi va tarqalishi shuni ko’rsatadiki, bu tuproqlar qo’lay bioiqlim sharoitda rivojlanmoqdalar. Tuproqlarning ishlab chiqarish qobiliyati tuproq unumdorligidan tashqari tuproq sifati bilan bog’liq bo’lmagan bir qator omillar bilan ham bog’liq. Bu omillarning eng asosiylaridan biri agroiqlim omilidir. Agar iqlim sharoiti me‘yoridagidan u yoki bu tomonga farqlansa,o’sha yili hosil ham me‘yor darajasida bo’lmaydi. Bundan tashqari, ekilayotgan o’simlik navlari agrosistemadagi foydali va zararli organizmlarning holati bilan bog’liqdir. Bu komponentlardan hech birini hisobga olmaslik mumkin emas. Masalan, tuproq qanchalik unumdor, undagi biota optimal sharoitda bo’lmasin, agar shu yerning tuproq va iqlim sharoiti uchun mos navi ekilmasa,hosil albatta deyali olinmaydi.
SHunday qilib, yuqorida keltirilgan ma‘lumotlar hamma tilga olingan ko’rsatgich va xususiyatlar unumdorlikning parametri hisoblanadi. Ularni hisobga olish va o’zaro aloqalarini modellar tuzish orqali yuzaga chiqariladi.
4. Tuproq unumdorligini modeli – model tushunchasiga ko’p omillar har xil ma‘no beradilar. Bizning tushunchamizcha, model bu – etalon. Tuproq unumdorligiga tadbiq qiladigan bo’lsak, bu uning muayyan xossalari yig’indisi bo’lib, tuproq unumdorligini saqlab turadigan va oshiradigan, qishloq xo’jalik ekinlaridan doimiy hosil olishni ta‘minlaydigan funktsiyadir. Boshqacha qilib aytganda, qishloq xo’jalik ekinlarining hosilini ta‘minlash, tuproq rejimlarining muayyan kechishi uchun zarur bo’lgan hamma shart – sharoitlar majmuasidir. Hozirgi zamon informatikasida ko’plab modellar turlari bor. Ular o’z navbatida oldiga qo’ygan maqsadlar, o’rganayotgan ob‘ektlar, axborotni qay tariqa tasvirlab berayotganligiga qarab sinflarga bo’linadi.

Yüklə 46,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin