Travmatologiya-ortopediya ta’limda



Yüklə 161.5 Kb.
tarix13.12.2016
ölçüsü161.5 Kb.


O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta

maxsus ta’lim vazirligi

TOShKENT TIBBIYoT AKADEMIYaSI



TRAVMATOLOGIYa-ORTOPEDIYa ta’limda o’qitish texnologiyasi

Tibbiy profilaktika fakulteti uchun


Suyaklar va bo’imlar shikastlarini asosiy davolash tamoyillari. Konservativ davolash usullari.

mavzusidagi № 2
keys - ctadi

toshkent - 2012

I. Keys

PEDAGOGIK ANNOTAЦIYaSI

O’quv predmeti: Travmatologiya-ortopediya

Mavzu: Suyaklar va bo’imlar shikastlarini asosiy davolash tamoyillari. Konservativ davolash usullari.

Keysning asosiy maqsadi:

Talabalarni birinchi tibbiy yordam ko’rmatish, tekshirish usullari, oriqsizlantirish turlari va immobilizasiyaning asosiy prinsiplari bilan tanishtirish. Talabalarga rentgen surati interpretasiyasi, singan sohani mahalliy oriqsizlantirish, singan suyak bo’laklarini konservativ davo usulida asosan skelet tana tortmasida davolash usullarini ko’rsatib berish hamda tahlil qilish, bo’lishi mumkin bo’lgan asoratlarni oldini olish bo’yicha chora – tadbirlarni ishlab chiqish.

.

O’quv faoliyatidan kutiladigan natijalar:


  • suyaklar va bo’imlar shikast turlari.

  • suyaklar va bo’imlar shikastlarini asosiy davolash usullarini yoritib berish.

  • konservativ davolash usullarini ko’rsatibyu berish.

  • ularni tibbiyot amaliyotidagi o’rni va axamiyati bilan tanishtirish.

  • muammoli vazifalarni echishda nazariy bilimlarini qo’llash;

  • muammoni aniqlab, uni hal qilishda echim topish.

Ushbu keysni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun oldindan talabalar quyidagi bilim va ko’nikmalarga ega bo’lmoqlari zarur:

Talaba bilishi kerak:

Lat yeyish, cho’zilish, chiqish, sinish jarohatlari bo’lgan jabrlanuvchilarni klinik usullar bilan tekshirishni bilish. Tashxis qo’yish uchun anatomik ma’lumotlarning o’ziga xosligi. Rentgenodiagnostika. Sinishlar klassifikatsiyasi. Chiqishlar klassifikatsiyasi



Talaba amalga oshirishi kerak:

- mavzuni mustaqil o’rganadi; muammoning mohiyatini aniqlashtiradi; oyalarni ilgari suradi; ma’lumotlarni tanqidiy nuqtai nazardan ko’rib chiqib, mustaqil qaror qabul qilishni o’rganadi; o’z nuqtai nazariga ega bo’lib, mantiqiy xulosa chiqaradi; o’quv ma’lumotlar bilan mustaqil ishlaydi; ma’lumotlarni taqqoslaydi, tahlil qiladi va umumlashtiradi;



Talaba ega bo’lmoi kerak:

  • kommunikativ ko’nikmalarga; taqdimot ko’nikmalariga; hamkorlikdagi ishlar ko’nikmalariga; muammoli holatlar tahlil qilish ko’nikmalariga.

Manbalardan foydalanish uchun tavsiya etiladigan adabiyotlar ro’yxati:

  1. Yumashev G.S. «Travmatologiya i ortopediya» M., «Medistina» 1990. – 575s.

  2. Musalatov X.A. «Travmatologiya i ortopediya» M., «Medistina» 1995. –530s.

  3. Musalatov X., Yumashev G., Silin L. «Travmatologiya va ortopediya» T., «Iqtisod-Moliya» 2007. –530s.

4. WWW.ejbjs.org WWW.jbjs org.uk WWW.traumatic.ru WWW.trauma.bd.ru

Texnologik xususiyatlardan kelib chiqqan holda keysning tavsifnomasi:

Ushbu keysning asosiy manbai kabinetli, lavhali bo’lib, hayotiy vaziyatlar asosida bayon etilgan. Keysning asosiy ob’ekti bemorlarga yo’naltirilgandir. Bu tashkiliy institustional keys bo’lib, ma’lumotlar vaziyatlar va savollar asosida tuzilgan. Hajmi o’rtacha, tizimlashtirilgan bo’lib, treningga mo’ljallangan o’quv mavzu bo’yicha bilim va ko’nikmalar hosil qilishga qaratilgan. Didaktik maqsadlarga ko’ra keys muammolarni taqdim qilishga, ularni hal etishga, tahlil qilish va baholashga qaratilgan.

Ushbu keysdan “Travmatologiya-ortopediya, anezteziologiya-reanimastiya va umumiy jarroxlik” fanlarida foydalanish mumkin.
KEYS: Suyaklar va bo’imlar shikastlarini asosiy davolash tamoyillari. Konservativ davolash usullari.

Kirish. Ortopedo-travmatologik kasallarni tekshirish usullari bir qancha o’ziga xosdir. Tekshirish qat’iy belgilangan usullar klinik, rentgenologik, laborator va asbob uskunalar bilan olib boriladi: bemor shikoyati va anamnezini to’plash, ko’rik, pal’pasiya, bo’imlar harakat hajmini aniqlash, mushak funksiyasi va kuchini aniqlash, o’lchash va h.k. Shunday ketma ketlikda tekshirish tayanch harakat sistemasi jarohatlangan va kasallangan bemorlarga nafaqat to’ri tashxis qo’yish balki shu tashxisni qo’yishda yengillik yaratadi. Shuni ta’kidlash joizki bunda hal qiluvchi tekshirish klinik tekshirishdir. Klinik shifokor har gal ushbu tekshirishlarni qaysi birini qo’llash eng samarali va bu tekshirish tashxis qo’yishda qanday o’rin tutishi haqidagi masalalarni hal etishi kerak. Klinik tekshirishlarni rentgenologik, laborator va asbob uskunalar bilan tekshirish to’ldiradi. Aynan ana shu muammolarni oldini olish yo’llarini ishlab chiqish “Keys stadi”ga asoslanagan o’qitish texnologiyasining asosiy maqsadi hisoblanadi. Ushbu texnologiya amaliy vaziyatlarni hal etish jarayonida o’rganilgan o’quv mavzusi bo’yicha bilimlarni mustahkamlashga, muammolarni tahlil qilish va qirralarni yakka tartibda yoki guruhlarda qabul qilish ko’nikmalarini egallashga, ijodiy va o’rganish qobiliyatlari, mantiqiy fikrlash, nutq va muhit sharoitlariga moslashish qobiliyatlarini rivojlantirishga hamda qarorlarni mustaqil qabul qilishga va o’z-o’zini nazorat qilishga yordam beradi.

Quyidagi keysUASh shifokorlari uchun shikastlangan bemorlarda oddiy ogriksiz tekshirishdarni, birlamchi tibbiy yordamni malakali ko’rsatib berishga, va samarali ravishda ketma-ketlikni bajarishga imkon yaratadi. Ushbu keysni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun mavzu bo’yicha xozirgi zamon davolash tamoyillarini va klinik - instrumental tekshirish usullari haqida bilim va ko’nikmalarga ega bo’lish zarur.

Tavsiya etilgan keysni echish quyidagi natijalarga erishishga imkon yaratadi:



  • o’zlashtirilgan mavzu bo’yicha bilimlarni mustahkamlash;

  • muammoning hamda qabul qilingan echimning individual va guruhiy tahlilida bilim va ko’nikmalarni qayta topshirish;

  • mantiqiy fikrlashni rivojlantirish;

  • mustaqil ravishda qaror qabul qilish ko’nikmalarini egallash;

  • o’quv axborotlarini o’zlashtirish darajasini tekshirib ko’rish.



Uzun suyaklar shikastlarida birlamchi tibbiy yordam

(1-vaziyat)

Bemor 36 yosh. Chap sonda oriq, oyoq kaltalashishiga shikoyat qiladi. Anamnezida avtohalokatda qolgani aniqlandi. Ko’rikda oyoq kaltalashishi va oriqlar aniqlandi.

Bemorda umumiy axvolini shikast va ogirlik darajasini, kon tomirlar shikastlanishi, travmatik shokni, yogli va tromboemboliya profilaktik chora tadbirlar, birlamchi tibbiy yordam boskichlarni ketma – ketligini to’ri tanlash.



Tizza bugiimi shikastida konservativ davolash usullarini tanlash

(2-vaziyat)

Bemor 26 yoshda. Futbol uyin mashkida ung oyogi tshkariga buralagn xolda yikilib, tizza bo’imi Bilan erga urildi. Kurilganda tizza bo’imida shilingan yara bor, atrofida kuchli shish. Faol ravishda ung oyogini kutara olmaydi, passiv xarakatda ogrik kuchayadi. Pereferik tomirlarda puls aniq. Oyok panja barmoklarda xarakat va sezuvchanlik saqlangan.


II.AMALIY VAZIYaTNI BOSQIChMA – BOSQICh TAHLIL QILISh VA HAL ETISh BO’YIChA TALABALARGA USLUBIY KO’RSATMALAR

Talabalarga yo’riqnoma

Ish bosqichlari

Maslahatlar va tavsiyanomalar.

1. Keys va uning axborot ta’minoti bilan tanishish

Avvalo keys bilan tanishing. “Uzun suyaklar shikastlarida birlamchi tibbiy yordam, Tizza bo’imi shikastida konservativ davolash usullarini tanlash” haqida tushuncha hosil qilish uchun bor bo’lgan butun axborotni diqqat bilan o’qib chiqish lozim. O’qish paytida vaziyatni tahlil qilishga shoshilmang

2.Berilgan vaziyat bilan tanishish

Ma’lumotlarni yana bir marotaba diqqat bilan o’qib chiqing. Siz uchun muhim bo’lgan satrlarni belgilang, uni ikki uch marotaba o’qib mazmuniga kirib boramiz. Keysdagi muhim fikrlarni qalam yordamida ostini chizib qo’ying. Vaziyat tavsifida berilgan asosiy tushuncha va iboralarga diqqatingizni jalb qiling. Xozirgi vaqtda Suyaklar va bo’imlar shikastlarini asosiy davolash tamoyillari. Konservativ davolash usullarini sanab o’ting va qaysisi aniqlashtirilishi lozimligini aniqlang

3.Muammoli vaziyatni tahlil qilish

Asosiy muammo va kichik muammolarga diqqatingizni jalb qiling.

Asosiy muammo: Uzun suyaklar shikastlarida bemorlarga ozor bermagan xolda va bo’lishi mumkin bulgan asoratlarni oldini olgan xolda birlamchi tibbiy yordamni tashkil etishdir.

Quyidagi savollarga javob berishga harakat qiling.



  1. Bemor umumiy axvoli va shikastni ogirlik darajasini aniqlash?

  2. Birlamchi tibbiy yordamni nimadan boshlamok zarur?

  3. Yogli va tromboemboliya profilaktisida kanday chora tadbirlar utkaziladi?

Asosiy muammo nimaga qaratilganini aniqlang. Muammoning asosiy mazmunini ajratib oling. Muammoli vaziyatni tahlil qilish – ob’ektning holatini aniqlang, asosiy qirralariga e’tibor qarating, muammoli vaziyatning hamma tomonlarini tahlil qiling. Shikastlangan bemorlarda UASh oldida kanday vazifalar bilan boliq ekanligini ko’rsatib bering

4.Muammoli vaziyatni echish usul va vositalarini tanlash hamda asoslash

Ushbu vaziyatdan chiqib ketish harakatlarni izlab topish maqsadida quyida taqdim etilgan “Muammoli vaziyat” jadvalini to’ldirishga kirishing. Muammoni echish uchun barcha vaziyatlarni ko’rib chiqing, muqobil vaziyatni yarating. Muammoning echimini aniq variantlardan tanlab oling, muammoning aniq echimini toping. Jadvalni to’ldiring. Keys bilan ishlash natijalarini yozma shaklda ilova eting



III. O’QITUVChI TOMONIDAN KEYSNI EChISh VA TAHLIL QILISh VARIANTI
Keysdagi asosiy muammo

Uzun suyaklar shikastlarida bemorlarga ozor bermagan xolda va bo’lishi mumkin bulgan asoratlarni oldini olgan xolda birlamchi tibbiy yordamni tashkil etishdir.



Muammoli vaziyatni echish yo’llari

  1. Keys va uning axborot ta’minoti bilan tanishamiz.

Avvalo keys bilan tanishib chiqamiz. “Uzun suyaklar shikastlarida bemorlarga ozor bermagan xolda va bo’lishi mumkin bulgan asoratlarni oldini olgan xolda birlamchi tibbiy yordamni tashkil etishdir” haqida tushuncha hosil qilish uchun bor bo’lgan butun axborotni diqqat bilan o’qib chiqamiz. Muammoni echish darajasini aniqlaymiz.

Bemor 36 yosh. Chap sonda oriq, oyoq kaltalashishiga shikoyat qiladi. Anamnezida avtohalokatda qolgani aniqlandi. Ko’rikda son soxasida kuchli shish va deformastiya, oyok panjada xarakatlar cheklangan, pereferik tomirlarda puls sust aniqlanadi.

Bemorda umumiy axvolini shikast va ogirlik darajasini, kon tomirlar shikastlanishi, travmatik shokni, yogli va tromboemboliya profilaktik chora tadbirlar, birlamchi tibbiy yordam boskichlarni ketma – ketligini to’ri tanlash.

2. Berilgan vaziyat bilan tanishamiz.

Ma’lumotlarni yana diqqat bilan o’qib chiqib, biz uchun muhim bo’lgan satrlarni tagiga chizib olamiz. Bir abzastdan ikkinchi abzastga o’tishdan oldin, uni ikki uch marotaba o’qib mazmuniga kirib boramiz. Keysdagi muhim fikrlarni qalam yordamida ostini chizib qo’yamiz. Vaziyat tavsifida berilgan asosiy tushuncha va iboralarga diqqatimizni jalb qilamiz:



  • chap sonda ogrik; - oyok kaltaligi;

  • bemor yoshi; - oyok pajalarda xarakat cheklanishi;

  • pereferik tomirlarda puls sustligi;

  • shok xolati;

  • yogli va tromboemboliya;

3. Muammoli vaziyatning tahlili.

Muammoli vaziyatni tahlil qilishga harakat qilamiz. Birlamchi tibbiy yordam berishda kaysi boskichdan boshlamokni aniqlaymiz.

1. Ogriksizlantirish.

2. Maxalliy ogriksizlantirish.

3. Trakstiya.

4. Immobilizastiya.

Mazkur holatda qabul qilinishi mumkin bo’lgan muammoning barcha echimlarini topamiz:



Muammoli vaziyat

Muammoli vaziyatning kelib

chiqish sabablari



Vaziyatdan chiqib

ketish harakatlari



Uzun suyaklar shikastlarida bemorlarga ozor bermagan xolda va bo’lishi mumkin bulgan asoratlarni oldini olgan xolda birlamchi tibbiy yordamni tashkil etishdir.


chap sonda ogrik; oyok kaltaligi; bemor yoshi;

oyok pajalarda xarakat cheklanishi; pereferik tomirlarda puls sustligi; shok xolati; yogli va tromboemboliya;



Ogriksizlantirish.

Maxalliy ogriksizlantirish.

Trakstiya.

Immobilizastiya.






Yakuniy xulosa

Bemorlarda suyaklar va bo’imlar shikastlarinida asosiy davolash tamoyillarini bili shva ularni to’ri tanlash va konservativ davolash usullari shikastlanishlarni turi va tabiatiga boglik xolda to’ri tanlash, bemorlarda bo’lishi mumkin bulgan ikkilamchi asoratlar kon tomirlar shikasti, yogli va tromboemboliya asoratlarini oldini olishga va x.k. imkonini beradi.



4. MUAMMOLI VAZIYaTLARNI HAL ETISh BO’YIChA AMALIY MAShULOTDA O’QITISh TEXNOLOGIYaSI

4.1. Ta’lim texnologiyasining modeli

2 mavzu, 30 min

Ta’lim oluvchilar soni: 10-12 kishidan oshmasligi lozim

Mavzu

Suyaklar va bo’imlar shikastlarini asosiy davolash tamoyillari. Konservativ davolash usullari.


Amaliy mashulot

rejasi

  1. Keys mazmuniga kirish.

  2. Talabalar bilimlarini faollashtirish maqsadida “Blist - so’rov” o’tkazish.

  3. Muammoni va uni echish vazifalarini aniq ifoda etish.

  4. “Keys – stadi”ni guruhlarda echish.

  5. Natijalar taqdimoti va muhokamasini o’tkazish.

  6. Muhokama etilayotgan muammoni “T-sxema” jadvali asosida tahlil etish.

  7. Yakuniy xulosa chiqarish. Erishilgan o’quv natijalariga ko’ra talabalar faoliyatini baholash

Mashulotning maqsadi: Talabalarni birinchi tibbiy yordam, tekshirish usullari, oriqsizlantirish turlari va immobilizasiyaning asosiy prinsiplari bilan tanishtirish. Talabalarga rentgen surati interpretasiyasi, singan sohani mahalliy oriqsizlantirish, skelet tortmasini qo’yish, gips bolamini tayyorlash, langetli va aylanma gips bolamlarini qo’yish ko’nikmalarini o’rgatish.

Pedagogik vazifalar:

O’quv faoliyati natijalari:.

  • keys mazmunini mustaqil o’rganish uchun asos yaratadi;

“Uzun suyaklar shikastlarida bemorlarga ozor bermagan xolda va bo’lishi mumkin bulgan asoratlarni oldini olgan xolda birlamchi tibbiy yordamni tashkil etishdir” muammosiga oid vaziyat bilan tanishtiradi;

  • muammoni ajratib olishga o’rgatadi, taqqoslashga, tahlil qilishga umumlashtirishga ko’mak beradi;

  • muammoni hal etish bo’yicha aniq harakatlar ketma – ketligini tushuntirib beradi;

  • muammoli vazifalarni echishga shart-sharoit yaratadi;

  • mantiqiy xulosa chiqarishga ko’mak beradi

“Uzun suyaklar shikastlarida bemorlarga ozor bermagan xolda va bo’lishi mumkin bulgan asoratlarni oldini olgan xolda birlamchi tibbiy yordamni tashkil etishdir” muammosini echish bo’yicha aniq vaziyatlarning ketma – ketligini aniqlaydi;

  • muammoli vazifalarni echishda nazariy bilimlarini qo’llaydi;

  • muammoni aniqlab, uni hal qilishda echim topadi;

  • yakuniy mantiqiy xulosalar chiqaradi.

O’qitish usullari va texnika

“Keys – stadi”, “Blist-so’rov”, “Muammoli vaziyat” uslubi, “T-sxema”, “Bahs-munozara”

O’qitish vositalari:

Markerlar, qoozlar, doska, bo’r

O’qitish shakllari

Individual va guruhlarda ishlash

O’qitish shart-sharoiti

Texnik vositalar bilan ta’minlangan auditoriya

Monitoring va baholash

Ozaki nazorat, savol-javob, o’z-o’zini nazorat qilish, reyting tizimi asosida baholash


4.2. Amaliy mashulotning texnologik xaritasi

Ish jarayonlari vaqti

Faoliyatning mazmuni

o’qituvchi

talaba

Tayyorlov bosqichi


Mavzuni, vaziyat mazmunini aniqlaydi, informastion ta’minotga tayyorgarlik ko’radi, “keys - stadi”ni rasmiylashtiradi, keysni ko’paytirish muammosini hal etadi. Mustaqil ravishda tayyorgarlik ko’rishni, tavsiya etilgan adabiyotlarni o’qib o’rganishni tavsiya etadi

Tinglaydilar



I - bosqich. Mavzuga kirish

(5 daqiqa)



1.1. O’quv mashuloti mavzusi, maqsadi, vazifalari va o’quv faoliyati natijalarini aytadi, dolzarbligi va ahamiyatiga to’xtalib o’tadi. Ortopedo-travmatologik kasallarni tekshirish usullari bir qancha o’ziga xosdir. Tekshirish qat’iy belgilangan usullar klinik, rentgenologik, laborator va asbob uskunalar bilan olib boriladi: bemor shikoyati va anamnezini to’plash, ko’rik, pal’pasiya, bo’imlar harakat hajmini aniqlash, mushak funksiyasi va kuchini aniqlash, o’lchash va h.k. Shunday ketma ketlikda tekshirish tayanch harakat sistemasi jarohatlangan va kasallangan bemorlarga nafaqat to’ri tashxis qo’yish balki shu tashxisni qo’yishda yengillik yaratadi. Shuni ta’kidlash joizki bunda hal qiluvchi tekshirish klinik tekshirishdir. Klinik shifokor har gal ushbu tekshirishlarni qaysi birini qo’llash eng samarali va bu tekshirish tashxis qo’yishda qanday o’rin tutishi haqidagi masalalarni hal etishi kerak. Klinik tekshirishlarni rentgenologik, laborator va asbob uskunalar bilan tekshirish to’ldiradi.

Tinglaydilar

1.2. Mavzu bo’yicha ta’lim oluvchilar bilimlarini faollashtirish maqsadida blist – so’rov o’tkazadi (1-ilova)

Savollarga javob

Bildiradi



1.3. “Keys - stadi” vazifasi uzun suyaklar shikastlarida bemorlarga ozor bermagan xolda va bo’lishi mumkin bulgan asoratlarni oldini olgan xolda birlamchi tibbiy yordamni tashkil etishdir. Amaliy mashulotning ish tartibi va natijalarni baholash mezonlari bilan tanishtiradi. Keys mazmuni bilan yanada yaqinroq tanishib chiqishlari uchun talabalarga materiallarni tarqatib chiqadi

Tanishadilar

II - bosqich. Asosiy

(20 daqiqa)



2.1. Keysda bor bo’lgan materiallarni muhokama qilishni tashkillashtiradi, diqqatni keys bilan ishlash qoidalariga, muammoni echish algoritmiga va vazifani aniqlashtirishga qaratadi

Muhokama qiladilar

2.2. Mustaqil ravishda uyda yozib kelingan vaziyat tahlilini o’tkazishni taklif qilad

Vaziyatni mustaqil ravishda tahlil qiladilar

2.3. Talabalarni 3 ta kichik guruhlarga ajratadi. Mavzu bo’yicha tayyorlangan topshiriqlarni “Muammoli vaziyat” uslubidan foydalanilgan holda tarqatadi (2-ilova)

Guruhlarga ajraladi, yozib oladilar, topshiriqlar ustida ishlaydilar

2.4. Kichik guruhlarda keys bilan yakka tartibda bajarilgan ishlar natijalarini muhokama qilishni tashkillashtiradi. Guruhlarga topshiriqlarni bajarish uchun yordam beradi, qo’shimcha ma’lumotlardan foydalanishga imkon yaratadi. Diqqatlarini kutiladigan natijaga jalb qiladi

Faol qatnashadilar

2.5. Har bir guruh topshiriqlarni vatman-qoozlarga tushirib, taqdimotini o’tka-zishda yordam beradi, izoh beradi, bilimlarini umumlashtiradi, xulosalarga alohida e’tibor beradi. Topshiriqlarning bajarilishi qay darajada to’ri ekanligini diqqat bilan tinglaydi

Jamoa bo’lib baja-rilgan ishning taq-dimotini o’tkazadilar, baxs-munozara yuritadilar, qo’-shimchalar qiladilar, baholaydilar, xulosa chiqaradilar

2.6. Talabalarning fikrlarini umumlashtirib bo’lgach, o’qituvchi bemorlarda suyaklar va bo’imlar shikastlarinida asosiy davolash tamoyillarini bilish va ularni to’ri tanlash va konservativ davolash usullari shikastlanishlarni turi va tabiatiga boglik xolda to’ri tanlash, bemorlarda bo’lishi mumkin bulgan ikkilamchi asoratlar kon tomirlar shikasti, yogli va tromboemboliya asoratlarini oldini olishga va x.k. imkonini beradi - deb fikrini davom ettiradi. Shu sababli ushbu muammodan kelib chiqqan holda har bir guruhga “T - sxema” jadvalidan foydalanilgan holda “Bemor umumiy axvoli va shikastni ogirlik darajasini aniqlash? Birlamchi tibbiy yordamni nimadan boshlamok zarur? Yogli va tromboemboliya profilaktisida kanday chora tadbirlar utkaziladi?” – deb savol bilan murojaat qiladi (3- ilova)

Tinglaydilar. Guruhlarda berilgan topshiriqni bajaradilar. Taqdimotini o’tkazadilar.

Mavzu bo’yicha yakuniy xulosa chiqaradilar




2.6. Talabalarning taqdimotda ko’rsatilgan fikrlarini umumlashtiradi

Tinglaydilar

III - bosqich.

Yakuniy


(5 daqiqa)

3.1. Ish yakunlarini chiqaradi. Bugungi mavzu dolzarb ekanligiga to’xtalib o’tadi. Bemorlarda suyaklar va bo’imlar shikastlarinida asosiy davolash tamoyillarini bili shva ularni to’ri tanlash va konservativ davolash usullari shikastlanishlarni turi va tabiatiga boglik xolda to’ri tanlash, bemorlarda bo’lishi mumkin bulgan ikkilamchi asoratlar kon tomirlar shikasti, yogli va tromboemboliya asoratlarini oldini olishga va x.k. imkonini beradi. Shu sababli har bir UASh ma’naviy etuklik darajasiga intilishi, olgan bilimlarini amaliyotda tatbiq etishlari lozim ekanligini ta’kidlaydi. Faol talabalarni baholash mezonlari orqali rabatlantiradi

Eshitadi.

Aniqlaydi



3.2. Tavsiya etilgan muammo echimlariga izoh beradi. Yana bir bor “Keys - stadi”ning ahamiyatiga atroflicha to’xtalib o’tadi

Tinglaydilar


1-Ilova

Blist-so’rov savol va javoblari



Savol

Javob

1.

Suyaklar va bo’imlar shikastlarinida asosiy davolash tamoyillarini sanab bering

Konservativ va jarroxlik amaliyotlari.

2.

Konservativ davolash usullarini sanab bering

Immobilazastiya. Funkstional skelet tana tortmasi.

3.

Immobilizastiya turlarini aytib uting.


Transportli va davolovchi

4.

Skelet tana tortma turlarini aytib uting

Oddiy va demferli skelet tana tortmasi

5.

Birlamchi tibbiy yordamni nimadan boshlamok zarur

Bemorni umumiy axvoli va shikastni oogirlik darajasini inobatga olgan xolda


2-Ilova

1 - topshiriq

Muammoli vaziyat” jadvalini to’ldiring



Muammoli vaziyat turi

Muammoli vaziyatning kelib chiqish sabablari

Vaziyatdan chiqib

ketish harakatlari












3-Ilova

2 - topshiriq

T-sxema” jadvalini to’ldiring



Son suyagi singan xolda kanday davolash usullari kullaniladi?

Son soxasi mushaklararo gematomasida kanday davolash usullari kullaniladi?









Каталог: uum2 -> uum-travma -> 03-Amaliy-qism -> YAMS -> 4%20курс%20ТПФ -> 4%20курс%20ТПФ,%20травм,%20узб
4%20курс%20ТПФ,%20травм,%20узб -> O’zbekiston respublikasi o’rta maxsu va oliy ta’lim vazirligi o’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi toshkent tibbiyot akademiyasi «tasdiqlayman»
YAMS -> Keys texnologiya
YAMS -> Toshkent tibbiyot akademiyasi
4%20курс%20ТПФ,%20травм,%20узб -> O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi toshkent tibbiyot akademiyasi «tasdiqlayman»
4%20курс%20ТПФ -> O’zbekiston respublikasi o’rta maxsus va oliy ta’lim vazirligi o’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi toshkent tibbiyot akademiyasi «tasdiqlayman»


Поделитесь с Вашими друзьями:


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2019
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə