Dc — ning kattaligi, g‘ovaklaming kattaligini, molekulaning erkin harakati tufayli bosib o'tgan masofasiga... bo‘lgan nisbatlarga bog‘liq holda aniqlanadi. A<2r bo'lganda, Dc — molekular diffuziyaning koeffitsientidek DC=D aniqlanadi. A>2rbo‘lganda esa Dc=Dk Knudsen formulasi bo‘yicha aniqlanadi: „ 2 I.SRT
(2.11) 3 V тст Bunda, r — g‘ovaklarning radiusi; m — diffuziyalanadigan modda ning molekular massasi. Agar tezlikni ichki diffuziya belgilasa, u vaqtda jarayonni tezlash- tirish uchun katalizator tayyorlanganda uni o‘lchamini kichikroq qilishga va g'ovakligini ko'paytirishga intiladi. Ammo o‘lchami kichraytirilganda katalizatoming harakatsiz qatlamining gidrovlik qarshiligi keskin ortadi. Jumladan, shunga mos holda gazni katalizator bilan aralashtirish uchun energiya sarfi ham ortadi. Shuning uchun ham harakat qilmay turuvchi katalizatorli reaktorlarda, 4—8 mm. li kattalikdagi yirik donali katalizator qo'llaniladi. Natijada kataliz jarayoni ichki diffuzion sohada boradi. Kataliz mexanizmini tushuntirib berish uchun ancha ishlar qilinganligiga qaramay, katalitik aktning tabiati hali to‘liq aniqlangan emas. Shuning uchun ham katalizator tanlash tajriba yo‘li bilan amalga oshiriladi. Shunga qaramay moddaning katalitik xossasi uning ion tuzilishiga, kataliz jarayoni esa elektron yoki ion berish yoxud olishga bog‘liq bo‘ladi, deyish mumkin. 2r>