1 — gorizontal boshoqsimon panjara; 2 — aralashtirgich; 3 - havo yuborish uchun quvircha; 4 — konsentratni chiqarib olish bo‘lmasi; 5 — teshik; 6 — ostona; 7 - oraiiq bo‘lma; A - pulpa kiritiladigan joy; В — havo kiradigan joy; D — konsentrat chiqarib olinadigan joy; E — oraiiq mahsulotlar chiqaradigan joy; F — yirik zarrachalar chiqariladigan joy. o‘lma, gorizontal holda o‘ma- tilgan chambara yordamida ostki aralashtiruvchi va ustki ajratuvchi qismlarga ajratilgan. Ustki ajratuvchi bo‘lmadan konsentrat saqlovchi ko‘pik olinadi. Ostki bo‘limidan esa ruda qoldiqlari chiqarib olinadi. Agar qoldiqlar tarkibida kerakli kom- ponentlar saqlansa, u keyingi flotatsiyalovchi bo‘limga o'tadi va boshqa flotoreagentlar yordamida flotatsiyalanadi. Bo‘lmasa chiqindi sifatida tashlanadi. Konsentrat tindir- gichlarda suvdan ko'pikdan ajratiladi. Filtrdan o‘tkaziladi va quritiladi.
Pnevmatik mashinalarda esa, maydalangan jinslar pulpaga solinadi va gidrofob zarralarni flotatsiyalash xizmatini o‘tovchi havo yordamida aralashadi.
' Termik boyitish.Xomashyoni turlicha suyuqlanuvchanligiga asoslangan. Ashyo qizdirilganda oson suyuqlanuvchi materiallar suyuq holda oqib, qiyin suyuqlanuvchi jinslardan ajraladi. Shunday usul bilan oltingugurtni boshqa jinslardan (asosan qiyin suyuqlanuvchi
ohaktosh, gips va shu kabilardan) suyuqlantirib ajratib oladilar. Bitumlarni anorganik qo‘shimchalardan ajratib olishda ham qo‘llaniladi."
Kimyoviy usullar komponentlarni tashkil etuvchi qismlarning kimyoviy xossalarini har xiliigidan foydalanib xomashyoni boyitishga asoslangan.