167 Harorat yana ham oshirib borilsa, sulfat kislota bug‘lari S03 va H2S ga, so‘ngra esa S03 to S02 va 02 gacha dissotsiallanadi. 400°C dan yuqori haroratda bug£ tarkibida S03 ning miqdori ko‘p bo‘ladi. 700°C va esa S02 ning miqdori ko‘payadi. 900°C dan yuqorida S03, to‘liq S02 va 02 ga ajraladi. Bosim pasaysa yoki qaytaruvchilar ta’sirida masalan, S ta’sirida dissotsiatsiyalanish darajasi ham ortadi. Konsentrlangan sulfat kislota kuchli oksidlovchi hamdir. Uning metallar bilan ta’siri konsentratsiyasiga bog‘liq bo‘ladi. Konsentrlangan kislota oltin va platinadan boshqa barcha metallar bilan reaksiyaga kirishadi, bunda vodorod ajralib chiqmaydi, balki sulfat kislotaning qaytarilish mahsulotlari (S02, S, H2S) tuz va suv hosil bo‘ladi. U suv bilan gidratlar hosil qilish xossasiga ega bo‘lganligidan suvni shiddatli tortib oladigan kuchli gigroskopik moddadir. U hatto boshqa kislotalardan, tuzlarni kristallogidratlaridan, hatto uglevodorodlaming kislorodli hosilalaridan (unda vodorod va kislorod suv shaklida bo‘lmasa ham) suvni tortib oladi. 0‘simlik va hayvonot to‘qimalari kraxmal, qand va sellyuloza kabi moddalami yemiradi. Ulardan suvni tortib olgach, qorayib uglerod qoladi. Suyuq kis- lotada esa sellyuloza va kraxmal glyukoza hosil qilib parchalanadi. Odam terisiga konsentrlangan kislota tegsa kuydiradi.