Toshkent tibbiyot akademiyasi



Yüklə 1.27 Mb.
səhifə1/31
tarix01.01.2017
ölçüsü1.27 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI

TASDIQLAYMAN”



O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor,

professor Teshaev O.R.__________

«____» _______________2013 yil


Kafedra: HALQ TIBBIYOTI, REABILITOLOGIYA VA JISMONIY TARBIYA

Fan: REABILITOLOGIYA FANI

DAVOLASH VA TIBBIY PEDAGOGIKA FAKULTETLARI



6-KURS TALABALARI UCHUN
O‘QUV- USLUBIY MAJMUA

TOSHKENT-2013


O‘QUV USLUBIY MAJMUA MUNDARIJASI




MUNDARIJA

BETLAR

1

Namunaviy o‘quv dasturi

3-20

2

Ishchi o‘quv dasturi

21-39

3

Ta'lim texnologiyasi

40-185

4

Masalalar va mashqlar to‘plami

186-191

5

Test savollari

191-198

6

Nazorat uchun savollar (JN, YaN)

198-202

7

Umumiy savollar

202-203

8

Tarqatma materiallar

203-213

9

Glossariy

214-218

10

Referat mavzulari

218-219

11

Adabiyotlar ro‘yxati

219-221

12

Tayanch konspekt

-

13

O‘quv materiallari

222-259

14

Xorojiy manbalar

259-260

15

Kurs ishi mavzulari

-

16

Annotatsiyalar

260-261

17

Mualliflar to‘g‘risida

261

18

Foydali maslahatlar

-

19

Normativ hujjatlar

262-317

20

Baholash mezonlari

318-322



anning o‘quv dasturi Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi o‘quv-uslubiy birlashmalari faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengashning 201_ yil «____»dagi «_____»-son majlis bayoni bilan ma'qullangan.

Fanning o‘quv dasturi Toshkent tibbiyot akademiyasida ishlab chiqildi.


Tuzuvchilar:


Nurillaeva N.M.

Rustamova M.T.



Davolash fakultetining UASh tayyorlash ichki kasalliklar va allergologiya kafedrasi mudiri, t.f.n. dotsenti

Davolash fakultetining UASh tayyorlash ichki kasalliklar va endokrinologiya kafedrasi professori



Gadaev A.G.

Tibbiy pedagogika fakultetining UASh tayyorlash ichki kasalliklar va endokrinologiya kafedrasi professori

Usmanxodjaeva A.A.

Xalk tibbiyoti, reabilitologiya va jismoniy tarbiya kafedrasi mudiri, t.f.n. dotsenti


Taqrizchilar:


Alyavi A.L.

–TTA tibbiy pedagogika fakultetining gospital, fakultet terapiyasi va stomatologiya fakultetining ichki kasalliklar kafedrasining professori

Zaxidova M.Z.

- ToshVMOI UASh qayta tayyorlash kafedrasining professori

Fanning o‘quv dasturi Toshkent tibbiyot akademiyasi Ilmiy-uslubiy kengashida tavsiya qilingan (201_ yil ________dagi «_____» «____»-sonli bayonnoma)



Kirish

«Davolash ishi» mutaxassisligi bo‘yicha «UASh malakaviy tavsifnomasi» talablariga asosan ko‘rib chiqilgan holda – Sog‘liqni saqlash birinchi bosqichida shifokor yordamini ko‘rsatish asosiy bilim va amaliy ko‘nikmalariga kiruvchi : kasalliklar profilaktikasi, ichki kasalliklari bor bemorlarni erta va qiyosiy tashxisi va ularni rejali ravishda olib borish ko‘nikmalarini to‘liq egallagan UASh tayyorlash.



O‘quv fanining maqsadi va vazifalari

Fanni o‘qitishdan maqsad – Sog‘liqni saqlash birlamchi bo‘g‘inida asosiy bilim, shifokor yordamini ko‘rsata olish ko‘nikmalarini: erta tashxis, qiyosiy tashxis, profilaktika va bemorlarni olib borish taktikasini o‘z ichiga oluvchi umumiy amaliyot shifokori kvalifikatsion xarakteristikasiga «Davolash ishi» ixtisosligi talablariga javob beruvchi UASh tayyorlash.

Fanning vazifalari:


  • Profilaktika va axoli sog‘ligini saqlash uchun birlamchi yordam ko‘rsatish bo‘yicha bilimlarni egalash

  • QShP/QVP sharoitida malakali shifokor yordamini ko‘rsata olish bilim va ko‘nikmalarini o‘zlashtirish

  • Dispanserizatsiya va reabilitatsiya o‘tkazish chora tadbirlarni bilim va ko‘nikmalarini o‘zlashtirish

Fan bo‘yicha talabalarning bilimiga, ko‘nikma va malakasiga qo‘yiladigan talablar

- «UASh tayyorlash ichki kasalliklar» o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:

- UASh amaliyotida ko‘p uchraydigan asosiy klinik sindromlarni bilish.

- «UASh malakaviy tavsifnomasi»da ko‘rsatilgan ichki kasalliklar tashxis mezonlari va xavf omillarini bilish.

- «UASh malakaviy tavsifnomasi»da ko‘rsatilgan ichki kasalliklar klinikasi va erta tashxisini bilish.

- UASh taktikasi.

- Davolash standartlari.

- Mehnatga layoqatlilik ekspertizasi, dispanserizatsiyasi va reabilitatsiyasi asoslarini bilishBilishi kerak;

- QVP/ShVP darajasida UASh imkoniyatiga qarab ba'zi kasalliklarning erta tashxisini mustaqil ravishda to‘liq amalga oshirishi kerak; faqat ayrim hollardagina, ya'ni bemor ahvoli yaxshilanmasagina boshqa sog‘liqni saqlash tashkilotiga (poliklinika, shifoxona) qo‘shimcha maslaxat va davo olish uchun yuboriladi. (QVP, 1 toifali xizmat)

- QVP/ShVP sharoitida imkoniyatiga qarab UASh o‘tkir holatlar va kasalliklarni ajrata bilishi va ularni davolab, lozim bo‘lsa qo‘shimcha maslahat va davo olish uchun mutaxassis ko‘rigiga yuborishi kerak. (QVP, 2 toifali xizmat)

- QVP/ShVP sharoitida UASh bemorlarga adekvat tekshirish va muolajalarni malakali va mustaqil ravishda amalga oshirishi kerak (QVP, 3.1 toifali xizmat).

- QVP/ShVP va boshqa muassasalarga yuborish orqali kerakli muvofiq bo‘lgan muolaja va tekshiruvlar o‘tkazish.(QVP, 3.2 toifali xizmat)

- QVP/ShVPga har xil sabablar tufayli murojaat qilayotgan bemorlar va spetsifik xavf omillariga moyil bo‘lgan shaxslarga sog‘lom insonlarga profilaktik oqartuv yordamini taqdim etish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.

-Sog‘lom turmush tarzini tashviqot qilish

- Bemor va sog‘lom aholiga maslaxat berish

- Aholining alohida guruhlariga individual yordam ko‘rsatish

- Mijozlarni mustaqil qabul qilish

- Tibbiyot etikasi va deontologiyasini saqlash

- Bemorlarda klinik tekshirish o‘tkazish, anamnez yig‘ish, tizim va organlar bo‘yicha ko‘rish

- Qiyosiy tashxis o‘tkazish

- Taxminiy tashxis qo‘yish

- Maqsadga yo‘naltirilgan tekshiruvlarni buyurish

- Yakuniy tashxisni qo‘yish

- Harakat rejimiva parxezlarni buyurish

- Ratsional davolashni retseptura ko‘rinishda belgilash

- Zarur tibbiy muolajalarni o‘tkazib, shoshilinch tibbiy yordamni ko‘rsatish

- Mehnatga layoqatlilik masalasini hal qilish

- Kerakli tibbiy hujjatlarni to‘ldira bilish

- Qo‘shimcha tibbiy ko‘riklarga yuborish, o‘tkazish va shifoxonaga yotqizish masalalarini hal qilish

- Qayta tiklash va sanator dam olishlarga yuborish

- Aholini ijtimoiy himoyalanmagan guruxlarga va bemorlarga parvarishni tashkillashtirish

- Dispanserizatsiya ishlarni o‘tkazish

- Profilaktik, sog‘lomlashtirish sangigienik va epidemiyaga qarshi tadbirlarni infeksion va noinfeksion kasallarda qo‘llash

- Qilingan ishlar auditeri

- Tibbiy adabiyotlar bilan ishlash

- Kompyuter bilan ishlash malakalariga ega bo‘lishi kerak.



Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va

uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi

Ichki kasalliklar fani klinik fan hisoblanib, 11,12,13,14 semestrlarda o‘qitiladi. Dasturni amalga oshirish o‘quv rejasida rejalashtirilgan tabiiy-ilmiy va klinik (biologiya, biofizika, bioximiya, normal anatomiya, patologik anatomiya, mikrobiologiya va immunologiya, umumiy gigiena, ijtimoiy gigiena, sog‘liqni saqlashni tashkillashtirish, tibbiy texnika, farmakologiya, klinik farmakologiya, shifokor va bemor, ichki kasalliklar propedevtikasi, fakultet terapiya, gospital terapiya, xalq tibbiyoti, reabilitologiya, nur tashxisi va nur terapiyasi) fanlardan yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlik talab etiladi.



Sog‘liqni saqlash tizimidagi o‘rni

UASh tayyorlash sog‘liqni saqlash birlamchi bo‘g‘inida asosiy axamiyatga ega. UASh axoli orasidagi o‘rni: kasalliklarni erta bosqichlarida aniqlash, profilaktik chora-tadbirlarni o‘tkazish, zarurat bo‘lganda tor mutaxassislarga yuborish, ayrim kasalliklarni tarqalishi va asoratlarini oldini olish va dispanserizatsiya, reabilitatsiya o‘tkazish. UASh oilaviy shifokor bo‘lishi bilan birga yoshi katta va yosh bolalargacha bo‘lgan axoliga xizmat ko‘rsatadi xamda kasalliklarni oldini olish bilan shug‘ullanadi.

Sog‘liqni saqlash tizimidagi muassasalarida tibbiy reabilitatsiya bo‘limlarida olib boriladigan davolovchi tadbirlar asosan buzilgan funksiyalarni kayta tiklaydigan va kompensatsiya qiladigan maxsus usullarni bemorlarga individual xolda ishlab chikarish, ularni asosiy mo’ljali turg’un nogironlikni va asoratlarni bartaraf qilishiga karatilgan. Bunda bemorni xar tomonlama tibbiy, jismoniy, psixologik, ijtimoiy va kasbiy vazifalarini tuliq qayta tiklab jamiyatda o’z o’rnini egallashiga imkon yaratadi.

Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar

Talabalarning ichki kasalliklar fanini o‘zlashtirishlari uchun o‘qitishning ilg‘or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tatbiq qilish muhim axamiyatga egadir. Fanni o‘zlashtirishda darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, ma'ruza matnlari, tarqatma materiallar, kompyuter dasturlari, elektron materiallar foydalaniladi. Ma'ruza va amaliy darslarda mos ravishdagi ilg‘or pedagogik texnologiyalar qo‘llaniladi.



Asosiy qism

Fanning nazariy mashg‘ulotlari mazmuni

6-kurs talabalari uchun amaliy mashg‘ulotlar uchun ko‘rsatma

O‘pka kasalliklarida taqqoslama tashxisot, yurak qon tomir kasalliklarida taqqoslama tashxisot,oshqozon ichak kasalliklarida taqqoslama tashxisot,revmatologik kasalliklarida taqqoslama tashxisot,siydik ajratish tizimi kasalliklarida taqqoslama tashxisot



7-kurs talabalari uchun amaliy mashg‘ulotlar uchun ko‘rsatma

Oilaviy tibbiyot asoslari, yurak qon tomir kasalliklarida taqqoslama tashxisot, o’pka kasalliklarida taqqoslama tashxisot, revmatologik kasalliklarida taqqoslama tashxisot, oshqozon ichak kasalliklarida taqqoslama tashxisot, siydik ajratish tizimi kasalliklarida taqqoslama tashxisot, isitmada taqqoslama tashxisni o‘tkazish



Ichki kasalliklar fani va uning tarkibiy qismlari.

6-kurs talabalari uchun amaliy mashg‘ulotlar uchun ko‘rsatma

O‘pka kasalliklarida taqqoslama tashxisot

Yo‘tal balg‘am ajralishi bilan.

Bo‘lakli va segmentar o‘pka zararlanishining taqqoslama tashxisi.Bo‘lakli pnevmoniya, infiltrativ o‘pka sili, o‘pka infarkti. Kasalxona tashqari va kasalxona ichi pnevmoniyasi. UASh taktikasi. Birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi profilaktikasi va dispanserizatsiyasi.

Xalqali o‘pka zaralanishlarida taqqoslama tashxis: o‘choqli pnevmoniya, tuberkulema, o‘pka abssesi, o‘pka o‘smasi, o‘pka exinokkoki. Turli etiologiyali pnevmoniya (bakterial, virusli, mikoplazmali). UASh taktikasi. Birlamchi, ikkilamchi, uchilamchi profilaktikasi va dispanserizatsiyasi.

Diffuz disseminatsiyasining taqqoslama tashxisi. O‘choqli pnevmoniya. O‘pka silining gematogen disseminirlangan formasi. Pnevmokonioz, rak metastazlari. UASh taktikasi. Birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi profilaktikasi va dispanserizatsiyasi.

O‘pka kasalliklar bilan bog‘liq ko‘krak qafasidagi og‘riqlar.

Quruq va eksudativ plevritning taqqoslama tashxisi. Eksudativ plevritning turlari. UASh taktikasi. Birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi profilaktikasi va dispanserizatsiyasi.

Hansirash, nafas siqish.

Bronxoobstruksiya bilan kechuvchi kasalliklarning taqqoslama tashxisi. (bronxial astma, O‘SOK, o‘pka o‘smasi). UASh taktikasi. Birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi profilaktikasi va dispanserizatsiyasi.

O‘pka va yurak kasalliklarda hansirashning taqqoslama tashxisi. O‘pka yetishmovchiligi va qon aylanish yetishmovchiligi. UASh taktikasi. Birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi profilaktikasi va dispanserizatsiyasi.

Yurak qon tomir kasalliklarida taqqoslama tashxisot

Aritmiyalar.

Ritm boshlovchi ko‘chishining, sinus tugunini zaiflik sindromi. ekstrasistoliya turlarining taqqoslama tashxisi. UASh taktikasi. Birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi profilaktikasi va dispanserizatsiyasi.

Bo‘lmachalar hilpirashining va titrashining, paroksizmal taxikardiya, WPW sindromi taqqoslama tashxisi. UASh taktikasi. Birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi profilaktikasi va dispanserizatsiyasi.

Blokadalarning taqqoslama tashxisi: bo’lmachalararo, atrioventrikulyar, qorinchalararo. UASh taktikasi. Birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi profilaktikasi va dispanserizatsiyasi.



Arterial gipertenziya.

Buyrakli AG bilan gipertoniya kasalligini taqqoslama tashxisi. Xavf omillari. GK bosqichlari, buyrakli AG turlari (parenximatoz, renovaskulyar). UASh taktikasi. Birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi profilaktikasi va dispanserizatsiyasi.

Endokrin AG bilan gipertoniya kasalligini taqqoslama tashxisi. Endokrin AG turlari (feoxromatsitoma, Konn sindromi, Itsenko-Kushing sindromi, tireotoksikoz). UASh taktikasi. Birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi profilaktikasi va dispanserizatsiyasi.

Gemodinamik AG bilan gipertonik kasallikni taqqoslama tashxisi. Gemodinamik AG turlari (ateroskleroz, aorta koarktitatsiyasi, aorta klapani yetishmovchiligi, dimlanish gipertenziyasi, to‘liq AV blokada). UASh taktikasi. Birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi profilaktikasi va dispanserizatsiyasi.

Gipertoniya kasalligi bilan markaziy arterial gipertenziyani taqqoslama tashxisi. Markaziy AG ni keltirib chiqaruvchi sabablar (BMJ, araxnoidit, ensefalit, miya o‘smasi). UASh taktikasi. Birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi profilaktikasi va dispanserizatsiyasi.

Yurak sohasidagi og‘riqlar.

YuIK zo‘riqish stenokardiyani barcha funksional sinflararo og‘riq sindromini qiyosiy tashxisi. UASh taktikasi. Birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi profilaktikasi va dispanserizatsiyasi.

YuIK nostabil stenokardiyasini barcha turlari (ilk paydo bo‘lgan, rivojlanib boruvchi, spontan, erta infarktan keyin, erta operatsiyadan keyin) og‘riq sindromini qiyosiy tashxisi. UASh taktikasi. Birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi profilaktikasi va dispanserizatsiyasi.

YuIK stenokardiya va miokard infarktini og‘riq sindromini qiyosiy tashxisi (klinik, laborator, EKG). UASh taktikasi. Birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi profilaktikasi va dispanserizatsiyasi.

Miokard infarktiningturli klinik variantlarini qiyosiy tashxisi. UASh taktikasi. Birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi profilaktikasi va dispanserizatsiyasi.

Turli etiologiyali miokardit va miokardiodistrofiyalarning qiyosiy tashxisi. UASh taktikasi. Birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi profilaktikasi va dispanserizatsiyasi.

Perikardit, aorta anevrizmasi va O‘ATE qiyosiy tashxisi. Birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi profilaktikasi va dispanserizatsiyasi.

Kardiomegaliya va yurak shovqinlari.

Yurak cho‘qqi turtkisida eshitiluvchi funksional (anemik, qon oqimining o‘zgarishi, isitmada) va organik (mitral klapan yetishmovchiligi, mitral yoriq stenozi, mitral klapan prolapsi) shovqinlarning qiyosiy tashxisi. UASh taktikasi. Birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi profilaktikasi va dispanserizatsiyasi.

Aorta ustida eshitiluvchi yurak nuqsonlaridagi ( revmatik, infeksion endokardit, ateroskleroz) shovqinlarning qiyosiy tashxisi. UASh taktikasi.

Tug‘ma va orttirilgan yurak nuqsonlariniqiyosiy tashxisi. Birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi profilaktikasi va dispanserizatsiyasi.Birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi profilaktikasi va dispanserizatsiyasi.

Kardiomiopatiyaning turli shakillarini (dilyatatsion, restruktiv, gipertrofik, o‘ng qorincha aritmogen displaziyasi) qiyosiy tashxisi. UASh taktikasi. Birlamchi, ikki lamchi, uchlamchi profilaktikasi va dispanserizatsiyasi.

Kardiomiopatiya, yurak nuqsonlari, YuIK, gipertoniya kasalliklarini qiyosiy tashxisi. UASh taktikasi. Birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi profilaktikasi va dispanserizatsiyasi.



Oshqozon ichak kasalliklarida taqqoslama tashxisot

Disfagiya

Ezofagit, reflyuks ezofagit, sklerodermiyadagi disfagiya, qizilo‘ngach o‘smalarini qiyosiy tashxisi. UASh taktikasi. Birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi profilaktikasi va dispanserizatsiyasi.



Qorindagi og‘riq

Gastrit va yara kasalligi (oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichak) ni qiyosiy tashxisi. UASh taktikasi. Birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi profilaktikasi va dispanserizatsiyasi.

Surunkali xoletsistit va surunkali pankreatitni qiyosiy tashxisi. UASh taktikasi. Birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi profilaktikasi va dispanserizatsiyasi.

Nospetsifik yarali kolit va Kron kasalligini qiyosiy tashxisi. UASh taktikasi. Birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi profilaktikasi va dispanserizatsiyasi.





Поделитесь с Вашими друзьями:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2019
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə