Toshkent tibbiyot akademiyasi f. I. Shukurov



Yüklə 223.94 Kb.
səhifə3/4
tarix23.12.2016
ölçüsü223.94 Kb.
1   2   3   4

Miomaning asoratlari


  1. Mioma oyoqchasining buralib qolishi:

    • bunda «o’tkir qorin» belgilari kuzatiladi: o’tkir og`riq, til yuzasining o’zgarishi, chanqash, ko’ngil aynishi, qayd qilish, SHetkin-Blyumberg belgisi paydo bo’lishi, taxikardiya

    • Miomaning shishib nekroz bo’lishi.bu holatda kuchli og`riq, ko’pincha qon ketish va tana haroratining ko’tarilishi va boshqa belgilar kuzatiladi.

  2. SHilliq osti qavati miomasining tug`ilish alomati, hatto bachadonning ag`darilishi kuzatilishi mumkin.

  3. Mioma tugunlarining infektsiyalanishi, yiringlashi.

  4. Sarkomaga aylanishi.

  5. Kuchli profuz qon ketishi

  6. Anemiya (kamqonlik).

DIAGNOSTIKASI

  1. Anamnez.

  2. Qin orqali tekshirish.

  3. UZD (UTT).

  4. Funktsional testlar yordamida sinash.

  5. Bachadon bo’shlig`ini zond bilan tekshirish

  6. Bachadon bo’shlig`i va bachadon bo’yni kanalini alohida-alohida qirib gistologik tekshirish, bunda ehtiyotkorlik talab qilinadi, chunki tugunchalar nekrozga va qon ketishiga sabab bo’lishi mumkin.

  7. Laparoskopiya.

  8. Gisteroskopiya va biopsiya qilish. Bunda submukoz tugunlar asosan aniqlanadi.

  9. GSG-gisterosalpingografiya-bunda to’lish nuqsoni kuzatiladi. Braun shpritsi yordamida moddani 5 minut davomida yuboriladi.

  10. Kompyuter va yadro-magnit-rezonans (YAMR) tomografiyasi.

Bachadon miomasini davolash


Miomasi bo’lgan hamma ayollarni umumiy davolashdan boshlanadi:

Bular quyidagilardan iborat;



  1. Vitamin A-200 000 TB, rыbiy jir (baliq moyi) yoki aevit kapsulasini 1x3 mahal; davolash 1oy davomida yoki xayz tsiklining 16-kunidan 26-kunigacha

  2. Vitamin S 0,5mg x3 mahal hayzning ikkinchi yarmida (16-kundan 26- kungacha).

  3. Kaliy yod-0,5 %-1osh qoshiqdan 3 mahal ichiladi.

  4. har oyda 7-10 kun nahorga nonushtadan 20-50min avval 1/2-1/4 stakan meva sharbatlari: olma, o’rik, olxo’ri, qizil lavlagi, kartoshka (almashtirib ichiladi).

  5. Kamqonlikni davolash (ferrum-LEK,globeks, ferkayl, kosmofer). Bachadon mushaklarini engil qisqartiruvchi dorilaridan tavsiya qilinadi (ergotal, lagolilus ekstrakti)

  6. Klimakterik davrda remens 5-10 tomchidan 3 mahalichiladi, 10-30% yod eritmasini bachadonga qorin pastiga elektroforez orqali 6-8 marta buyuriladi.

  7. Neyroleptiklardan seduksen, biopasit, notta, valeriana, frinalon sutkasiga 2,5mg, triftazin 1-2mg

  8. Agar yallig`lanish alomatlari ham kuzatilsa (surunkali salpingooforit va b.) prodigiozan, pirogenal, nurofen, ibuprufen-TEVA beriladi.

Pirogenal 25-50mEd kunora in`ektsiya qilinadi, har gal 25 mEd dan oshirib boriladi to tana harorati 38 S ga ko’tarilguncha, bir davolash kursida 10-30 marta in`ektsiya. Maksimal miqdori 1000mEd dan oshmasligi kerak.

Miomasi bo’lgan ayollarni davolash 4 toifaga bo’linadi.

  1. Davolash shart bo’lmagan ayollar; bu toifadagi ayollarni har 3-4 haftada nazorat qilib turiladi.

  2. Jarrohlik yo’li bilan davolanadigan ayollar

  3. Gormonal yo’l bilan davolanishi lozim bo’lgan ayollar

  4. Nurlar bilan davolash zarur bo’lgan ayollar

Konservativ davolash asosan gormonlar yordamida olib boriladi.

Bachadon miomasini konservativ davolashda gormonal vositalardan gestagenlar, estrogen-gestagen vositalar, gonadoliberinlar agonistlari va testosteron hosilalari qo’llaniladi Konservativ davolashni boshlashdan oldin bachadon bo’shlig`ini qirib gistologik-mofologik tekshiriladi, so’ngra gormonlar bilan davolashni boshlash zarur, chunki bemorlarning hayz tsiklini 2 davrli qilishga erishishimiz kerak. Buning uchun gestagenlarni hayzning ikkinchi yarmida 16-kunidan berishni boshlaymiz. Gestagenlardan progesteron, dyufaston, noretisteron, norkolyut, noristerat, depo-provera, 17-OPKlar ishlatiladi. Gestagenlar- estrogen gormonining organizmga ishlanishini so’ndiradi, ya`ni antagonist sifatida ta`sir qilib, mioma o’smasini o’sishdan to’xtatadi va bachadon endometriysi giperplaziyasining oldini oladi.

Homilador bo’laman deb niyat qilgan 35 yoshgacha bo’lgan ayollarga gestogenlardan norkolyutni (ya`ni noretisteron-5mg dan) 1 donadan 8-10 kun davomida hayzning ikkinchi yarmida 15-kunidan 25-kunigacha beriladi yoki dyufaston 1 tabletkadan 11 -kundan 25- kungacha beriladi.

Estrogen-gestagen vositalar eki kombinatsiyalashgan oral kontratseptivlar reproduktiv yoshdagi bemorlarni davolashda qo’llaniladi. Estrogen - gestagen preparatlar 2 xil usulda qo’llanilishi mumkin: atsiklik (uzluksiz) va tsiklik (uzlukli). TSiklik usulda - gormonal vositalar kuniga 1 tabletkadan hayzning 5-kunidan 25- kunigacha (ovulen, ovidon, rigevidon, diane-35, mikroginon, marvelon, anteovin, trikvilar, triziston, triregol va boshqalar) 7 kunlik interval bilan beriladi. Atsiklik usulda bu vositalar 3-6 oy mobaynida kuniga 1 tabletkadan beriladi, bu vositalarni premenopauzada qo’llash yaramaydi. Bu vositalarni qo’llashdan oldin jigar va qon ivish sistemasi faoliyatini tekshirish talab qilinadi va albatta qarshi ko’rsatmalar istisno qilinishi shart.

Gonadoliberinlar agonistlari - bachadon miomasini konservativ davolash uchun qo’llaniladigan yangi vositalar hisoblanadi. Ular tuxumdon faoliyatini susaytiradi, ya`ni sun`iy gipofizektomiya cha qiradi. Bachadon miomasini davolashda gonadoliberinlar agonistlaridan zoladeks, dekapeptil, nafarelin, buserelin. Bu vositalar har kuni burunga tomiziladi yoki teri ostiga in`ektsiya qilinadi, undan tashqari bu vositalarni qorin oldiga depo in`ektsiya qilish ham mumkin. Bu vositalar juda tez ta`sir qilib, miomatoz tugunlar regressini chaqiradi, biroq davolashni to’xtatgandan so’ng, qisqa vaqt mobaynida hayz tsikli tiklanadi, mioma qaytadan va tez o’sa boshlaydi. Gonadoliberinlar agonistlari ta`sirining juda qisqaligi tufayli ularni premenopauzada yoki jarroxlik davolashdan oldin qo’llash maqsadga muvofiqdir.

Miomani davolash va homiladorlikning oldini olish maqsadida 38-50 yoshgacha bo’lgan ayollarga norkolyut 1 tabletkadan hayz davrining 5-kunidan 25-kunigacha berish mumkin.

50 yoshdan oshgan ayollarga esa hayzni butunlay to’xtatish uchun 17-OPKni 12,5%-2 ml 2 oy 1 haftada 2 marta, keyin 2oy haftada 1 marta, so’ngra 2 oy 2 haftada 1 marta qilinadi. Uni uzoq muddat, yillar davomida berish mumkin.

45 yoshdan oshgan ayollarga androgenlardan berish mumkin. Bulardan omnadren-250mg yoki sustanon 250mg, 1ml dan 1oyda 1 marta 3 oygacha tavsiya qilinadi. Agar bular topilmasa, o’rniga testosteron propionatni 25%-1ml 5 kun har kuni 1 mahal mushak orasiga yuboriladi. Keyin 5ta ukolni kunora va yana 5ta ukolni 2 kunda 1 marta, hammasi bo’lib 15 taga etkaziladi yoki hayz tsiklining 7-14-21-kunlari tavsiya qilinishi mumkin. Agar mioma BQK bilan kuzatilsa, 5% testosteron propionat 1,0 3 oy mobaynida yuboriladi. Androgenlarni BQK girsutizm alomatlari bo’lsa, menopauza davrida giperkaltsiemiya va libido pasaygan holatlarda tavsiya qilinmaydi.

Mioma 1% hollarda endometriyning raki yoki sarkomasiga aylanishi mumkin. SHuning uchun davolash davrida 3 oy o’tgach bachadon ichini qirib gistologik tekshirish va shu bilan birga hayz tsiklini funktsional testlar yordamida doimiy nazorat qilib turish kerak. Iloji boricha hayz tsiklining ikki fazali bo’lishiga erishish kerak.

Gormonal vositalarni qo’llashga qarshi ko’rsatmalar:anamnezida tromboemboliya va tromboflebit, venalar varikoz kengayishi, gipertoniya kasalligi, jigar va o’t yullari kasalliklari, revmatizm, qandli diabet, otoskleroz, yomon sifatli o’smalar tufayli o’tkazilgan operatsiyalar.



Fizioterapevtik usulda davolash

  1. Qorin pastki qismiga elektroforez-kaliy yod bilan hayzning birinchi davrida, 4% rux bilan hayzning ikkinchi yarmida.

  2. Impulsli sharoitda magnit maydonini qo’llash .

  3. : syllabus -> Электрон%20модул%20Акушер45 -> ЭМ%20Гинекология -> ЭM%205%20курс%20даволаш%20факультети
    Электрон%20модул%20Акушер45 -> Akusherlik va ginekologiya fanining2014/2015 o’quv yili uchun tibbiy profilaktika fakultetining 4 kurs talabalari uchun mo’ljallangan sillabusi
    Электрон%20модул%20Акушер45 -> Bachadon yirtilishi tasnifi
    ЭM%205%20курс%20даволаш%20факультети -> O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi toshkent tibbiyot akademiyasi tibbiy ta’limni rivojlantirish markazi ginekologiyadan yagona uslubiy tizim bo’yicha yaratilgan amaliy mashg’ulotlar o’tkazish uchun o’quv qo’llanmasi
    Электрон%20модул%20Акушер45 -> Kesar kesish
    Электрон%20модул%20Акушер45 -> Homilani noto’g’ri joylashish-bunda homila bachadon o’qiga nisbatan notog’ri joylashadi
    Электрон%20модул%20Акушер45 -> 1. Yo’ldoshning oldinda kelishining qanday 3 turi bor?
    Электрон%20модул%20Акушер45 -> # Tug’ruq payti bachadon yirtilish sabablari
    Электрон%20модул%20Акушер45 -> 1. Neyrogumoral nazariya: ichki a`zolar va ichki sekretsiya bezlari faoliyatini buzilganligi natijasida moddalar almashinuvining neyrogumoral boshqarilishi ham izdan chiqadi, oqibatda qondagi oqsil, mikroelementlar, elektrolitlar
    Электрон%20модул%20Акушер45 -> 2. Allergik nazariya


    Поделитесь с Вашими друзьями:
1   2   3   4


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2019
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə