Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Davolash fakulteti ichki kasalliklar propedevtikasi, kasb kasalliklari, gematologiya va x d. t., oliy ma’lumotli hamshira fanlari kafedrasi Ichki kasalliklar propedevtikasi fani



Yüklə 30,83 Kb.
tarix01.01.2017
ölçüsü30,83 Kb.
#4246
Toshkent Tibbiyot Akademiyasi

Davolash fakulteti ichki kasalliklar propedevtikasi, kasb kasalliklari, gematologiya va x.d.t., oliy malumotli hamshira fanlari kafedrasi

Ichki kasalliklar propedevtikasi fani

Tasdiqlayman ”

Toshkent Tibbiyot Akademiyasi

o’quv ishlari bo’yicha prorektor

professor O.R. Teshayev__________________

____”_________________2010 yil



Yagona metodik tizimga asosan tuzilgan amaliy mashg’ulot

uslubiy ishlanmasi III kurs talabalariga mo’ljallangan



1 Mavzu: Ichki kasalliklar propedevtikasi fanining vazifalari

T.T.A. M.U.X. tomonidan tavsiya etilgan

____”_____________2010 yil





2010-2011 o’quv yili

1 Mavzu: Ichki kasalliklar propedevtikasi fanining vazifalari



1. Mashg’ulot o’tkazish joyi: auditoriya, palatalar, terapiya bo’limi.

2. Mashg’ulotning davomiyligi - 2 soat.

3. Maqsadi va vazifalari.

  • talabalarni propedevtika fani bilan tanishtirish;

  • propedevtika faninig vazifalarini tushuntirish;

  • tibbiyot deontologiyasi, shifokorlik siri, shifokor hatolari (yatrogeniya) haqida tushunch berish;

  • bemorni ko’zdan kechirish tartibini o’rgatish;

  • Mashg’ulotning vazifalari:

  • propedevtika fani va vazifalarini tahlil qilish;

  • tibbiyot dientologiyasi tushunchasini ko’rib chiqish;

  • shifokorlik siri tushunchasini tushuntirish;

  • shifokor hatolarini tahlil qilish;

  • tashxis va semiotika tushunchalarini tushuntirish;

  • bemorning ko’zdan kechirish tartibini o’rgatish;

4. Motivasiya.

Deontologiya – bu shifokor burchi haqidagi fan. Tibbiyot dientologiyasi shifokor etikasi, estetikasi, shifokor va bemor, shifokor hamkasabalari, o’rta va kichik tibbiyot hodimlari orasidagi munosabatlarni o’z ichiga oladi.



5. Fanlararo bogliqlik.

Vertikal integracia

Gorizontal integracia

6. Darsning mazmuni.

6.1 Nazariy qism

“Propedevtika” so’zi lotinchadan olingan bo’lib dastlabki ta’limga kirish ma’nosini anglatadi. Demak, Ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasining asosiy vazifasi - talabalarni terapiyaning asosiy kursiga kiritish, terapiya fanini chuqur o’rgatish.



Ichki kasalliklar propedevtikasi fanining vazifalari:

  • Talabalarni shifokor texnikasi yoki ko’zdan kechirish usullarini o’rgatish;

  • Turli ko’zdan kechirish usullari bilan ma’lum bo’ladigan simptom va sindromlarni o’rganish – semiotika;

  • Olib borilgan kuzatuvlar asosida tashxis natijalarini tuzish - tashxis metodikasi;

  • Ichki kassaliklarning xususiy masalalarini o’rganish – nozologik formalar, ularning tipik va klassik variantlari;

  • Ichki kasalliklarni davolashni asosiy negizlari;

Tibbiyot deontologiyasi – bu shifokor va umumklinik jarayonga jalb qilingan shaxslarning munosabatlari haqidagi fan.

  • shifokor – bemor;

  • shifokor – bemorning qarindoshlari;

  • shifokor – o’rta va kichik tibbiyot hodimlari;

  • shifokor – shifokor;

  • shifokor – “shifokorlar” rahbariyati;

  • shifokor – huquqni himoya qilish organlari va prokratura;

  • shifokor – tibbiyot sug’urta kompaniyalari (tibbiyot eusportlari).

Shifokor deontologiyasi shifokor bilan bemor munosabatidan iborat. Vrachning butun bilimi, burchi, odobi, hatti – harakati bemorda unga nisbatan ishonch uyg’otishga qaratilgan bo’lishi kerak, ya’ni bemorda dardimga faqatgina shu vrach malham bo’la oladi degan umid va tuyg’u paydo bo’lishi kerak. Boshqacha qilib aytganda, vrach bemorga eng avvalo so’zi, gapi orqali ta’sir qilish san’atiga ega bo’lishi kerak.

Kezi kelganda shifokor deontologiyasi muammolaridan biri bo’lgan “Tibbiyot deontologiyasi“ haqida so’z yuritish lozim. “Yatrogeniya” bu vrachning yoki tibbiyot hamshirasining noshud suxbati, nojo’ya ko’rsatmalari, qo’pol xatti – harakatlari, bilimsizligi va loqaydligi yoki bir so’z bilan aytganda, shifokorning aybi bilan bemorda paydo bo’lgan yangi kasallikdir. So’nggi besh yil ichida yatrogen kaslliklar hamma kasalliklarning 17 – 22 % ini tashkil qilmoqda. Bu vrachlar, hamshiralar orasida hali ham o’z deontologik burchini to’la tushunib yetmaganlar borligidan darak beradi.

Ikki og’iz so’z hozirgi kunda Ovrupa, AQSH, Yaponiya vrachlari orasida shov – shuvga va munozaraga sabab bo’layotgan “evtanaziya” haqida. Evtanaziya – bu og’ir davosiz kasallikka (msalan rakning oxirgi bosqichi) mubtalo bo’lgan bemorning o’limini tezlashtirish va uni qiynov azoblaridan qutqarish va tabiiy o’limni turli dori-darmonlar yordamida yengillashtirishdir.

Kasallik belgilarini – simptomlarini aniqlab vrach biror hulosaga keladi, bu tashxis metodikasi deb nomlanadi.



Tashxis turlari:

  1. Xarakteri va tarkibiga ko’ra:

- etiologik, patogenetik, nozologik, potologanatomik, anatomik, patofizialogik.

2.Tuzish va asoslash usuliga ko’ra:

- bevosita tashxis - simptomdan kasallikka qarab aniqlash;

- differentsial tashxis - taqqoslash, bir necha ehtimoliy kasalliklar orasidan tanlash yo’li bilan;

-“kuzatuv” tashxisi – bu holda tashxis bemorni uzoq vaqt kuzatish, kasallik davrida yangi hal qiluvchi simptomlar paydo bo’lgandan so’ng, qo’shimcha tekshirishda muhim natijalari olingandan so’ng qo’yiladi.

- davo effekti bo’yicha tashxis – maxsus davolashning yaxshi natijalari asosida tashxis qo’yish.

3. Kasallikni aniqlash vaqtiga ko’ra:

- erta tashxis – kasallik rivojlanish vaqtidayoq aniqlanadi.

- kechgi tashxis – kasallik kech aniqlanadi.

- sektsion tashxis – sektsion stolda aniqlanadi ( so’ngi variant ).



4. Ishonchliligi darajasiga ko’ra:

- taxminiy tashxis – bemorni tekshirish vaqtida qo’yiladi

- dastlabki tashxis – bemorni birinchi tekshirishdan so’ng, odatda so’rab-surishtirish va ma’lum organ sistemalarini umumklinik tekshirish natijalari bilan chegaralanadigan tashxis bo’lib bemorni keyinchalik to’liq tekshirishda asos qilib olinadi

- so’ngi klinik diagnoz – bemorni har tomonlama tekshirish natijasida qo’yiladigan tashxis.

Tashxis hatolari:


  • kasallikka bog’liq bo’lgan – kasallik noma’lumligi yoki juda kam uchrashi, uning o’ta murakkabligi, simptomlari deyarli yo’q, yoki umuman bo’lmasligi va bu kasallikning boshqa biror kasallikka juda o’xshashligi va x.k.



  • bemorning o’ziga bog’liq bo’lgan – anamnez yig’ishning ilojisi yo’q (bemorning hushsiz holati, uning yotdan chiqarib qo’yishi yoki bilmasligi), obyektiv tekshirish olib borishning iloji yo’qligi (semirish), bemorda boshqa kasallikning ham kuzatilishi va рюлю



  • shifokorga bog’liq bo’lgan – ichki kasalliklar propedevtikasini mukammal bilmasligi, e’tiborsizlik (shoshib, tekshirishning sistema bo’yicha olib bormaslik), shifokorning haddan ziyod o’ziga ishonishi, tekshirish natijalarini hato baholash, noto’g’ri tashxis qo’yish va рюлю



  • tekshirish sharoiti va tashqi omillarga bog’liq bo’lgan – xona torligi, shovqin- suron, yorug’lik kamligi va h.k.

Tashxis qo’yish vaqtida shifokr logikasi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Demak, tashxis sifati nafaqat subyektiv va obyektiv tekshirishga bog’liq balki, shifokorning nuqtai nazaridan fikrlay olish qobiliyatiga bog’liq.

So’rab- surishtirishning umumiy sxemasi (subyektiv tekshirish)

1. Pasportga oid ma’lumotlar

2. Bemor shikoyatlari

3. Ushbu kasallik tarixi (anamnesis morbi)

4. Bemorning hayoti tarixi (anamnesis vitae)

Bemorni obyektiv tekshirish (ststus preasens)


  1. Umumiy ko’zdan kechirish (inspectio)

  2. Paypaslab ko’rish (palpatio)

  3. Tukillatib urib ko’rish (percussio)

  4. Eshitib ko’rish (auscultatio)

So’rab- surishtirish va obyektiv tekshirish bemor tekshirishining asosiy (klinik) usuli hisoblanadi.

Bemorni tekshirishning amaliy usullari (qo’shimcha usullar)



  1. Labarator usul

    1. Shart bo’lgan: qonning umumiy analizi, siydik umumiy analizi, qonni OITS va RV ga tekshirish, ahlatni gijjalarga tekshirish.

    2. Maxsus (ko’rsatma bo’yicha): qon bioximiyasi, immunogramma va boshqalar.

  2. Asbobiy tekshirish: EKG, spirografiya, ko’krak qafasi organlarining rentgenografiyasi, kompyuter tomografiyasi va рюлю

6.2.Analitik qism. Mashg’ulotning ikkinchi yarmida mavzuning analitik yoritilishini o’tkazish kerak.Bu maqsadda situatsion masalalar va testlar ishlatilidi.

Vaziyatli masalalar

  1. Ushbu holda vrach tutgan to’g’ri yo’lni aniqlang.

Bola yiqilib tizzasi shikastlandi.

  1. Og’riq qoldirish uchun analgin va dimedrol yuborish;

  2. Narkoz yuborib bemorning hushini;

  3. Shikatlangan joyga “zelyonka” surtish;

  4. Bolani erkalab, shu tariqa uni tinchlantirish.

Javob: Keltirilgan usullarning har birini qo’llash mumkin, lekin to’g’rirogi bu vaziyatda bolani erkalab tinchlantirish.

  1. Bemorni ko’zdan kechirib, uning sog’lig’ida jiddiy o’zgarishlar yo’qligiga ishontirish maqsadida asabiy holda tushuntirish va xatto ochiq havotirlanishni qanday baholaysiz?

Javob: Shifokor shu tariqa bemorni o’z sog’lig’ida havotir olishga majbur qilayapti.



  1. Ikki vrachning suxbatiga baho bering:

  • Menga qara, palatangda biror yangi bemor bormi?

  • Ha, operatsiyani kutayapti.

  • Yoshmi?

  • Yigit, 27 yoshda.

  • Tushunarli, menda esa navbatda qari xolitestit. Un da kel avval seniki , keyin meniki bilan shug’illanamiz.

Javob: Shifokorlar orasidagi muomala ma’daniyati past darajada.



Testlar.

  1. Deontologiya fani shifokor faoliyatining qaysi soxasini yoritadi?

  1. shifokorning muomala ma’daniyati;

  2. to’g’ri tashxis qo’yish;

  3. bemorni ko’zdan kechirish qoidalari;

  4. bemor huquqlarini himoya qilish;

  5. to’g’ri javoblar a va b.



  1. Yatrogeniya nima?

  1. shifokor xatosi oqibatida yuzaga keladigan kasallik;

  2. sog’liqni baholash usuli;

  3. tuzalmaydigan kasalliklarda shifokorning to’g’ri tutgan yo’li;

  4. sanitar- gigienik norma va qoidalar;

  5. operatsiyadan oldin qo’lga ishlov berish qoidalari.



  1. Berilgan iboralardan qaysi biri yatrogeniyaga misol bo’la oladi?

a) ”yuragingizning mazasi yo’q”;

b) “ishlaringiz qalay”;

c) “havf ortga chekindi”;

d) “tilingizni ko’rsating”;

e) “siz kasalxonaga yotishingiz kerak”;

4. “Evtanaziya” termini qanday ma’noni anglatadi?

a) hayotga bo’lgan muhabbat;

b) hayot mazmunu;

c) yengillashtirilgan o’lim;

c) tezkor o’lim;

d) o’z hayotini sug’urta qilish;

5. Evtanaziyani 2 turini ko’rsating:

a) aktual evtanaziya;

b) aktiv evtanaziya;

c) passiv evtanaziya;

d) to’g’ri javoblar a va b;



e) to’g’ri javoblar b va v.

6.3 Amaliy qism. Mashg’ulotning bu qismi uning yo’naltirilganlig i zaruratini asoslash,tibbiy anjomlar bilan ishlash,tibbiy xujjatlar yuritish,bemor bilan m u loqat, maslaxat, a m al i y ko’nikmalar va malakalarni egallash nuqtai nazaridan izoxlanadi

Amaliy ko’nikma va bilimga ega bo’lish.

  • shifokor deontologiyasi haqidagi asosiy tushunchalarga ega bo’lish

  • shifokor va bemor muomala madaniyatini ahamiyatini tushunishi

  • evtanaziya tushunchasi va turlari haqida ma’lumatga ega bo’lish

  • yatrogeniya va yatrogen kasalliklar haqida tushunchaga ega bo’lish

  • bemorni umumiy va mahalliy ko’zdan kechirishni bilish

  • tashxis turlari haqida tushunchaga ega bo’lish

.

7. Malaka, ko’nikma va bilimni tekshirish usullari.

Interaktiv usul:

8. Joriy nazoratni baxolash mezoni



O’zlashtirish (%)va ballarda

Baho

Talabaning bilim darajasi

1.

86-100

A’lo «5»




2.

71-85

Yaxshi «4»




3.

55-70

Qoniqarli «3»




4.

0- 54

Qoniqarsiz «2»






9. Mashg’ulotning xronologik haritasi




Mashgulot bosqichlari

Mashgulot ko’rinishi

Davomiyligi

1.

O’qituvchining kirish so’zi




5 min

2.

Mavzuning o’rgatilishi

slaydlar va o’yinlar bilan. Talabalar bilimini baxolash



Surov va tushuntirish

25 min

3.

Mavzu yakuni




5 min

4.

O’qituvchi amaliy mashgulotlarni ko’rsatib, usullarini urgatishi. Bu usullarni talabalar o’zlarida,keyin esa bemorlarda o’rganishadi.

Talabalar,valantyorlar, kasallik tarixi, analizlar, UTT, rentgen sur’at

25 min

5.

Amaliy va nazariy ko’nikmalarni o’zlashtirshni baxolash va guruxning baxosini e’lon qilish.

Ogzaki surov,

testlar, vaziyatli

masalalar,

diskussiya.



20 min

6.

O’qituvchining xulosasi. 100 ballik sistemada talabaning bilimini baholash. Keying darsga vazifa berish.

Informatsiya, mustaqil tayyorlanish uchun savollar.

10 min

10. Tekshiruv savollari.

11.Foydalanilgan adabiyotlar:

Asosiy:

1. "Ichki kasalliklar propedevtikasi" Kasimov E.Y., 1996 yil

2.”Ichki kasalliklar propidevtikasi” kitobi.Vasilyenko V.X va Grebeneva A.L..,nashri ostida 1989-y.

3. Ichki kasalliklar propidevtika amaliyot mashg’ulotlari uchun qo’llanma.Dovgyallo.O.G. va b.sh.,1986-y.

4. Shelagurov A.A “Ichki kasalliklar propidevtikasi”.

5. ShishkinA.N “Ichki kasalliklar.O’rganish.Simiotika.Diagnostika”.2000-y.,Sankt-Peterburg.

6. Strutinskiy A.V.,Baranov A.P., “Ichki organlar kasalliklari semiotika asoslari.Atlas”.1997-y.,Moskva.

7.M.V Muxin, V.A.Moiseyev. ”Ichki kasalliklar propidevtikasi”. 2000-2005-y.



Qo’shimcha:

1."Rukovodstvo k prakticheskim zanyatiyam po propedevtike vnutrennix bolezney" O.G.Dovgyallo, Minsk, 1989.




Yüklə 30,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin