315
I n n e r v a t s i y a s i: n. obturatorius dan.
Q o n t o m i r l a r i: a. obturatoria, aa. perforantes.
Nozik (ingichka) muskul (m. gracilis) sonning medial tomonida teri ostida
joylashib, qov suyagining pastki qismidan boshlanadi va boldir suyagining g‗adir-
budur do‘mbog‗i (tuberositas tibiae) ga yopishadi.
F u n k s i y a s i. Sonni bir-biriga yaqinlashtiradi.
I n n e r v a t s i y a s i: n. obturatorius (LIII–IV) dan.
Q o n t o m i r l a r i: a. obturatoria, aa. perforantes.
Orqa guruh
(115). Ikki boshli son muskulining (m. biceps femoris) uzun
boshchasi (caput longum)– quymich suyagining shu nomli do‘mbog‗i (lig.
Sacrotuberale dan, kalta boshchasi (caput brevis) esa son suyagi g‗adir-budur
chizig‗ining lateral labi – septum intermusculare laterale femoris dan boshlanib,
ikkala boshcha birlashgan holda kichik boldir suyagining boshchasiga yopishadi.
F u n k s i y a s i. Sonni yozadi; boldirni bukib tashqariga buradi.
I n n e r v a t s i y a s i: n. ischiadicus (LIV–V–SI) dan.
Q o n t o m i r l a r i: a. circumflexa femoris medialis, aa. perforantes.
Dostları ilə paylaş: