105
Bunday tartibda test sinovi o’tkazish auditorga eng avvalo, hisob siyosatining
qaysi jihatlari to’liq yoritilmagan-ligi va qamrab olinmaganligi to’g’risida xulosa
qilishga yordam beradi.
Agar xo’jalik yurituvchi sub’ekt buxgalteriya hisobining u yoki bu usullarini
mustaqil ishlab chiqadigan bo’lsa, u holda auditor ularning buxgalteriya hisobiga
oid me’yoriy hujjatlarda belgilangan qoida va talablarga mos kelishini tek-shirishi
lozim.
Hisob siyosatida ko’rsatilgan buxgalteriya hisobini yuritish qoidalari xo’jalik
yurituvchi sub’ektning barcha tarkibiy bo’linmalarida qo’llaniladi.
Shunday qilib, buxgalteriya hisobi va hisobotining ishonchliligini
tasdiqlovchi auditorlik xulosasi hisob siyosati to’g’risidagi axborotlarga ham bir
xilda taalluqli bo’lishi lozim. Buxgalteriya hisobotiga berilgan tushuntirishlarning
korxonadagi haqiqatan foydalanilayotgan buxgalteriya hisobini yuritish usullariga
nomuvofiqligi aniqlanganida auditorlik hisobotining xotima qismida maxsus
izohlar berilishi zarur.
Dostları ilə paylaş: