85
auditor qo’llaydigan usullar va amallar.
Auditor o’z rejasini tekshiriladigan korxona rahbariyati va xodimlari bilan
muhokama qilishi mumkin. Bu o’tkaziladigan auditning ta’sirchanligini oshirish
va auditorlik amallarini korxona xodimlari faoliyati bilan muvofiqlashtirishga
imkon yaratadi.
Auditor rejani yaxshi va sifatli tuzish hamda ishlarning kutilayotgan hajmini
aniq hisobga olish uchun eng avvalo:
auditorlik tekshiruvi o’tkazish shartnomasi shartlarini o’rganishi;
o’tkaziladigan auditning eng muhim masalalarini ajratib olishi;
maxsus e’tibor talab qiladigan shartlarni aniqlashi;
tekshiriladigan korxona faoliyatining predmetini hisobga olgan holda yangi
qonunlar, nizomlar, yo’riqnomalar va boshqa aloqador me’yoriy hujjatlarning
auditga ta’sirini o’rganishi;
tekshiriladigan korxonaning hisob tizimi va ichki audit tizimining ishonchlilik
darajasini aniqlashi;
ichki auditorlarning ishlarini va ularni auditga jalb qilish mumkinligini tahlil
qilishi;
korxonaning alohida balansga ajralib chiqarilgan filiallari, vakolatxonalari,
bo’limlari va maxsus bo’linmalarida audit o’tkazish maqsadga muvofiqligini
o’rganishi;
ekspertlarni jalb qilish zarurligini aniqlanishi lozim.
Auditorlik tekshiruvi chog’ida audit rejasiga tuzatishlar kiritilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: