Tayanch so’zlar
inflyatsiya;
devalvatsiya;
sudraluvchi inflyatsiya;
denominatsiya;
suzib yuruvchi inflyatsiya;
revalvatsiya;
giperinflyatsiya;
dezinflyatsiya
deflyatsiya;
baholar indeksi;
pul massasi;
inflyatsiya sur’ati.
pul islohoti;
pul muomalasi qonuni;
68
O’z bilimini tekshirish bo’yicha savollar
1.
Inflyatsiya qanday hollarda yuzaga keladi?
2.
Pulning qadrsizlanishi deganda nimani tushunasiz?
3.
Inflyatsiyani qanday turlarini bilasiz?
4.
Pul massasini boshqarish usullari?
5.
Inflyatsiyaning ichki va tashqi omillari deganda nimani tushunasiz?
6.
Inflyatsiyani namoyon bo’lish shakllarini keltiring?
7.
Inflyatsiyani keltirib chiqaruvchi omillarni sanang?
8.
Qanaqa inflyatsiyaga qarshi kurashish yo’llari mavjud?
9.
Pul muomalasini barqarorlashtirish deganda nimani tushunasiz?
10.
Qanday pul islohoti turlarini bilasiz ?
69
V BOB. PUL NAZARIYASI
1-§. Pul nazariyalari to’g’risida umumiy tushuncha
Pul nazariyalari - pul tabiati va pulning ishlab chiqarishni shakllantirishga
ta’siri haqidagi nazariyalardir. Bu nazariyalar kapitalistik ishlab chiqarish usuligacha
bo’lgan davrda vujudga keldi. Kapitalistik ishlab chiqarish usuli davrida, pul-tovar
munosabatlari xo’jalik sohasining hamma tarmoqlarini qamrab olgan davrdagina pul
nazariyasi keng tarqaldi.
Pul va uning sotib olish quvvati orasidagi munosobat pul nazariyalarining
markaziy masalalaridan biri bo’lib kelgan. Xullas, iqtisodchilarning pulning
mohiyati, uning funktsiyalari va pul muomalasiga bo’lgan qarashlari pul
nazariyalarini keltirib chiqardi.
Ilk tarihiy pul nazariyalari sifatida nominallik va metallik nazariyalarini
keltirishi mumkin. Kapitalizm taraqqiyoti bilan birga bu nazariyalar ham o’zgarib
yangi, miqdoriy nazariyaning paydo bo’lishiga asos bo’ldi.
Yoozirgi kunda monetarizm va iqtisodni pul-kredit munosobatlari orqali
tartiblashtirish nazariyalari ham mavjud. Ammo eng asosiy pul nazariyalari sifatida
metall, nominal va miqdoriy pul nazariyalari tadqiqot qilib kelinmoqda.
Pul nazariyalarining kelib chiqishiga asosiy sabab ishlab chiqarishning taraqqiy
etishi va pul muomalasining taraqqiyotdan ma’lum darajada oqsashini oldini olish va
uni rivojlantirish masalasi hisoblanadi.
Qo’l mehnatidan manifakturaga, manifakturadan sanoat ishlab chiqarishiga
o’tilishi bilan xalq xo’jaligida mehnatning integratsiyalashuvi ham kuchaya bordi.
Buning natijasida xo’jalik yurituvchi sub’ektlar orasidagi pullik munosabatlar ham
murakkablasha boradi. Feodalizmgacha bo’lgan naqd pullik munosobatlar bu davr
talablariga javob bera olmay qoldi. Buni biz Evropadagi XV asrdagi «pul
ocharchiligidan» dan ko’rishimiz mumkin. Xuddi shu davrdan boshlab pul
nazariyalari to’g’risidagi ilk fikrlar yuzaga keldi. Bu nazariyalarning o’sha davrdagi
muammolarini echishdagi roli beqiyos bo’ldi. Ilk bor vujudga kelgan pul nazariyalari
70
bu metallik va nominallik pul nazariyalari hisoblanadi. Quyida biz pul
nazariyalarning ba’zi birlariga qisqacha ta’rif berib o’tamiz
71
|