Toshkent moliya instituti rasulova d. V., Xotamov I., Asatullaev X. S. Biznesni tadqiq etish usullari



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/80
tarix10.05.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#110356
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   80
biznesni tadqiq etish usullari (2)

Миқдорий усуллар 
Каузал усули 
Вақтли қаторлар тахлили 
Корреляционлик 
Компьтерли имитацион 
Эконометрик усул 
Оддий ўртача силжитиш 
Тортилган ўртачани силжитиш 
Экспоненциал текислаш 


42 
O’zbekistonda tadbirkorlikni ekonometrik modellashtirishga muhim hissa 
qo’shgan olimlardan prof.B.Xodiev ilmiy ishlarida tadbirkorlikni iqtisodiyotning 
ba’zi tarmoqlari, jumladan qishloq xo’jaligi bilan bevosita, umumiy bog’liq holda 
tahlil etgan. U moddiy ishlab chiqarish tarmoqlarida tadbirkorlikni rivojlanishini 
ekonometrik modellari tizimini ishlab chiqdi va asosiy e’tiborni, hisob-kitoblarni 
qishloq xo’jaligi yo’nalishida amalga oshirgani holda tadbirkorlikni model-
lashtirdi. Bundan tashqari, u o’z tadqiqotlarida tadbirkorlikda qabul qi-lingan 
qarorlarni optimallash usullarini, kichik va o’rta biznesda foyda darajasini oshirish 
va baholar muvozanati masalalarini, ekonometrik modellar identifikatsiyasi 
muammolarini qarab chiqdi. Shuningdek, B.Xodiev kichik biznes samaradorligini 
o’lchashning ekonometrik modella-riga to’xtalar ekan, kichik biznesda 
samardorlikni o’lchashning nazariy masalalari, ishlab chiqarish samaradorligi va 
aholi iste’mol ko’rsatkich-lari tahlili modellarini ishlab chiqqani holda kichik 
biznes rivojlanishi kontseptsiyasi, bashoratini taklif etdi.
8
Bugungi kunga kelib esa (III-V-bosqichlar) bu borada ancha o’zgarishlar ro’y 
berdi. Oldingi davrda (III-bosqich) kichik biznes sub’ektlarining aso-siy ulushi 
qishloq xo’jaligi, savdo sohasiga, YaIM ning esa atigi 12,1 foizi kichik biznesga 
to’g’ri kelgan. IV-bosqichda esa, kichik biznes sub’ektlarining tarmoq va 
mintaqaviy tuzilishi o’zgardi. Bu esa iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari savdo va 
umumovqatlanish, sanoat, transport va aloqa, bozor infratuzilmasi ob’ektlari 
misolida yoki respublika mintaqalari miqyosi-da kichik biznesni modellashtirish 
masalasini dolzarb qilib qo’yadi. Ikkinchidan, o’tgan davr mobaynida kichik 
biznesning tasniflash 
tizimi 
tubdan 
o’zgardi. Uchinchidan, yuqoridagi 
yondoshuvida kichik biznes, tadbirkor-lik tahliliga «tadbirkorlik» nomi ostida 
umumiy nuqtai-nazardan yondoshilgan. Vaholanki, u mezonga bir qator 
sub’ektlarni, jumladan, kichik yirik korxona, mikrofirma, yakka tadbirkorlarni 
kiritish mumkin. 
Bizning 
fikrimizcha, 
kichik 
biznes 
rivojlanish 
tendentsiyalarini 
modellashtirishda modellashtirilayotgan sub’ekt yoki tarmoqning xususiyat-lari va 
8
Ходиев Б.Ю.Ўзбекистон иқтисодиётида тадбиркорлик ривожланишини эконометрик моделлаштириш: иқт.фан. 
док.дисc. - Т.: ТДИУ. 2000. – 338 б.


43 
aniq tashkiliy-huquqiy maqomi hamda ular tadbirkorlikning qaysi turiga yoki 
shakliga mansubligiga e’tibor qaratish lozim. 
Modellashtiriluvchi sub’ektning tashkiliy-huquqiy maqomi, uning iq-
tisodiyotning u yoki bu tarmog’i modellari boshqa tarmoq modellaridan farq 
qiladi. Bundan tashqari, tadbirkorlikni modellashtirishda umumiy nuqtai nazardan 
talqin etishga ko’ra, tadbirkorlik sub’ektlarini ko’lami (yirik, o’rta, kichik) 
bo’yicha alohida yoki umumiy mintaqalar, tarmoqlar kesimida modellashtirish, 
kichik va yirik biznesning umumiy iqtisodiyotdagi ulushlarining nisbatlarini 
modellashtirish ham muhim ahamiyat kasb etadi. 
Tadqiqotchi M.Umarxodjaeva kichik biznesni rivojlantirishning italyancha 
modelini taxlil etgani holda, korxonalar tasnifiy mezonlariga xodimlar soni bilan 
birga investitsiyalar hajmini ham kiritishni tavsiya etadi. Uning fikricha, kichik 
biznesni rivojlantirish uchun ixtisoslashgan ishlab chiqarish xududlarini – 
klasterlarni yaratish yoki konstellyatsiya (italyancha “constellazione”- yulduzlar 
turkumi) Italiya tajribasini respub-likamizda qo’llash lozim. Konstellyatsiya - 
ishlab chiqarishni o’rta yoki oxirgi bosqichlariga ixtisoslashgan bir necha 
korxonadan iborat kooperatsiya bo’lib, bunda bitta firma etakchi bo’lib, qolganlari 
o’z ishlab chiqarishini shunga qarab moslashtiradi
9
.
Tadqiqotchi Sh.Shodmonqulov kichik biznes sub’ektlarini marketing nuqtai 
nazaridan tahlil etib, xaridor diqqatini tortish, to’rli marketing asosida sotishni 
tashkil etish, qondiriladigan talab miqdori bo’yicha korxonalarni tasniflashni va 
SWOT tahlilini amalga oshiradi
10

A.B.Yugay non va makaron ishlab chiqaruvchi kichik korxonalarda ishlab 
chiqarishni boshqarish jarayonlarini modellashtirgani holda, korxona biznes rejasi 
va uning moliyaviy natijalarini shakllantirish algorit-mini quradi, aholining non va 
makaron mahsulotlariga bo’lgan ehtiyoji, ishlab chiqarish hajmlari bashoratini 
amalga oshiradi, ishlab chiqarishni samaradorligini baholaydi
11
.
9
Умарходжаева М.Г. Италияда кичик ва ўрта бизнеснинг ривожланиши: иқт.фан.ном....дисс. – Т.: ТДИУ, 2004. Б. 34-53. 
10
Шодмонқулов А.А. Кичик бизнес субъектларида маркетинг фаолиятининг шаклланиши ва ривожланиши (пойабзал 
ишлаб чиқарувчи корхоналар мисолида): иқт.фан.ном. …дисс. – Т.: ДЖҚА, 2004. – 143 б. 
11
Югай А.Б. Моделирования процессов управления развитием производства предприятий малого бизнеса: 
дисс.на 
соис……канд.экон.наук. Т.:ТГЭУ. – 2004. – С. 134. 


44 
Muallif fikricha, kichik biznesning rivojlanish jarayoni bevosita u yoki bu 
mamlakatda amal kilayotgan iqtisodiy mexanizmlar va tarmoq xususiyatlari bilan 
bog’liq. Shu sababdan ham rivojlangan mamlakatlar-ning miqdor ko’rsatkichlari 
va kichik biznes rivojlanish tajribasini O’zbekistondagi amaliyot bilan 
taqqoslaganda, albatta, ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlanish 
darajasi, milliy iqtisodiyoti-ning tarmoq tuzilishi va boshqa ijtimoiy madaniy 
xususiyatlarini e’tiborga olish zarur. Ko’pchilik rivojlangan davlatlarda quyidagi 
ko’r-satkichlardan foydalangan holda kichik biznes tasniflanadi: bandlik, xususiy 
korxonalar soni, ularning milliy daromaddagi ulushi.
Kichik biznes sub’ektlari faoliyatini tahlil qilishda ekonometrik uslubning 
binominal, Puasson, darajali, normal taqsimot, Styudent, Fisher-Sinekord, χιι-
kvadrat va katta sonlar qonunlariga mosligi alohida ahamiyatga ega. Biznesni 
taqsimot qonunlari yordamida bashoratlash, uning rivojlanishiga ta’sir etuvchi 
omillar va mezonlari bo’yicha taqsimlash va shu asosda mamlakatda yoki uning 
mintaqalarida rivojlanish istiqbolla-rini ishlab chiqish dolzarb masalalardan biridir 
Biznes sub’ektlarining o’rtacha foyda miqdorlari empirik va nazariy 
chastotalarini taqsimot zichlik-larini taxlil qilish uchun iqtisodiyot tarmoqlaridan, 
jumladan, sanoat, xizmat ko’rsatish, qurilish va savdo korxonalaridan 300 ta 
sub’ekt tanlab olingan. Ushbu sub’ektlar bir xil sharoitlarda faoliyat yuritishlariga 
qaramasdan, ularning o’rtacha foyda miqdorlari bir-biridan sezilarlicha farqlangan. 
So’ngra statistik to’plam 6 ta guruhga ajratilgan. Quyidagi 2.1.1-jadval 
ma’lumotiga ko’ra, kichik biznes sub’ektlari foyda miqdorlari bo’yicha o’rtacha 
qiymat atrofida to’planish va taqsimot chetlari bo’yicha kamayish tendentsiyasiga 
ega.


45 

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin