28
xarakteristikalarining o’zgarishi tendentsiyasi;
yoshi, jinsi, xududiy, ijtimoiy, oilasidagi kishilar soni, uzini tutishi,
daromadi darajasi bo’yicha iste’molchilar guruhini aniqlash; assortimentni
rejalashtirishda, sotish va reklamani tashkil qilishda xaridorlarning istagini
aniqlash;
mahsulotning sotilishi miqdori, uning umumbozor sigimidagi ulushi
(xududlar va segmentlar bo’yicha ham);
firmaning raqobatdoshligini va uning bozordagi o’rni.
Ko’rinib turibdiki, bozor to’g’risidagi ma’lumotlar miqdori katta va turli
xarakterga ega. Shuning uchun bozorni tadqiq qilishda turli bilim sohalarining
mutaxassislari qatnashadilar va bu tadqiqotlar ancha kimmatga tushadi, lekin
firmalar bozorni iloji boricha tezrok uzlashtirish maqsadida xarajatlardan
qochmaydilar, chunki raqobatchilar bozorda yangi raqobatchi paydo bulishini
oldini olish uchun karshi choralar kuradilar. Shuning tadqiqotlar jarayoni, ayniksa,
uning natijalari olinganidan keyin va firma ularni marketing kontseptsiyasini
asoslash uchun kabul kilingandan sung tovarni sinovli sotishni tashkil qilish
boshlanadi. Bu jarayonning asosiy vazifasi, firmaning bozordagi samarali urnini
aniqlovchi o’ziga xos omillarni o’rganishdir. Bozorni marketing nuqtai nazaridan
o’rganish uz oldiga kompaniyalar, firma (korxona) tovarlarini samarali sotish
imkonini, uning kengayish uchun yangi segmentlar, sifatini yaxshilash, zaxiralar
va yangi tovarlar yaratishni, iste’molchilar talabini qondirish va yuqori foyda
olishni maqsad qilib kuyadi. Bu maqsadni amalga oshirish uchun chukur
marketing tadqiqotlari amalga oshiriladi. Bozorni marketing nuqtai nazaridan
tadqiq qilishning vazifasi, ishlab chiqarish va unda chikadigan tovarlarning bozor
va iste’molchining yuqori talablariga moslashtirishdan iborat. Bu narsa firmaning
yuqori rentabelli, raqobatga bardoshli faoliyati asosida amalga oshirish kerak.
Dostları ilə paylaş: