Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
blokchenlarda identifikatsiya qilinishi uchun mo’ljallangandir. Bu tizim asta
sekin, kritpovalyutalar bilan ishlash tajribasi oshib borgan sari bir qancha
davlat interaktiv hizmatlarining ham navbatma-navbat blokcheynga
o’tkazilishini ta’minlashi mumkin.
Respublikamizda kriptovalyuta bo’yicha malakali mutaxassislarning juda
kamligi va bu sohadagi tajriba ozligini hisobga olgan tarzda bu yo’nalishda
malakali mutaxassislar tayyorlashni ham amalga oshirish zamona talabi bo’lib
qolmoqda (
bu taklif oily va o’rta mahsus ta’lim vazirligiga, iqtisodiyot
universitetiga, moliya institutiga hamda bank-moilya akademiyasiga tegishlidir
).
Lekin blokcheyn texnologiyalarni hayotga tadbiq qilish va o’zbek kriptovalyutasini
chiqarich innovatsion g’oyasini qadam ba qadam amalga oshirish hozirdanoq
boshlab yo’lga qo’yilishi kerak bo’lgan hayot taqozosidir. Chunki dunyodagi
ko’pchilik rivojlangan mamlakatlar o’zlarining milliy yoki korporativ
kriptovalyuta loyihalarini amalga oshirmoqdalar va ular keyinchalik barcha
raqamli kriptopullarga egalik qilib, boshqa mamlakatlarni bu jarayondan siqib
chiqarishga harakat qiladilar. Davlatning monetar siyosatidagi eng muhim
amallardan biri pul emissiyasini nazorat qilish bo’lgani uchun, kriptovalyutadan
voz kechish mamlakatdagi moliya-kredit tizimini va uning jahon moliya kredit
tizimi bilan aloqalarini sezilarli ravishda chegaralashga va uni izdan chiqishiga olib
kelishi
mumkin.Respublikaga
innovatsion
iqtisodiyotni
tezkorlik
bilan
rivojlantirish hamda turli xildagi innovatsion loyihalarni moliyalashtirsh uchun
yuqoridagi tegishli bo’limda tavsif etilgan
ICO (Initial Coin Offering)
mexanizmini ham qonuniylashtirish va joriy qilish maqsadga muvofiq bo’lar edi.
Bunda O’zbekistonda ishlab chiqariladigan mahsulotlar va hizmatlar bilan
ta’minlangan tokenlar chiqarish va ularni ichki hamda tashqi bozorda realizatsiya
qilib, yig’ilgan mablag’lar tegishli loyihalarni moliyalashtirish uchun ishlatilar edi.
Loyiha amalga oshirlib bo’linganidan so’ng, tokenlar ko’rinishidagi
kriptovalyutalar egalariga ularning tokenlari miqdoriga teng bo’lgan tegishi
mahsulotlar yetkazilib beriladi yoki ular uchun tegishi hizmatlar amalga oshiriladi.
Masalan, gipotetik
Dostları ilə paylaş: