84
yashirishga mo’ljallangan murakkab va ehtiyotkorona tashkillashtirilgan rejalarni
o’z ichiga olishi mumkin, masalan, soxtalashtirish, operatsiyalarni qasddan aks
ettirmaslik, yoki auditorga tayyorlangan qasddan noto’g’ri taqdimotlar. Yashirish
bo’yicha bunday harakatlar til biriktirish bilan birga amalga oshirilganda fosh
etilishi yanada qiyinroq bo’lishi mumkin. Til biriktirish auditor uchun auditorlik
dalili, qachonki u aslida noto’g’ri bo’lganda, ishonarli deb ishonishiga sabab
bo’lishi mumkin.
Auditorning firibgarlikni fosh etish qobiliyati qonunbuzarning mahorati,
firibning davriyligi va ko’lami, til biriktirishning darajasi, firib qo’llangan alohida
miqdorlarning nisbiy hajmi va firibgarlikda qatnashgan shaxslarning yoshi kabi
omillarga bog’liq bo’ladi. Auditor sodir etiladigan firibgarlik uchun potentsial
imkoniyatlarni aniqlashi mumkin, ammo auditor hisoblab chiqilgan baholari kabi
mulohaza qilish sohasidagi buzib ko’rsatishlarga firibgarlik yoki xato sabab
bo’lishini aniqlashi qiyindir. Bundan tashqari, auditorning rahbariyat
firibgarligidan yuzaga keladigan muhim buzib ko’rsatishni fosh etolmaslik riski
xodimlar firibgarligidan yirikroq, chunki rahbariyat bevosita yoki bilvosita jurnal
yozuvlarini o’zgartirish, firibgarlikka asoslangan moliyaviy ma’lumotlarni taqdim
etish, yoki boshqa xodimlar sodir etadigan o’xshash firibgarliklarni oldini olishga
mo’ljallangan nazorat tartib-tamoillarini chetlab o’tish vaziyatida tez-tez bo’lib
turadi.
Oqilona ishonch bildirishga ega bo’lish paytida auditor, rahbariyatning nazorat
tartib-tamoillarini chetlab o’tish imkoniyatlarini ko’rib chiqqan holda hamda
xatoni fosh etishda samarali bo’lgan auditorlik tartib-tamoillari firibgarlikni fosh
etishda samarali bo’lmaslik mumkinligini tan olgan holda, audit mobaynida
professional skeptitsizmni saqlashga javobgardir. Mazkur AXSdagi talablar
auditorga firibgarlik oqibatidagi muhim buzib ko’rsatish risklarini aniqlash va
baholashda va bunday buzib ko’rsatishni fosh etish tartib-tamoillarini ishlab
chiqishda ko’mak berishga mo’ljallangandir.
Dostları ilə paylaş: