36
to‘g‘ri keladigan savdo va umumiy ovqatlanish ustamalari hisob-kitobi tuziladi.
Ushbu hisob-kitob shakl va mazmuni jihatdan chakana savdo korxonalarida
tuziladigan hisob-kitob to‘liq o
’
xshaydi. Hisob-kitob asosida topilgan sotilgan
tovarlarga to’g’ri keluvchi savdo va umumiy ovqatlanish ustamasi summasi sof
tushumdan chegirilgach, qolgan summa sotish tannarxini beradi.
Umumiy ovqatlanish korxonalarida tovar operatsiyalarini hujjatlashtirish
va ular bo’yicha hisobot tuzish.
Umumiy ovqatlanish korxonalarida tovar
operatsiyalarini hujjatlashtirish va moddiy javobgar shaxslarning hisobotlarini
tuzish ushbu korxonlarning ichki tuzilmalariga, ular bo‘yicha belgilangan
moddiy javobgarlikka va boshqa omillarga bog’liq. Maxsus omborlar,
muzlatkich xonalari oshxonalari, savdo zallari va bufetlari bo‘lgan yirik umumiy
ovqatlanish korxonalarida tovar operatsiyalarini hujjatlashtirish va moddiy
javobgar shaxslarning hisobotlarini tuzish ushbu bo‘linmalar bo‘yicha alohida-
alohida amalga oshiriladi. Kichik umumiy ovqatlanish korxonalarida tovar
operatsiyalari korxona bo‘yicha umumiy holda amalga oshiriladi, jumladan
barcha ichki almashuv operatsiyalari bitta moddiy javobgar shaxs tomonidan
turli hujjatlarsiz olib boriladi, masalan tovarlarni ombordan oshxonaga yoki
bufetga berilishi va shu kabi boshqa operatsiyalar.
Dostları ilə paylaş: