2.2
Xizmat ko’rsatuvchi korxonalarda buxgalteriya hisobini
takomillashtirish masalalari.
Xizmat ko’rsatuvchi korxonalarda buhgalteriya hisobini rivojlantirish har
bir korxona tashkilotning vazifasi hisoblanadi.
Korxona va tashkilotlar xo’jalik faoliyatini idora etish maqsadida
ma’lumotlarni olish, ularni guruhlab, boshqaruvni ushbu ko’rsatkichlar bilan
ta’minlash, kelajakda korxona tashkilotlar faoliyatiga baho berish uchun, hisob-
kitob hujjatlarida aks ettirish yo’li bilan o’z faoliyatini rivojlantirib boradilar.
Mamlakatimiz va xorij davlatlari buxgalteriya hisobi bo’yicha iqtisodchi
olimlar o’z ishlarida buxgalteriya hisobi mohiyati bo’yicha har xil talqinlar
beradilar. Masalan, M.Umarova, O’.Eshboev va K.Axmadjonov fikrlari
bo’yicha: «Buxgalteriya hisobi bu kundalik va umumiy ma’lumotlar olish
maqsadida ayrim korxona, aksiyadorlik jamiyati, muassasa, tashkilot va
boshqalarning xo’jalik faoliyatini uzluksiz ravishda kuzatish va nazorat qilish
tizimidan iborat». Bizning fikrimizcha, bu buxgalteriya hisobi mohiyati va
maqsadini to’liq yoritmaydi, chunki turli foydalanuvchilarni to’liq ma’lumot
bilan ta’minlash maqsadida hisob barcha korxonalarda olib borilishi lozim.
Xizmat ko’rsatuvchi korxonalarining boshqaruvi samaradorligini oshirish,
moliyaviy holatini yaxshilash ular xo’jalik faoliyatini ifodalovchi
ko’rsatkichlarni son jihatdan tavsiflash, bu ko’rsatkichlar to’g’risidagi
axborotlarni yig’ish, qayda etish va umumlashtirish hamda hujjatlarda
rasmiylashtirishni taqozo etadi. Mazkur masalalarni xizmat ko’rsatuvchi
korxonalarda bevosita xizmat ko’rsatuvchi korxonalarda buxgalteriya hisobini
samarali tashkil etish orqali muvaffaqiyatli amalga oshirish mumkin. Xizmat
ko’rsatuvchi korxonalarda buxgalteriya hisobini takomillashtirish ushbu
korxonalarda hisob-kitob ishlarini yengillashtirishga xizmat qiladi.
Xixmat ko’rsatuvchi korxonalarida buxgateriya hisobining hozirgi holatini
tahlil qilish uchun uni takomillashtirishdagi mavjud muammolarni quyidagilarga
ajratish imkonini beradi.
44
-buxgalteriya hisobining konseptual asoslarini rivojlantirishga doir
muammolar;
-buxgalteriya hisobi borasidagi nazariy va amaliy muammmolarni aniqlash;
-buxgalteriya hisobining huquqiy asoslarini takomillashtirish;
- buxgalteriya hisobining tashkiliy muammolarini belgilash.
Bitiruv malakaviy ishiga aloqador korxonalar ya’ni xizmat ko’rsatuvchi
korxonalarda buxgalteriya hisobining konseptual asoslarini rivojlantirishga doir
muammolar ularda oqilona hisob siyosatini tashkil etish, yangi ishchi schyotlar
rejasini ishlab chiqish, tovar (ish, xizmat)ni sotish bahosini shakllantirish, soha
xususiyatlariga asoslangan holda moliyaviy, statistik, soliqlar va boshqa hisobot
shakllarini tuzish uslubini yaratish kabi masalalar bilan bog’liq. Xizmat
ko’rsatuvchi korxonalari hisob tizimini strategik rivojlantirish borasidagi
ta’kidlangan boshqa muammolarni hal qilish ularda buxgalteriya hisobining
konseptual asoslarini takomillashtirishga xizmat qiladi.
Xizmat ko’rsatuvchi korxonalarida buxgalteriya hisobini rivojlantirishning
nazariy va amaliy muammolari savdo muomalarini, avtotransport harakati va
holatini va umumiy ovqatlanish korxonalarida ko’rsatilgan xizmatlarni dastlabki
hujjatlarda rasmiylashirish, ularni schyotlarda aks ettirish tartibi, xizmat
ko’rsatuvchi korxonalarda hisob registrlari shakllarini mukammallashtirish
kabilardan iborat.
Tadqiqotlarning ko’rsatishicha, mazkur xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda
buxgalteriya hisobining huquqiy asoslarini takomillashtirishda ham ayrim
muammoli jihatlar mavjud. Jumladan, ayni paytda buxgalteriya hisobini xalqaro
standartlar tamoyillariga muvofiqlashtirish xizmat korsatuvchi korxonalarida
moliyaviy hisobot shakllari axborot hajmini oshirish, inventarizatsiya tekshiruvi
asosida aniqlangan tovarlar kamomadini to’g’ri rasmiylashtirish bo’yicha
me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va takomillashirishni taqozo etmoqda.
Bozor munosabatlari sharoitida xizmat ko’rsatuvchi korxonalarda
buxgalteriya hisobini oqilona tashkil etish olzarb muammolardan hisoblanadi.
45
Ushbu muammoni yechimini topishda quyidagilarga asoslanish maqsadga
muvofiqdir:
- xizmat ko’rsatuvchi korxonalarda nazariy-amaliy jihatdan asoslangan
hisob siyosatini shakllantirish:
- xizmat ko’rsatuvchi korxonalarda hisob tizimini jahon tajribasidan kelib
chiqqan holda moliyaviy va boshqaruv hisobiga ajratish hamda ularni yuritish
tartibini belgilab olish.
Xizmat ko’rsatuvchi korxonalarda hisob siyosatini oqilona tashkil etish
korxonada buxgalteriya hisobini rivojlanishiga o’z hissasini qo’shadi. Xo’jalik
yurituvchi sub’ektlar faoliyatini tartibga soluvchi qonunlar va umumiy qoidalar
korxonalarning mulkchilik shakli hamda faoliyat ko’rinishidan qat’i nazar
barcha uchun bir xilda amal qiladi. Hisob siyosatida ushbu qonunlar va umumiy
qoidalardan kelib chiqqan holda, korxona uchun maqbul yo’nalish tanlanadi. Bu
yo’nalish korxonaning huquqiy shakli, tarmoq xususiyati, faoliyatinin g tavsifi,
xodimlarning malakasi va boshqa o’ziga xos jihatlarni ifodalovchi hisob
siyosatini ishlab chiqishni nazarda tutadi.
O’zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining 1-sonli «Hisob yuritish
siyosati va moliyaviy hisobot» nomli milliy standartida korxona hisob siyosatini
yo’lga qo’yishning umumiy qoidalari, maqsadi, faoliyat sohasi aniq ochib
berilgan, lekin, uning moliyaviy hisobot tuzishga sezilarli ta’siri yoritilmagan.
Bu standartning 51-bandida «…xo’jalik yurituvchi sub’ektning hisob siyosati
sub’ekt tomonidan moliyaviy hisobotni tayyorlash va tuzishda qo’llaniladigan
o’ziga xos tamoyillar, konventsiyalar, qoida va amaliy yondashuvlarni
ifodalaydi» deyiladi. Mazkur ta’rif yuqorida keltirilgan ta’rifga to’liq mos
kelmaydi, chunki unda buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni
tuzish usullari haqida so’z boradi.
Amaliyotda hisob siyosatini davlat va alohida korxona miqyosida tashkil
etish ko’rinishlari mavjud. Hisob siyosatini quyidagi tarkib bo’yicha yuritish
maqsadga muvofiq:
Umumdavlat miqyosida (1-daraja);
46
Tarmoq ya’ni iqtisodiyotning ayrim sohalari miqyosida (2,3 va 4-
darajalar);
Alohida olingan korxona miqyosida (5-daraja);
Dostları ilə paylaş: |