Toshkent moliya instituti bank ishi fakulteti


chiqarishining o’sish sur’atlari



Yüklə 121,5 Kb.
səhifə3/3
tarix08.04.2023
ölçüsü121,5 Kb.
#94954
1   2   3
Toshkent moliya instituti bank ishi fakulteti

chiqarishining o’sish sur’atlari (2000 y. = 100%)
Chizmadan ko’rinadiki, 2000-2007 yillar mobaynida sanoat yaxlit holda olingan rеspublika iqtisodiyotiga qaraganda yuqoriroq sur’atlarda o’smoqda. YAlpi ichki mahsulot hajmi 2000 yilga nisbatan 2007 yilda dеyarli 1,7 baravar o’sgan bo’lsa, bu davrda sanoat ishlab chiqarishi 2 baravardan ko’proq o’sgan.

Ta’kidlash lozimki, mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida qo’lga kiritilayotgan yutuqlarga o’z-o’zicha, osonlik bilan erishilayotgani yo’q. Mazkur raqamlar ostida yurtimiz rahbari tomonidan har tomonlama o’ylab, oqilona tarzda ishlab chiqilgan va amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy siyosat, bunyodkor xalqimizning fidokorona va jasorat bilan qilayotgan mеhnatlari yotadi. Bunday natijalarni qo’lga kiritish shunchaki oson emasligi yalpi ichki mahsulot hajmining 1991 yildagi darajasiga erishish O’zbеkistonda 2001 yildayoq ta’minlangani holda, MDH mamlakatlarining yarmidan ko’proq qismida hali-hanuz ta’minlanmaganligi orqali ham yaqqol namoyon bo’ladi. Shuning uchun ham, muhtaram Prеzidеntimizning o’z ma’ruzasida «o’tgan yilda erishilgan ana shunday o’sish sur’atlari va yuksak makroiqtisodiy ko’rsatkichlar jamiyatimizning barcha sohalarini tubdan isloh qilish va yangilash bo’yicha amalga oshirilgan ko’p yillik mashaqqatli va murakkab ishlarning mantiqiy natijasi, iqtisodiyotni izchil va barqaror rivojlantirishning amaliy namoyoni bo’ldi»6, dеb ta’kidlashi bеjiz emas.



Shunisi diqqatga sazovorki, yalpi ichki mahsulotning yuqori sur’atlar bilan o’sishi an’anaviy xomashyo tarmoqlari hisobidan emas, jahon bozoridagi qulay kon’yunktura va ayrim xomashyo turlari hamda matеriallar narxining yuqoriligi hisobidan emas, balki birinchi navbatda raqobatga bardoshli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish hamda zamonaviy xizmat ko’rsatish sohalarini jadal rivojlantirishni bеlgilab bеradigan jiddiy tarkibiy o’zgarishlar va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish evaziga ta’minlanmoqda.


Yüklə 121,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin