3.5. Yangi klassik nazariyalarning moliyaviy jihatlari
Yangi mumtoz maktab vakillari nazariyalarining ma’lum darajada
rivojlangan bo‘lishiga qa-ramasdan keynschilar ta’limoti yangi sharoitlarga
muvofiq rivoj-lanishda davom etmoqda. 1970 - yillarda postkeynschilar yo‘nalishi
shakllandiki, uning yirik namoyandalari qatoriga AQShda X.Minskiy, R.Klauer,
Buyuk Britaniyada – N.Kaldor, G.Shekl va boshqalarni kiritish mumkin. Bu
yo‘nalish ham yangi keynschilarning va ham yangi maktab vakillarining asosiy
qoidalarini tanqid ostiga oldi. Postkeynschilar nazariyasining asosini hamon
moliya mexanizmi yordamida davlat aralashuvini kengaytirish g‘oyasi yot-moqda.
Moliyaviy siyosat asosiy siyosatga aylanmog‘i va u monopoliyalar faoliyatini
cheklashga hamda harbiy xarajatlarni qisqartirishga yo‘naltirilgan bo‘lmog‘i lozim.
“Daromadlar siyosati”da ular sotsial islohotlarni amalga oshirish va sotsial
muammolarni hal etish tarafdorlari sifatida maydonga chiqmoqdalar. Ularning
fikricha, eng yaxshi soliqqa tortish metodi bu xarajatlarni soliqqa tortishdir. Ingliz
tadqiqotchisi N.Kaldor daromad solig‘ini iste’mol solig‘i bilan almashtirish
g‘oyasini rivojlantiradi. U iste’mol solig‘ini shaxsiy xarajatlarni qondirishga
sarflanadigan daromadlarning bir qismini soliqqa tortish sifatida talqin qiladi.
Uning nazarida, bu chora jamg‘arishni rag‘batlantirishi va inflyatsiya darajasini
pasaytirishi mumkin.
N.Kaldorning fikri G‘arb olimlari tomonidan keng qo‘llab-quvvatlanildi.
Ular ham soliq tizimini xarajatlardan olinadi-gan yagona soliqqacha
soddalashtirish tarafdori bo‘lib, fuqarolar-ning faqat iste’mol xarajatlari soliqqa
tortilishi kerak.
XX yuz yillikning oxiri va XXI yuz yillikning boshlarida iqtisod ilmi, yaxlit
holda bozor tizimini, biznes qonunlarini, iqtisodiyotning har qanday sohasidagi
34
amaliy faoliyatni afzal ko‘rmoqda. Bir vaqtning o‘zida esa, amerikalik mashhur
olimlar K.R. Makkonnell va S.L. Bryular o‘zlarining “Ekonomiks. Printsiplar,
muammolar, siyosat” asarida yozganlaridek, moddiy ehtiyojlar cheklanmagan,
resurslar esa (kapital, er, mehnat, tadbirkorlik qobiliyati va boshqalar) aksincha,
cheklangan. Shuning uchun ham, iqtisodiyot taraqqiyotining turli davrlarida uning
darajasi turlicha bo‘lishiga qaramasdan iqtisodiy jarayonlarni tartibga solish
doimiy ravishda talab qilinadi. Yuqoridagi har ikkala muallif taklifga yo‘naltirilgan
fiskal siyosatni qo‘llab-quvvatlaydilar. Fiskal siyosat esa jami talabga va soliqlarni
o‘zgartirish orqali esa taklifga ham ta’sir ko‘rsatadi. Byudjetdan transfert to‘lovlari
va soliq tizimi, bu olimlar fikricha, turli iqtisodiy vaziyatlarda talab qilingan
muvozanatni ta’minlashi mumkin.
Xorijiy mamlakatlarning zamonaviy moliya fanida, turli maktablar o‘rtasida
doimiy ravishda munozaralar va farqlanuvchi fikrlar bo‘lishiga qaramasdan,
konvergentsiya jarayoni kuzatilmoqda. Masalan, keynschilar nazariyasida
qarashlar yangi mumtoz maktab vakillarining qarashlariga va yangi mumtoz
nazariyalar esa keynschilar nazariyalaridagi qarashlarga kirib bormoqda. Bu, eng
avvalo, barcha nazariyalarda mavjud bo‘lgan moliya-kredit-pul mexanizmiga
tegishlidir. Barcha nazariyalar mamlakatning xo‘jalik hayotiga ta’sir ko‘rsatish
uchun bu instrumentlarni tadqiq etish zarur ekanligini bir ovozdan tan oladilar,
so‘zsiz e’tirof etadilar. Holbuki, bunday ta’sir choralari, ulardan foydalanish
instrumentlari va vaqtlari bir-biriga mos tushmasligi mumkin.
Xorijiy mualliflar moliyaviy kontseptsiyalarining tahlili quyidagi yakuniy
xulosalar chiqarishga imkon beradi:
-
moliya sohasidagi qarashlar tizimi umumiqtisodiy nazariyaning ma’lum bir
qismi hisoblanadi, ular moliya fanini boyitadi va rivojlantiradi;
-
moliyaviy kontseptsiyalarning vujudga kelishi mamlakat makro va
mikroiqtisodiyotining talablariga javob reaktsiyasidir yoki ma’lum hukmron sotsial
guruhlar buyurtmasining bajarilishidir;
35
-
xorijiy olimlarning progressiv moliyaviy g‘oyalari iqtisodiy o‘sishning
etarli yuqori darajasini ta’minlab, insonning turli-tuman ehtiyojlarini qondirishda
jamiyatga yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: |